1-rasm.Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar turlari.
Bankning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiradigan barcha operatsiyasidan bosh maqsad – bu foyda olishdir. Bu maqsad bir qator omillar bilan cheklanadi:
>risk ehtimoli;
>vaqtlar cheklovi;
>portfel likvidligiga talablar;
>soliq bilan bog‘liq omillar.
Bankning investitsiya strategiyasi maqsadlarni uyg‘unlashuvi asosida yaratiladi. Ya’ni:
- qimmatli qog‘ozlar emissiyasi asosida an’anaviy investitsiya faoliyati uchun qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish;
- mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalashdan bankka to‘lanadigan foizlar va divedendlar hamda qimmatli qog‘ozlarni kurs bo‘yicha qiymati o‘sishi hisobiga foyda olish;
- bank ta’sir ko‘rsatish doirasini raqobatni kengaytirish hamda korxonalar va tashkilotlar jamg‘armasida qatnashish hisobiga mijozlarni jalb qilish;
- bankni likvid mablag‘lariga qo‘yilmalar daromadligini ta’minlagan holda likvidlikni kerakli zahirasini ushlab turish;
- qonunchilik bilan ruxsat etilgan qo‘shimcha xizmatlarni amalga oshirishdan foyda olish.
Tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha investitsiya portfelini shakllantirishda quyidagilarga e’tibor berishlari kerak:
1. Qo‘yilmalarning xavfsizligi (investitsiyalarni jamg‘arma bozoridagi tebranishlarga mustahkamligi);
Do'stlaringiz bilan baham: |