Banklarda qimmatli qoğozlar harakatlar tahlili”(“Xalq Bank” atb samarqand filiali misolida) mavzusidan tayyorlagan


Download 347.69 Kb.
bet17/32
Sana09.01.2022
Hajmi347.69 Kb.
#255822
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32
Bog'liq
MARDIYEV SHAXZODBEK KURS ISHI MT (1)

Depozitar operatsiyalar – hisobga olish registrlarida depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq bajariladigan operatsiyalar.

Netting – mijozning barcha pul talablarini uning barcha pul majburiyatlariga nisbatan hisobga olish orqali amalga oshiriladigan kliring usuli. Tijorat banklari, odatda, bank mablag’lariga sotib olish rejalashtirilayotgan qimmatli qog’ozlar turlari, investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari, emitentning moliyaviy ahvoli, qimmatli qog’ozlarga qilingan qo’yilmalarning risk darajasi, diversifikatsiyalanganligi, qimmatli qog’ozlarning sifati va barqarorligining kafolatlariga e‘tibor berishi lozim. Banklar qimmatli qog’ozlar emissiya qilganda emissiyaning maqsadi (masalan, ustav fondini shakllantirish, likvidlikni saqlash, qarz mablag’larini jalb qilish v.b.), bank chiqaradigan qimmatli qog’ozlar turlari va muddatlari, ularning likvidliligi, qarz majburiyatlarining o’z

vaqtida qoplanishi va boshqa jihatlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Avvalambor, bankning bir korxona ustav kapitaliga yoki uning boshqa qimmatli qog’ozlarga qo’yilmasining miqdori birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 15 foizdan oshmasligi kerakli bankning moliyaviy institutlardan tashqari korxonalar ustav kapitalining 20 foizidan ortig’iga ega bo’lmasliligi: bankning oldi-sotdi uchun nodavlat qimmatli qog’ozlarga quyilmasi hajmi birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 foizidan oshmaslik shartlari qo’yilgan. Ushbu cheklanishlar banklar faoliyatida riskni kamaytirishga, bank aktivlarini diversifikatsiyalashga, moliyaviy va likvidlik holati belgilangan me‘yorlar doirasidan chiqib ketmasligiga, pirovard natijada esa bank omonatchilari va kreditorlarining mol-mulkini himoya qilishga qaratilgandir. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalariga nisbatan belgilangan muhim cheklashlardan biri bir bank tomonidan boshqa banklarning aksiyalarini sotib olish huquqining bekor qilinganligi hisoblanadi.




Download 347.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling