36
Tijorat bankining ushbu yo‗nalishdagi izlanishlari, o‗z
navbatida, aholining
bank mahsulotlariga bo‗lgan qiziqishini yanada ortishiga hamda jamg‗armachilar
soni va aholi omonatlari qoldig‗i o‗sishiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. 2-rasm
ma‘lumotlari tahlil qilinganda ayon bo‗ladiki, 2016-yilning 31-dekabr holatiga
ko‗ra, bankda aholi omonatlari qoldig‗i-822,0 mlrd. so‗mni
tashkil qilib, 2015-
yilning shu davriga nisbatan 206,2 mlrd. so‗mga yoki 33,5 foizga oshgan.
Ushbu bo‗sh pul mablag‗larini jalb qilishda, tabiiyki,
Ipoteka-bank
tomonidan qo‗shimcha tashkil etilgan va qaytadan ish boshlagan kassalar
hajmidagi o‗sish ham bevosita o‗z hissasini qo‗shgan. Ammo, shuni inobatga olish
kerakki, Ipoteka-bankning 2016-yilgi moliyaviy hisoboti bo‗yicha, uning
mijozlardan jalb qilgan mablag‗lari umumiy hajmi 3 050 mlrd. dan ortiqni tashkil
etgan
bir paytda, aholi omonatlarining jamidagi ulushi 24,7 foizga tengligini
normal baholash mumkin.
Shuningdek,
―2016-yilning
31-dekabr
holatiga
ko‗ra,
bankning
omonatchilari soni 2 072 200 nafarni tashkil etib, 2015-yilning
shu davriga
nisbatan 210 609 nafarga yoki 11,0 foizga oshgan‖.
3 –rasm. ATIB Ipotekabank ning 2011-2016-yillar davomida jalb qilgan
omonatchilari soni dinamikasi
40
40
Haydarov
A.
―Omonatlar-moliyalashtirishning muhim manbai‖ ―Bozor, pul, kredit‖
jurnali.12/2016(235). -33-bet
37
Agarda rasmda berilgan ma‘lumotlar asosida ―Ipoteka-bank‖ ATIBning
o‗tgan 6 yil davomidagi mijozlar hajmini tahlil qiladigan bo‗lsak,
ular miqdori
2016-yilga kelib, 2011-yilga nisbatan 83,7 foizdan ziyodga yoki 944 468 nafarga
ortgan. Mijozlar hajmidagi ijobiy o‗zgarish, tabiiyki,
ular tomonidan bankka
qo‗yiladigan jamg‗armalarni oshirib, bank resurs bazasining ko‗payishiga xizmat
qilgan. Buning amaliy tasdig‗ini esa ―Ipoteka-bank‖ ATIBning turli yillarda nashr
etilgan moliyaviy hisobotlarida ko‗rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: