Banklarda kassa operatsiyalari hisobi aylanma kassa


Lizing shartnomasini rasmiylashtirish tartibi va shartlari


Download 169.1 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi169.1 Kb.
#1572465
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bank 12.05.23

Lizing shartnomasini rasmiylashtirish tartibi va shartlari
Lizing oluvchi lizing shartnomasini tuzish uchun uning asosiy depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
lizing buyurtmasi;
lizing obyektining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari va uning sotuvchisi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
lizingning butun davrini ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-reja;
tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno.

Lizing beruvchi banklar lizing berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun lizing oluvchidan uning lizing to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishlari mumkin.

Lizing beruvchi banklar lizing berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun lizing oluvchidan uning lizing to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni so‘rab olishlari mumkin.

Lizing kompaniyalariga ularga ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochgan tijorat banklari tomonidan import asosida lizing obyektlarini yetkazib berish bilan bog‘liq lizing xizmati ko‘rsatilishi mumkin..

Buyurtma lizing beruvchi bank tomonidan ko‘rib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi:

buyurtma beruvchi daromadlarining lizing to‘lovlarini amalga oshirish uchun yetarliligi;

buyurtmada bayon etilgan ma’lumotlarning bir-biriga zid emasligi;

lizing beruvchi bank oldidagi majburiyatlarni buyurtma beruvchi tomonidan o‘z vaqtida bajarish imkoniyatining mavjudligi.

 Lizing obyekti shartnomaga muvofiq lizing beruvchi bank tomonidan lizing obyektini sotib olishga, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq va boshqa xarajatlarini qaytarish hamda lizing daromadi (foizi) to‘lovini amalga oshirish ta’minoti vazifasini bajarishi mumkin.


Download 169.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling