Banklarda qimmatli qoğozlar harakatlar tahlili”(“Xalq Bank” atb samarqand filiali misolida) mavzusidan tayyorlagan
Download 347.69 Kb.
|
MARDIYEV SHAXZODBEK KURS ISHI MT (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq Bank” Samarqand filiali haqida umumiy ma’lumotlar
1-BOB bo’yicha xulosa
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, banklar investitsiya faoliyati uchta asosiy yo‘nalishga ajratiladi bular banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati, korporativ moliyalash va loyihaviy moliyalashtirishdir. Shu o’rinda mening fikrimcha 4- yo’nalishni ham qo’shish kerak bu esa iqtisodiy tahlilni rivojlantirishga, chet el andozalardan foydalanilgan holda o’rganib chiqib bu yo’nalishni yanada rivojlantirish darkor. Chunki tahlilni aniq va samarali yo’lga qo’yolsak bu kadrga bo’lgan ehtiyojni ortiradi va banklar uchun foyda foizini o’stirishga ham turtki bo’ladi. Mamlakatimiz qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining faoliyatini ham uch yo‘nalishga ajratish mumkin: emission, investitsion va vositachilik faoliyatlari. Banklar shu uch yo‘nalishning barchasida o‘z faoliyatini rivojlantirib borishlari shart. Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi, banklarning qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalari va uning huquqiy asoslari keltirib o‘tilgan. Banklar investitsiya faoliyatidan dividend, foiz, komission va qimmatli qog‘oz narxi o‘zgarishi kabi daromadlar olishlar mumkin. Qimmatli qog‘oz daromadi qanchalik yuqori bo‘lsa uning riski ham shuncha yuqori bo‘ladi, likvidlilik va xavfsizligi esa shunchalik past bo‘ladi ya’ni, teskari proporsionaldir. Banklar investitsiya portfeli risk sharoitida qo‘yilmalarni likvidliligini ta’minlash va daromad olish maqsadidagi olingan mavjud qimmatli qog‘ozlar majmuidir. Respublikamizda tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarini amalga oshirishning huquqiy bazasi shakllangan. Keyingi baza mening nazarimda tahlil bazasini rivojlantirish darkor bu bosqichda ohirgi texnologiyalardan foydalanilgan holda bevosita raqamli iqtisodiyotdan foydalanilgan holda tahlil bazasini rivojlantirish darkor. Chunki tahlil to’liq bo’lsa parallel ravishda risk ko’rsatkichi kamayadi va banklar o’z kapitalidan samarali foydalanishga ob keladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri–respublika qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining emission va investitsion faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishdir. Qolaversa, bank qimmatli qog’ozlarini ro‘yxatga olish, qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tijorat banklari faoliyatini tahlil qilish hamda qimmatli qog’ozlarni emissiyasi va muomalasini tashkil qilish yo‘nalishiga kiradi. Shundan ko’rinib turibdiki yaqin kelajakda banklar tomonidan qimmatli qog’ozlar bozoriga bo’lgan qiziqish o’sadi va shu o’rinda banklarimiz qimmatli qog’ozlar harakati va tahlilini rivojlantirish faqatgina foyda olib keladi. “Xalq Bank” Samarqand filiali haqida umumiy ma’lumotlar Download 347.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling