Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi


Download 68.26 Kb.
bet11/12
Sana17.06.2023
Hajmi68.26 Kb.
#1528384
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi

Ombordan KBTEB quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:

  1. foydalanishga berilganda;

  2. sotilganda;

  3. bepul (tekinga) berilganda;

  4. kamomad aniqlanganda va foydalanish uchun yaroqsiz bo’lganda;

  5. fors-major holatlarda.

KBTEB ni foydalanishga berish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56406 "Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Bank ortiqcha KBTEB ni sotganda (KBTEB shartnomada kelishilgan narxlarda sotiladi) quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi:

  1. KBTEB ni sotish summasiga:

Debet Bankning vakillik hisobvarag’i yoki sotib oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, agar sotib oluvchiga shu bankda xizmat ko’rsatilsa.
Kredit 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar"

  1. KBTEB bank uchun foyda yoki zararsiz sotilganda:

Debet 29802 "Tovar-moddiy qimmatliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar" sof tushum summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"

  1. KBTEB foyda bilan sotilganda:

Debet 29802 "Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar" - sof tushum summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 45913 "Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda" - "sof tushum" va balans qiymati o’rtasidagi farq summasiga

  1. KBTEB zarar bilan sotilganda:

Debet 29802 "Ko’rsatilgan xizmatlar va moddiy tovar qimmatliklari uchun to’lanadigan mablag’lar" - sof tushum summasiga
Debet 55906 "Bankning boshqa xususiy mulklarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar" - "sof tushum" va balans qiymati o’rtasidagi farq summasiga
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kamomad chiqqan, yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), tekinga berilgan, shuningdek, fors-major holatlarda KBTEB ning qiymati, bank tomonidan belgilangan tartibda, zararga chiqariladi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 56795 "Boshqa operatsion xarajatlari"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
KBTEB ning kamomadi, shuningdek, aybdor shaxs aybi bilan yaroqsiz holga kelgan (aybdor shaxs aniqlanganda) KBTEB ning qiymati invetarizatsiya komissiyasining boshliјi va a’zolari, moddiy javobgar shaxs (ombor mudiri) tomonidan imzolangan akt bilan rasmiylashtiriladi va moddiy-javobgar shaxslardan belgilangan tartibda undirib olinadi hamda quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:
Debet 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Kredit 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Aybdor xodimlarning ish haqidan undirib olinganda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 29803 "Bank xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to’lanishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Kredit 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Belgilangan tartibda bank xodimidan kassa orqali undirib olinganda: Debet 10101 "Amaliyot (operatsion) kassadagi naqd pullar"
Kredit 19908 "Bank xodimlari bilan bo’ladigan hisob-kitoblarda undirib olinishi lozim bo’lgan mablag’lar"
Agar inventarizatsiya paytida omborda hisobda bo’lmagan buyumlar aniqlansa, ular inventarizatsiya komissiyasi tomonidan bozor narxida baholanib, belgi langan tartibda omborga kirim qilinadi. Bunda qo’yidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Debet 19921 "Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar"
Kredit 45994 "Boshqa foizsiz daromadlar"
Ombor mudiri (omborchi) ishdan bo’shashi, boshqa ishga o’tkazilishi, mehnat ta’tiliga ketishi yoki bemorligi tufayli almashtirilgan taqdirda, bank rahbarining buyruјi bilan xodimlar tarkibidagi hay’at tomonidan topshiruvchi va qabul qiluvchi xodimlar ishtirokida omborda to’liq inventarizatsiya o’tkaziladi hamda majburiy ravishda qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuziladi. Buni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz
ATB “Kapitalbank” mart oyida quyidagi kam baholi tez eskiruvchi buyumlarni xarid qilib, foydalanishga bergan:

  1. 3-martda 20 pochka qog’oz- har biri 30 ming so’mdan, va “delo” papkasi 100 ta 1200 so’mdan xarid qilindi.

  2. 7-martda 10 ta pochka qog’oz 34 ming so’mdan 50 dona “delo” papkasi 1500 so’mdan

  3. 10-martda 40 pochka qog’oz 29 ming so’mdan, 200 dona “delo” papka 1100 somdan omborga kirim qilindi.

  4. 11-martda 25 pochka qog’oz, 150 dona “delo” papka foydalanishga berildi.

  5. 24-martda 30 pochka qog’oz, 200 dona “delo” foydalanishga berildi.

Oyning oxirida inventarizatsiya qilinishi natijasida 3 pochka qog’oz kamligi aniqlandi. 1 pochka qog’oz tabiiy sabab bilan yo’qolgan (fors-major).
Qolganlariga ombor mudiri javobgarligi belgilandi.
Kam baholi tez eskiruvchi buyumlarni FIFO usulida hisobini keltiring va ombordagi qoldiqni aniqlang. Kamomadga buxgalteriya provodkasini bering.
    1. jadval.



Download 68.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling