Banklarning paydo bo’lish sabablari, turlari va rivojlanish bosqichlari


Tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi


Download 77.23 Kb.
bet2/2
Sana04.04.2023
Hajmi77.23 Kb.
#1327616
1   2
Bog'liq
BANKLARNING PAYDO BO’LISH SABABLARI, TURLARI VA RIVOJLANISH

Tijorat banklari quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larni yig‘ish va ularni kapitalga aylantirish;  korxona, tashkilotlar va aholini kreditlash;  iqtisodiyotda hisob - kitoblar va to‘lovlarni amalga oshirish;  moliya - valyuta bozorida faoliyat ko‘rsatish;  iqtisodiy - moliyaviy axborotlar berish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va boshqalar.

Jismoniy shaxslarga

  • Pul o‘tkazmalari
  • Omonatlar
  • Bank kartalari
  • Kredit mahsulotlari
  • Konversion amaliyotlari
  • Mobil banking
  • Individual seyf va yacheykalar
  • Hisob-kitob va kassa xizmatlari
  • To‘lovlarni qabul qilish
  • Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish
  • Jamg‘arma sertifikatlari
  • Mol-mulkni ishonchli boshqarish

Yuridik shaxslarga

  • Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada
  • Lizing
  • Faktoring
  • Konversion amaliyotlari
  • Internet-banking
  • Individual seyf va yacheykalari
  • Hisob-kitob va kassa xizmatlari
  • Xorijiy kredit liniyalari
  • Loyihalarni moliyalashtirish
  • Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish
  • Omonat sertifikatlari
  • Mol-mulkni ishonchli boshqarish
  • Markaziy bank – mamlakatdagi narx darajasi, bank tizimining barqarorligi hamda to‘lov tizimining barqaror faoliyati uchun mas'ul bo‘lgan muassasadir. Buning uchun pul-kredit siyosatini olib boradi, tijorat banklar, to‘lov tashkilotlar, hamda bir necha nobank kredit tashkilotlar (MKT, lombarlardlar va boshqalar) faoliyatini litsenziyalaydi, tartibga soladi va nazorat qiladi.
  • Ba'zan mamlakatlarda mega-tartibga soluvchi (mega-regulyator) bo‘lgan markaziy banklar mavjud va ular sug‘urta bozorini hamda moliya bozorining boshqa segmentlarini ham tartibga soladi.

Markaziy banklarning paydo bo‘lishi XIX asrning o‘rtalariga va XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, chunki bu davrda ko‘pchilik hukumatlar muomaladagi pul masalasini nazorat qilish muayyan banklar bo‘ynida bo‘lishni qonunlashtirgan.
Markaziy bank birinchi marta qayerda va qachon paydo bo‘lganini aytish qiyin. Ayrim iqtisodchilar markaziy bankning vazifalarini birinchi bo‘lib bajargan bankning tashkil topgan sanasi deb hisoblaydilar. Bu mezonga Riksbank (Shvetsiya banki bo‘lib, 1668-yilda tashkil etilgan) mos keladi. Angliya banki 1694-yilda tashkil topgan. Fransiya banki esa 1800-yilda.
An'anaga ko‘ra, markaziy bankning 4 ta asosiy vazifasi bor. Markaziy bank:
а) mamlakatning emission markazi, ya'ni banknotlar chiqarishning monopol huquqiga ega;
b) banklar banki, ya'ni kompaniya va muassasalar bilan emas, balki asosan ushbu mamlakat banklari bilan operatsiyalarni amalga oshirishi: milliy kredit tizimini zarur standartlash va professionallik darajasini saqlagan holda ularning kassa zaxiralarini qonun bilan belgilangan miqdorda saqlash, ularga kredit berish (oxirgi instansiya kreditori), nazorat qilish;
v) mamlakatning asosiy hisob-kitob markazi. Bu degani, boshqa banklar o‘rtasida o‘zaro talablari va majburiyatlarining zachyoti (kliring) asosida naqd pulsiz operatsiyalarini amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaradi;
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Download 77.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling