Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi
Download 68.26 Kb.
|
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi
agar asosiy vositalarning sotilish narxi qoldiq qiymatidan kam bo’lsa:
Debet 29802 “Tovar-moddiy qimmatliklari va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lanadigan mablag’lar hisob-kitobi” - sof tushum summasiga Debet 55902 “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar”- aktivning “sof tushumi” va “qoldiq qiymati” o’rtasidagi farq summaga Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i – qoldiq qiymat To’liq jismoniy yoki ma’naviy eskirish tufayli yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalar qiymati, kamomad yoki yo’qotish aniqlanganda (aybdor shaxslar aniqlanmagan holda), fors-major holatlarda, tekinga berilganda o’rnatilgan tartibda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali xarajatga o’tkaziladi: qoldiq qiymati summasiga: Debet 55902 “Bank asosiy vositalarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko’rilgan zararlar” Kredit 16500 Asosiy vositaning tegishli hisobvarag’i Asosiy vositalarni bosh bankdan filialga berishda quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari amalga oshiriladi: bosh bankda: Debet 16104 “Bosh bank/filiallar olinadigan mablag’lar – Tovar-moddiy qimmatliklar - “qayta baholash natijasi”ni ayirgandagi qoldiq qiymat Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi – qayta baholash natijasi Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Kredit 16500 Tegishli asosiy vositalar hisobvarag’i – yalpi balans qiymati agar asosiy vositalar ombordan berilsa: Debet 16104 “Bosh bank/filiallar olinadigan mablag’lar – Tovar-moddiy qimmatliklar”– “qayta baholash natijasi”ni ayirgandagi qoldiq qiymat Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi – qayta baholash natijasi Debet 16500 Tegishli asosiy vositaning jamg’arilgan eskirish summasi Kredit 16561 “Ombordagi asosiy vositalar”– yalpi balans qiymati filialda (asosiy vositalar qabul qilib olinganda): Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i – yalpi balans qiymati Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” – qayta baholash natijasi Kredit 22205 “Bosh bank/filiallarga to’lanadigan mablag’lar”-“qayta baholash natijasi”ni ayirgandagi qoldiq qiymat agar asosiy vositalar omborga kirim qilinsa: Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” – yalpi balans qiymati Kredit 16500 Asosiy vositalarning jamg’arilgan tegishli eskirish hisobvarag’i Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi” – qayta baholash natijasi Kredit 22205 “Bosh bank/filiallarga to’lanadigan mablag’lar”-“qayta baholash natijasi”ni ayirgandagi qoldiq qiymat Asosiy vositalarning amalda mavjudligini va ularning saqlanishini nazorat qilish uchun ular bank tomonidan davriy ravishda, lekin kamida yilda bir marta inventarizatsiya qilinadi. Download 68.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling