46
Mamlakatimizdagi tijorat banklarida jalb qilingan mablag‗lar tarkibida
tranzaksion depozitlar hajmining belgilangan standart talablardan ko‗pligi ushbu
sohada hali juda ko‗p islohotlar o‗tkazish lozimligini ko‗rsatadi.
8-rasm. O„zbekistondagi tijorat banklar depozit mabaalari tarkibi
51
(foizda, yilning 31-dekabr holatida)
Agarda rasmda keltirilgan ma‘lumotlarga e‘tibor qiladigan bo‗lsak,
mamlakatimiz banklaridagi mavjud umumiy depozitlar bazasida tranzaksion
depozitlarning ko‗pligini kuzatishimiz mumkin. Bu holat xalqaro bank amaliyotiga
zid hisoblanadi. Chunki, xalqaro bank amaliyotida qabul qilingan me‘yoriy talabga
ko‗ra, talab qilib olinadigan depozitlarning tijorat banki jami depozitlar bazasidagi
ulushi 30 foizdan oshmasligi zarur hisoblanadi. Ammo, ta‘kidlashimiz lozimki,
umumiy depozitlar tarkibida talab qilib olinguncha depozitlarning o‗zgarishi 6 yil
davomida kamayish tendensiyasiga ega bo‗lgan. Ya‘ni
talab qilib olinguncha
depozitlarning 2016 –yildagi 57,2 foiz holati 6 yil ilgarigi 64,6 foiz hajmdan
pastligini ko‗rsatmoqda. Bu esa, kelajakda bank depozitlari
tarkibidagi sifat
o‗zgarishlari kuzatilishi mumkinligidan darak beradi. Chunki, muddatli va
jamg‗arma depozitlar hajmida 6 yil davomidagi o‗sish
holati bunga turtki berishi
mumkin.
Bugun mamlakatmiz tijorat banklari tomonidan aholiga milliy va chet el
valutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250
dan ortiq omonat turlari
51
“Ahbor reyting‖ agentligining yillik hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi
47
taklif etilmoqda. ―Depozitga qo‗yilayotgan mablag‗larning miqdori oxirgi 5 yilda
3,5 marotabaga, 2016-yilda 2,6 foizga ortdi‖
52
.
Quyida keltirilgan rasmda ushbu depozitlar tahlilini ularning sub‘ektiga
ko‗ra ko‗rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: