Banklarda qimmatli qoğozlar harakatlar tahlili”(“Xalq Bank” atb samarqand filiali misolida) mavzusidan tayyorlagan


- bir emitent tomonidan chiqarilgan


Download 347.69 Kb.
bet24/32
Sana09.01.2022
Hajmi347.69 Kb.
#255822
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
MARDIYEV SHAXZODBEK KURS ISHI MT (1)

- bir emitent tomonidan chiqarilgan;

- bir xil bozor narxiga ega;

- bir xil foyda keltiruvchi;

- bir xil muddatga ega.

Bir mamlakatning rezidentlari emitent bo’lgan moliyaviy instrumentlarning majmuyi mamlakat portfelini tashkil qiladi. Dividend yoki foiz shaklida foyda olish maqsadida aksiya va obligatsiyalarga mablag’ qo’yish bilan investitsion portfel shakllanadi. Savdo portfeli tarkibiga kurs farqlari ko’rinishida foyda maqsadida keyinchalik sotish uchun olingan qimmatli qog’ozlar kiradi.



REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog’ozlarni keyinchalik yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish (sotish)dir. REPO shartnomasining birinchi qismida sotuvchi kreditlanadi va ikkichi qismida pul mablag’lari egasiga ortig’i bilan qaytariladi. Qimmatli qog’ozlar egaligini huquqiy berish ma‘lum vaqtga kreditni ta‘minlangan qiladi va riskni kamaytiradi. shaklini turli xil mulkchilik shakllariga o’zgartirilishiga olib keldi.

Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o’rtasida REPO bitimini tuzish to’g’risidagi bosh shartnoma bo’lgandagina tuziladi. Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarini hamda ular o’rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko’rsatiladi. Haqiqiy REPOning

foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi REPOnikidan yaqqol farq qiladi.

Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini shakllantirish tartibini o’rnatadi, shu bilan birga, qimmatli qog’ozni bir portfeldan ikkinchisiga o’tkazishi ham mumkin. Odatda, qimmatli qog’ozlar kutilgan daromadni keltirmasa va keltirishi kutilmasa, shuningdek, u o’z oldiga qo’yilgan vazifani bajarib bo’lsa yoki moliyaviy resurslarni ishlatishning yaxshiroq yo’llari paydo bo’lsa, ular sotiladi.




Moliya bozorida ishtirok etuvchi subyekt bank boshqaruvining umumiy shartlariga bo’ysungan holda axborotlarni sir saqlaydi. Agar qimmatli qog’ozlarga bank mablag’i qo’yilgan bo’lsa, hisobot oyi natijalari bo’yicha ularning qadrsizlanishiga rezervlar tashkil etish lozim bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlar bo’yicha yuzaga keluvchi turli xil risklarni qoplash uchun tashkil qilinadigan rezervlarda, avvalambor, qimmatli qog’ozlarning tannarxidan past bo’lmagan bozor narxi bo’lishini e‘tiborga olish kerak. Bu holda qimmatli qog’ozlarning balans tannarxi va ularni qayta baholash bo’yicha narx o’rtasidagi farqdan kam bo’lmagan rezerv tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Tashkil qilingan rezervlarni samarali boshqarishda turli usullarda foydalanish mumkin. Bu usullarning barchasi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan olib boriladigan operatsiyalarni unga yuqori daromad olib kelishga yo’naltirilgan bo’ladi.




Download 347.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling