Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi
Download 68.26 Kb.
|
Banklarda moddiy va nomoddiy aktivlar hisobi
baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag’ida quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali aks ettiriladi:
Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” qayta baholashgacha bo’lgan va qayta baholangandan keyingi jamg’arilgan eskirish summalari o’rtasidagi farq summasiga: Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning haqiqiy qiymati kamayishi xarajat sifatida hisobga olinadi. Ushbu summa 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” hisobvarag’ining bevosita tegishli moddasidan hisobdan chiqariladi. Lekin bunda hisobdan chiqarish ushbu asosiy vosita bo’yicha oldingi qayta baholash natijasida hosil bo’lgan miqdor doirasida amalga oshiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: qayta baholashgacha bo’lgan va qayta baholangandan keyingi jamg’arilgan eskirish summalari o’rtasidagi farq summasiga: Debet 16500 Asosiy vositalarning tegishli jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” qayta baholash natijasida aniqlangan aktivning haqiqiy qiymatining kamayish summasiga: Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” (oldingi qayta baholash natijasidagi o’sish miqdoriga) Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i 30908-hisobvaraqda aks ettirilgan oldingi qayta baholash summasi etarli bo’lmagan holda, kamayish va oldingi qayta baholash summalari o’rtasidagi farq summasi xarajat sifatida tan olinadi va 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” hisobvarag’ida aks ettiriladi. Bunda quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi: Debet 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kredit 16500 Asosiy vositalarning tegishli hisobvarag’i Ombordagi asosiy vositalarni qayta baholash natijasi quyidagi buxgalteriya o’tkazmalari orqali hisobga olinadi: Tegishli aktivlar bo’yicha qayta baholashning ijobiy natijasi: Debet 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - tegishli aktiv Kredit 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” qayta baholash natijasida asosiy vositalar qiymatining kamayish summasi: Debet 30908 “Boshlang’ich qiymatiga nisbatan qayta baholash qiymatining oshgan summasi” va/yoki Debet 55995 “Boshqa foizsiz xarajatlar” Kredit 16561 “Ombordagi asosiy vositalar” - tegishli aktiv Tegishli davr uchun amortizatsiya ajratmalari bank xarajatlariga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali o’tkaziladi: Debet 56600 Tegishli guruh asosiy vositalarning eskirish xarajatlari Kredit 16500 Tegishli asosiy vositalarning jamg’arilgan eskirish hisobvarag’i Download 68.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling