Banklarga jalb etish va uning iqtisodiy


 Banklararo raqobat sharoitida bo„sh pul mablag„larini banklarga


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/25
Sana26.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1724703
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
aholi bosh mablaglarini banklarga jalb qilishning ahamiyati va uning (1)2

2.2. Banklararo raqobat sharoitida bo„sh pul mablag„larini banklarga 
jalb etish amaliyoti tahlili 
Bugungi kunda dunyodagi deyarli barcha mamlakatlarda bozor iqtisodiyoti 
tizimi amal qiladi. Bunday tizimda faoliyat yuritish yoki ―jon saqlab qolish uchun‖ 
barcha bir-biri bilan raqobatga kirishishga majbur bo‗Ladi. Ammo, bunday 
sharoitda faqatgina eng so‗nggi, yangi vositalarga ega bo‗lganlargina raqobat yutib 
chiqib, yana ―yashashda davom etadi‖. Ayniqsa, bunday vaziyat moliya-bank 
sohasida ro‗y beradigan bo‗lsa, unda mag‗lub bo‗lganlar nafaqat o‗z faoliyatini 
to‗xtatishadi, balki o‗zlariga tegishli bo‗lgan barcha narsani raqobatda g‗olib 
chiqqan tomonga berib yuborishga majbur bo‗lishadi. 
Banklar o‗rtasida ro‗y beradigan raqobat asosan moliyaviy holati barqaror 
bo‗lgan mijozlar va ularning pul mablag‗larini o‗zlariga jalb qilishga qaratilgan. 
Biz bitiruv malakaviy ishining ushbu rejasida mamlakatimizda faoliyat 
yuritayotgan banklarning halol raqobat sharoitida aholi va xo‗jalik sub‘ektlari 
bo‗sh pul mablag‗larini o‗zlariga jalb qilish borasidagi amaliy holatni o‗rganamiz 
va tahlil qilamiz. 
Demak, ―2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‗ra Respublikamizda faoliyat 
ko‗rsatayotgan tijorat banklari soni 27 tani tashkil etib, ularning 8 tasi xususiy va 5 
tasi chet el kapitali ishtirokidagi tijorat banklari hisoblanadi. 
Bugungi kunda Respublika hududlarida tijorat banklarining 855 ta filiali 
faoliyat ko‗rsatmoqda. Shuningdek, bank muassasalarini aholi zich joylashgan 
manzillar hamda ishlab chiqarish hududlariga yaqinlashtirish, kommunal va 
boshqa to‗lovlarni to‗lashlari uchun yanada qulayliklar yaratish maqsadida tijorat 
banklarining 4 299 ta mini-banki va maxsus kassalari tashkil etilgan bo‗lib, 
shularning 2 221 tasi qishloq joylaridagi aholiga, ayniqsa, fermer xo‗jaliklariga 
sifatli bank xizmatlarini ko‗rsatib kelmoqda. 
Bundan tashqari, bozorlar hududida naqd pul tushumlarini, bozor xizmatlari 
hamda boshqa to‗lovlarni qabul qiluvchi 537 ta maxsus kassalar, shuningdek, 
aholidan kommunal va boshqa majburiy to‗lovlarni bevosita aholi yashash 


45 
joylariga borib qabul qiluvchi 506 ta ixtisoslashtirilgan ko‗chma kassalar faoliyat 
yuritmoqda‖
47
. Ushbu yaratilgan moliya –bank muassasalarining barchasi halol 
raqobat sharoitida bir –biridan ustun kelish uchun, albatta, o‗z mablag‗laridan 
ko‗ra ko‗proq jalb qilingan mablag‗lardan foydalanishadi. Bunday holatni banklar 
misolida o‗tgan 2016-yil uchun tahlil qiladigan bo‗lsak, ―2016-yil mobaynida 
mijozlarga ko‗rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, xususan, 
omonatlarning yangi va mijozlar talablariga mos jozibador turlarini joriy etishga 
alohida e‘tibor qaratildi. ―2016-yil yakuniga ko‗ra tijorat banklari tomonidan jalb 
etilgan depozitlarning umumiy hajmi 2015-yilga nisbatan 25,2 foizga oshib, 44,6 
trln. so‗mni tashkil etdi‖
48
.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling