Banklarning kassa operatsiyalarini tashkil qilish, ularni hisobga olish va rasmiylashtirish
-§. Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi
Download 113 Kb.
|
bank hisobi va audit
3-§. Kassaning chiqim operatsiyalari, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi
Tijorat banklarining chiqim kassa operatsiyalari deb, bank kassalaridan naqd pulning berilishi bilan bogliq operatsiyalar tushuniladi. Korxona va tashkilotlarning oz ishchi xodimlari uchun ish xaqi, pensiya, stipendiya, boshqa nafaqalar, mukofotlar, xizmat safari xarajatlari uchun naqd pul olishi mumkin. Yilning har choragi uchun korxona va tashkilotlar kassa rejasini tuzib bankka topshiradilar. Kassa rejasida naqd pulning tushumi boyicha alohida moddalar, naqd pulning xarajati boyicha alohida moddalar korsatilgan. Shu bilan birga ish haqi olish boyicha ish haqi olish kunlari belgilanadi. Korxona va tashkilotlar bir oyda bir yoki ikki marta ish haqi oladilar. Korxona va tashkilotlardan olingan kassa rejalari asosida har bir bank kassa prognozini tuzadi. Har kungi kassa operatsiyalarini olib borish uchun qancha naqd pul zarurligi, qancha naqd pul bank tushumlari hisobidan amalga oshirilishi kassa prognozlari asosida hisoblab boriladi. Korxona va tashkilotlar bankdan yuqorida sanab otilgan maqsadlarga naqd pul olish uchun pul cheki rasmiylashtirishlari lozim. Lekin bundan avval korxonaga yangi hisobvaraq ochilayotgan paytda bankka pul chek daftarchasi olish uchun ariza topshirishlari lozim. Arizada bank nomi va kodi, korxona nomi, uning talab qilib olinadigan depozit boyicha hisobvaraq nomeri, chek daftarchasining nomi, soni, ariza rasmiylashtirilgan sana korsatiladi. Arizaga korxona rahbari va buxgalterining imzosi hamda muxr qoyiladi. Bank korxonaning arizasiga asosan pul chek daftarchasi yozib, har bir varaqda bank nomi, uning kodi, korxona nomi, uning bankdagi hisobvaraq nomerini korsatadi va mijozga beradi. Chek daftarchasining cheklari bankdan naqd pul olish uchun asos boladi. Ish haqi olishdan bir kun avval chek rasmiylashtirilib mijoz tomonidan pasporti bilan birgalikda ularga xizmat korsatuvchi masul ijrochiga beriladi. Masul ijrochi, eng avvalo, shu tashkilotning hisobraqamida etarli pul miqdori borligini tekshirib, shundan songgina chekning toliq va togri toldirilganligini, ikkita imzo va muhrning imzolar hamda muhr namunasi tushirilgan kartochkalar bilan solishtirib koradi. Hammasi togri bolsa, chekning burchagidagi nazorat markasini qirqib olib pasport bilan birga mijozga qaytarib beradi. Nazoratchi yana bir bor tekshiruv otkazib, song rekvizitlarni kassaning chiqim jurnaliga qayd qiladi. Chiqim jurnalida sana, hisobvaraq nomeri, chek summasi, hisobot simvoli, korrespondentsiya hisobvaragi nomeri korsatiladi. Nazoratchi chiqim jurnali bilan birgalikda cheklarni ichki tartibda kassaga topshiradi. Kassir mijozni chaqirib uning pasporti va nazorat markasini oladi. Nazorat markasi nomeri chek nomeri bilan togri kelsa, chekdagi pasport korsatkichlari pasport bilan togri kelsa, kassir chekda korsatilgan summani mijozga sanab beradi. Kassaning chiqim operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishi quyidagi korinishda boladi: 7-sxema Chiqim kassa operatsiyalari boyicha hujjatlar aylanishi sxemasi Masul ijrochi Kassir 1. Mijoz pul chekini rasmiylashtirib masul ijrochiga pasport bilan birga topshiradi . 2-3. Masul ijrochi chekni nazoratdan otkazgandan song nazorat markasini mijozga, chekni esa nazoratchiga beradi. Nazoratchi chekni yana bir bor tekshirib, uni chiqim kassa jurnalida qayd etadi va kassirga uzatadi. Mijoz kassirga pasport va nazorat markasini topshiradi. Kassir mijozga chekda korsatilgan miqdorda pul sanab beradi. Kun oxirida nazoratchi va kassir bajargan operatsiyalar boyicha hujjatlarni ozaro solishtirib bankning hisob markaziga topshiradilar. Hisob markazidan hujjatlar asosida mijozlarning shaxsiy hisobvaraqlari chiqarib beriladi. Bu operatsiyalar boyicha quyidagi buxgalteriya yozuvi bajariladi: Debet - 20200 Korxonalarning talab qilib olinadigan depozit boyicha hisobvaragi Kredit - 10101 Bank kassasi Shaxsiy hisobvaraqdan kochirma mijozga topshiriladi, shaxsiy hisobvaraq bankda alohida papkalarga tikiladi. Download 113 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling