Banklarga jalb etish va uning iqtisodiy
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi bosh mablaglarini banklarga jalb qilishning ahamiyati va uning (1)2
2-bob bo„yicha xulosa
Bitiruv malakaviy ishi ikkinchi bobi bo‗yicha belgilangan ma‘lumotlarni o‗rganish davomida quyidagi xulosalarga kelindi: Birinchidan, ―Ipoteka-bank‖ ATIB tomonidan joriy etilgan har xil turdagi omonat va depozitlar o‗zining aholi hamda xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarga har tomonlama maqbulligi bilan ajralib turganligi, omonat (depozit) turlarining muddatlari, foizlari va boshqa shartlari aholi eytiyojlariga ko‗ra joriy etilganligi uning ushbu yo‗nalishda 2016-yil yakunlari bo‗yicha ―Aholi omonatlarini jalb qilish bo‗yicha yilning eng yaxshi banki‖ nominatsiyasida 1-o‗ringa loyiq ko‗rildi. Ikkinchidan, bugun mamlakatimizdagi ― tijorat banklari tomonidan aholiga milliy va chet el valutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlari taklif etilmoqda. Depozitga qo‗yilayotgan mablag‗larning miqdori oxirgi 5 yilda 3,5 marotabaga, 2016-yilda esa 25,2 foizga oshdi‖ 66 . Biroq bu sohada asosiy kamchilik bo‗lib, banklardagi umumiy depozitlar hajmida hali hamon talab qilib olinguncha depozitlarning yirik ulushdaligi ushbu yo‗nalishda muammoli bo‗lib qolmoqda qolmoqda. Chunki xalqaro bank amaliyoti bo‗yicha 66 Akromov B. ―Aholi omonatlarini jalb qilishda faol banklar‖. ―Bank axborotnomasi‖. 09.02.2017-yil. -12-bet 57 talab qilib olinguncha depozitlarning yalpi depozitlar bazasidagi ulushi 30 foizdan oshmasligi kerak. Chunki, ushbu turdagi depozitlar nobarqaror hisoblanib, banklar undan doimiy ravishda foydalana olmaydi. Uchinchidan, aholi bo‗sh mablag‗larini jalb qilish bo‗yicha xorij mamlakatlari, xususan, AQSH, Yaponiya va Koreya Respublikasida foydalaniladigan usullar mamlakatimiz bank amaliyotida qo‗llanilsa, ular orqali banklarning jalb qilingan mablag‗lari hajmida sezilarli natijalarga erishish mumkin. Buning uchun faqatgina zamonaviy–axborot texnologiyalarni mamlakatimiz banklari amaliyotiga yanada ko‗proq joriy etish talab qilinadi. Bundan tashqari, Germaniyaning aholi bo‗sh pul mablag‗larini jalb qiluvchi hududiy jamg‗arma kassalar-shparkassa (sparkassen) lar amaliyoti o‗zining aholi manfaatlariga ijtimoiy-iqtisodiy yo‗naltirilganligi bilan har qanday mamalakat bank tizimiga o‗rnak bo‗la oladi, jumladan, mamlakatimiz O‗zbekistonga ham. Germaniyadagi bank sohasi Yevropanning eng diversifikatsiyalashtirilgan bank tizimini o‗zida namoyon etadi. Ushbu mamlakat bank tizimi rivojining tajribasi, kreditlash mexanizmlari va aholi bo‗sh pul mablag‗larini jalb qiluvchi jamg‗arma kassalari (sparkassen) faoliyatini o‗rganish biz uchun juda katta foyda keltirishi tabiiy. Jahon moliyaviy inqirozi davrida jamg‗arma va kooperativ muassasalar barqaror natijalarga erishishidan tashqari jamg‗arma kassalari faoliyatining muvaffaqiyatli ekanligi hamda Germaniya hududlarining iqtisodiy rivojlanishiga mazkur muassasalarning hissasi yuqori bo‗lganini bir qator ixtisoslashtirilgan tadqiqot natijalari ham tasdiqladi. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling