Banklarining


Bank aktivlarining sifat darajasi va ularning diversifikatsiyasi


Download 71.04 Kb.
bet4/7
Sana26.03.2023
Hajmi71.04 Kb.
#1297550
1   2   3   4   5   6   7

Bank aktivlarining sifat darajasi va ularning diversifikatsiyasi.


O‘zbekistan Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 9 noyabrda tasdiklangan 242-sonli «Aktivlar sifatini tasniflash, mumkin bulgan yukotishlar buyiicha tijorat banklari tomonidan rezervlar tashkil kilish va undan foydalanish koidasiga asosan, tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar yukorida keltirilgan mezonlar buyicha


«yaxshi», «standart», «substandart», «shubxali», «umidsiz» kreditlarga tasniflanadi. Aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi tavakkal qilishning eng pats darajasi sharoitida daromad foiz tushumlari va xarajatlar orasidagi farqni mumkin kadar oshirish yoki uni juda bo‘lmaganda barqaror darajada saqlab turishdan iborat ekanligi malum. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi PQ–2344-son «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq yangi nizom ishlab chiqilgan. “Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibito‘g‘risidagi” Nizom 2015 yil 14 iyuldan kuchga kirgan.
Ushbu tartibda asosan quyidagilar ko‘rib chiqilgan jumladan:

  1. umumiy qoidalar;

  2. aktivlarni tasniflash tizimi;

  3. ta’minotga qo‘yilgan talablar;

  4. Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash;

  5. ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish tartibi;

  6. Investitsiya portfelining sifatini tasniflash

  7. Tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga doir zaxirani shakllantirish

  8. Majburiy zaxiralar depozitlariga mablag‘ o‘tkazish

  9. Zaxiralardan foydalanish

YAngi tartibni oldingisidan asosiy farqlari bunda iqtisodiy terminlarga oydinlik kiritildi, zaxira yaratish qoidalari mustahkamlandi, kreditlarni tasniflashdan aktivlarni tasniflashga o‘tildi, ta’minotga qo‘yilgan talablar kiritildi, restrukturizatsiya qilingan kreditlarni tasniflashning o‘ziga xos jihatlari inobatga olinib, ularni tasniflash tizimi ko‘rsatildi, mezonlari aniqlashtirildi.
Ilk marta quyidagi tushunchalardan foydalanildi hamda ta’riflari keltirildi:
aktivlar — kredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mablag‘lar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog‘liq barcha boshqa talablar. muammoli aktivlar — sifati «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan
aktivlar;
maxsus zaxiralar sifati «substandart», «qoniqarsiz», «shubhali» va «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga mo‘ljallangan majburiy zaxiralar;
standart aktivlarga yaratiladigan zaxiralar — tijorat banki faoliyati davomida umuman yoki biror-bir faoliyat turi natijasida ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash maqsadida tashkil qilinadigan zaxiralar;
shartlari qayta ko‘rib chiqilgan aktivlar — shartnoma va (yoki) unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan aktivlar;
tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun majburiy zaxiralar depozitlari (bundan buyon matnda majburiy zaxiralar depozitlari deb yuritiladi)

  • aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) majburiy zaxiralar depozitlari;

ta’minlanmagan aktivlar — ta’minotsiz berilgan yoki ta’minoti belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan aktivlar. Bunday aktivlar mustahkam tushumga ega bo‘lgan qarzdorga uning yaxshi kredit tarixi asosida berilishi mumkin.
Tijorat banklarining hisobotlari ularning aktivlari sifatining haqiqiy holatini aks ettirishi lozim.
Hisobotlarning haqqoniy bo‘lmasligi tijorat banki omonatchilari, kreditorlari va aksiyadorlari, shuningdek Markaziy bank va boshqa manfaatdor tomonlarni chalg‘itishga va yanglishtirishga urinish deb baholanadi hamda xavfsiz bo‘lmagan, nosog‘lom bank amaliyoti deb hisoblanadi.
Daromad keltirmaydigan aktivlarning ulushi jami aktivlarning etmish foizidan ortiq bo‘lishi bank kredit siyosati, kreditlar ajratish va ularni boshqarish jarayonining bo‘shligini bildiruvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
2011-2015 yillarda respublika bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasining tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan kredit portfellarini yanada o‘sishini va sifatini yaxshilashni ta’minlash, tavakkalchilikni baholash tizimini takomillashtirish maqsadida bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit portfelini diversifikatsiyalashlarni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan edi.



Aktivlarning sifati

Zaxiralar

1

Standart

1%

2

Substandart

10%

3

Қониқарсиз

25%

4

SHubxali

50%

5

Umidsiz

100%




Download 71.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling