Banklarining
Bank aktivlari tarkibi va ularni balansda joylashishi
Download 71.04 Kb.
|
Bank aktivlari tarkibi va ularni balansda joylashishi.Banklar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari uchun kerakli qimmatliklar: binolar, asbob-uskunalar, hozirgi zamonda tezkor hisob-kitobni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompyuterlar, naqd pul mablag‘lari va kreditga berilgan mablag‘lari bo‘ladi. Banklarning mavjud bunday mablag‘lari banklar buxgalteriya balansida iqtisodiy mazmuniga ko‘ra (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar. naqd pullar va x.k) qiymatlari guruhlashtirilib bank balansining aktiv tomonida ko‘rsatiladi. SHuning uchun ham xalqaro miqyosda bank mablag‘larini – aktivlari deb aytishadi. Bank mablag‘lari hozirgi kunda bizda ham aktivlar deyilmoqda.Bank aktivlari deyilganda-bank faoliyatida amalga oshirilgan va oshiriladigan amaliyotlari jarayoni-da mablag‘ni xarid qilish, foydalanish uchun uchinchi shaxsga berish natijasida iqtisodiy manfaat keltiruvchi moddiy va nomoddiy mablag‘lar tushuniladi. Iqtisodiy manfaat odatda aktivlarda pul oqimi shaklida namoyon bo‘ladi.Naqd puldan tashqari har qanday resurs aktivga aylanishi uchun alohida yoki biror bir boshqa resurs bilan birgalakda bevosita yoki bilvosita pul oqimini ta’minlashi zarur. Bank aktivlari, bankning aktiv amaliyoti natijasida shakllanadi, ya’ni bank balansini likvid holda ushlab turib, o‘z va jalb qilingan mablag‘larni foyda olish maqsadida joylashtirish faoliyatini ta’minlaydi.Bank aynan aktiv amaliyotlari natijasida daromadining asosiy qismini oladi. Bank aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd pul mablag‘lari, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbob- uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning asosiy faoliyatida faol ishtirok etadi. Bank aktivlari juda turli-tuman bo‘lishi mumkin, lekin hamma tijorat banklari o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, bir xil turdagi aktivlarga ega. Ularning bir qismi maxsus jihozlangan banklar naqd pullarni saqlash uchun seyflar yoki temir shkaflar, komp’yuterlar, avtomashinalar tashkil etadi. Bunday aktivlar banklarda ko‘p yil ishlatiladi va asosiy vositalar deb yuritiladi. Bank aktivi deganda passivlar joylashtirilishi tushuniladi.Uning tarkibiy tuzilmasi deganda esa har bir aktiv turining jami aktivlarga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Tijorat banklarining aktivi va uning tarkibi quyidagilar bilan tavsiflanadi. (jadval). Download 71.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling