Sanoat ishlab chiqarishning asosiy fondlari


Download 408.06 Kb.
bet1/3
Sana23.11.2023
Hajmi408.06 Kb.
#1796304
  1   2   3
Bog'liq
Industrial iqtisodiyot mustail ish

SANOAT ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY FONDLARI

Anvarjonov Muxammadali

REja

  • Asosiy fondalarga ta’rif
  • Sanoat sohalarida asosiy fondlar
  • Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
  • Asosiy fondlardan quvvati unumdorligi bo’yicha foydalanish darajasini aks ettiruvchi
  • Manaviy va jismoniy eskirish

Asosiy fondalarga ta’rif

  • Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, oʻz natural buyum shaklini uzoq vaqt oʻzgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat koʻrsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar oʻrniga asosiy kapital tushunchasi qoʻllaniladi). Asosiy fondlar oʻz qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan oʻtkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qoʻyilgan pul boʻlsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi

Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo’llaniladi:
1) dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho;
2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho;
3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho;
4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi. Dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari (Xt) va montaj xarajatlari (Xm)ni o’z ichiga oladi. Ob = Sb + Xt + Xm Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko’rsatkich korxona (firma) balansida hisobga olinadi. Ammo asosiy fondlarning dastlabki to’la qiymat orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda qurib ishga tushirilgan korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslashda yetarli emas, shuning uchun asosiy fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan foydalaniladi. Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sharoitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil iste’mol qiymatga ega bo’lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko’rsatkichlarini taqqoslash va fondlar samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy holati va ma’naviy eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo’yish orqali aniqlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta borib asta-sekin ishdan chiqa boradi, shuning uchun ularga baho belgilashda ularning ishdan chiqish va yemirilish qismi hisobga olinadi. Shu tufayli asosiy fondlarni baholashda qolgan qiymati orqali belgilangan baho ham qo’llaniladi. U ikki xil baho bilan ifodalanadi: a) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularning dastlabki to’la qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat; b) asosiy fondlarning ishdan chiqqan (tuzilgan) qismini ularning qaytadan tiklangan qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat. Asosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qayta tiklash, kapital remont qilish yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan hollarda ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash zarur bo’lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni ishdan chiqarib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan, ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni (temirtersak narxida) realizatsiya qilish bahosidir.

Download 408.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling