Banklarga jalb etish va uning iqtisodiy
-rasm. 2010 - 2017 -yillar davomida “Ipoteka-bank” ATIB
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
aholi bosh mablaglarini banklarga jalb qilishning ahamiyati va uning (1)2
1-rasm. 2010 - 2017 -yillar davomida “Ipoteka-bank” ATIB
tasarrufidagi kassalar soni dinamikasining o„zgarishi 38 Rasmda keltirilgan ma‘lumotlar shuni ko‗rsatadiki, 2010-yildan 2017- yilning 1-may sanasigacha bo‗lgan davrda ―Ipoteka-bank‖ ATIB tomonidan 90 ta jamg‗arma (kommunal va maxsus) kassalar tashkil etishga erishilgan. Ya‘ni 2010- yilda jami kassallar soni 485 tani tashkil etgan bo‗lsa, 2017-yilning 1-may holatiga kelib, ularning hajmi 575 taga yetgan. Bu bilan bank aholining talab va takliflarini o‗rgangan holda Respublikaning turli manzillaridan turib bank xizmatlarini ko‗rsatish kengaytirilgan, shuningdek, umumiy kassalar sonining o‗zgarishidan tashqari, bank faoliyat turlarini ham kengaytirgan. Shuningdek, ushbu dinamika kuzatilayotgan davrda aholidan tushgan takliflarni hisobga olgan holda hamda bank kassalari joylashgan hudud sharoitlarini hisobga olib, kassalar 38 “ Ipoteka-bank‖ ATIB yillik hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi 35 maqomlarida o‗zgarishlar bo‗lganini ham kuzatish mumkin . Bank kassalarining maqomlari o‗zgarishi-aholining bankka murojaatlarini tahlil qilingan holda kassaning maqomlarini, ya‘ni faoliyat turi o‗zgartirib xizmat ko‗rsatish-ular ko‗rsatayotgan bank xizmatlari sifatini oshirgan. Bugungi kunda mijozlar uchun banklararo raqobat sharoitida mijozlarning xohish-istaklariga qarab ish tutish muhim ahamiyatga ega. Chunki, ular o‗z talablariga mos kelmaydigan moliya muassasasi xizmatlaridan voz kechib, boshqa bank moliyaviy xizmatlaridan foydalanishda erkin ekanliklarini unutmaslik kerak. Shundan kelib chiqqan holda, o‗z mijozlariga zamonaviy axborot-texnologiyalari bilan mijozlar uchun qulay tariflarda xizmat ko‗rsatayotgan banklar bu sohada muvaffaqiyatga erishmoqda. Vaziyatni hisobga olgan holda, ―Ipoteka-bank‖ ATIB tomonidan bank tizimining innovatsion tizimlari joriy etilgan va bank mijozi bo‗lgan foydalanuvchilar o‗z mobil telefon apparati yoki noutbukda internetga ulanib masofaviy bank xizmatlaridan foydalanishmoqda. Xususan, aholi omonatchilari uchun ―Shaxsiy kabinet‖ xizmatining mavjudligi aholining bankka bo‗lgan ishonchini yanada ortishiga sabab bo‗lmoqda. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling