Banklarda qimmatli qoğozlar harakatlar tahlili”(“Xalq Bank” atb samarqand filiali misolida) mavzusidan tayyorlagan


Download 347.69 Kb.
bet22/32
Sana09.01.2022
Hajmi347.69 Kb.
#255822
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
MARDIYEV SHAXZODBEK KURS ISHI MT (1)

- birinchidan, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan o’tkaziladigan ko’pchilik turdagi operatsiyalarni takomillashtirishda ishtirok etishlariga yo’l qo’yadi;

- ikkinchidan, banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuksak daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini o’zlashtirishga kattagina moliyaviy mablag’ sarflash imkonini beradi, qimmatli qog’ozlar operatsiyalarining ko’pchiligi esa ayni shu mablag’ bilan bog’liq;

- uchinchidan, banklar ixtiyoridagi texnika, axborot va kadrlar, keng tarmoqli filiallar va mijozlar bazasi ularni qimmatli qog’ozlar bozorining eng harakatchan qatnashchilariga aylantiradi;

- to’rtinchidan, banklar bilan boshqa moliyaviy-iqtisodiy muassasalar o’rtasida rivojlanib borayotgan raqobat, ko’pgina an‘anaviy bank xizmatlari (kredit berish, moliya-valyuta, vakillik operatsiyalari)ning foyda berishi kamayib borayotganligi banklarni o’z faolligi markazini qimmatli qog’ozlar bozori sohasiga ko’chirishga majbur qiladi.

Mazkur shart-sharoitlar va qulay omillarning mavjudligi tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi ishlari miqyosini kengaytirish va iqtisodiy tahlilni tashkil qilish uchun katta imkoniyatlar beradi. Bu amalda, birinchi galda, banklarning emissiya faolligida -aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va jamg’arma sertifikatlar, veksellar va boshqa turdagi qimmatli qog’ozlar chiqarishda namoyon bo’ladi. Banklar vositachilik asosida, emitentlar bilan kelishuviga binoan o’z zimmalariga qimmatli qog’ozlarni chiqarish va aylantirish xizmatini (anderrayting, transfer agentlik xizmatlarini) olishlari mumkin.

Turli toifadagi investorlar uchun banklar mijozlarning investitsiya strategiyasini shakllantirishga, iqtisodiy tahlilni olib borishda, loyihani moliyalashni tashkil etishga ko’maklashishdan boshqa qimmatli qog’ozlar majmuyini boshqarish va sotib olingan aksiyalarning dividendlarini olishgacha bo’lgan maslahat xizmatlarining ko’pgina turlarini ko’rsatishlari mumkin.

Tijorat banklari qarz oluvchilardan berilayotgan qisqa muddatli kreditlar uchun garov sifatida qimmatli qog’ozlarni qabul qilishi mumkin. Lekin bu jarayon o’zidan o’zi bo’lmaydi ya’ni shu qarzni o’rnini bosuvchi qimmatli qog’ozlar rostan ham qarz beruvchi un foydalimi va u kelajakda o’z foydasini beradimi yo’qmi kabi savollarga javob olish uchun bank tomondan iqtisodiy tahlil qilib chiqiladi va u o’z foydasini kelturguncha bankning uzluksiz nazorati ostida turishi darkor.

Kreditlarga ko’rsatiladigan ko’pdan-ko’p xizmatlar orasida banklarning veksellar bilan o’tkazadigan operatsiyalari ham bor. Keyingi yillarda banklar yirik aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish uchun vakolat olish, investitsiya va xususiylashtirish fondlari bilan ishlash kabi investitsiya faoliyatining obro’li yo’nalishlariga ko’proq e‘tibor bermoqdalar. Tijorat banklari obligatsiyalar, jamg’arma sertifikatlarini chiqarish yo’li bilan mamlakatning pul aylanmasini to’ldirmoqda, yuridik va jismoniy shaxslarning bo’sh turgan pul mablag’larini iqtisodiyotning ustivor tarmoqlariga sarflashga ko’maklashmoqda. Ular veksel muomalasiga xizmat qilish orqali o’zaro hisob-kitoblarni jadallashtirmoqda va to’lov intizomini mustahkamlamoqda. Banklar diller va moliyaviy vositachi sifatida harakat qilib, investorlar tomonidan qimmatli qog’ozlarga bo’lgan doimiy talabni

ta‘minlamoqda.






Download 347.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling