Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Ayirboshlash shoxobchalarini audit qilish tartibi


Download 247.79 Kb.
bet3/65
Sana02.11.2023
Hajmi247.79 Kb.
#1740095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini teks-fayllar.org

Ayirboshlash shoxobchalarini audit qilish tartibi

Ayirboshlash punktida milliy va xorijiy valyuta, valyutaga doir to‘lov hujjatlari, qat’iy hisobda turadigan blankalar va boshqa boyliklar borligini bevosita auditorning o‘zi ayirboshlash punkti xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi. Naqd pul va muassasasiga tegishli navbatdagi hisobot jo‘natilganidan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha summalarni hisobga olgan holda qiyoslanadi.

Ayirboshlash punktlarida naqd boyliklarni tekshirish bilan bir qatorda quyidagilar aniqlanadi:

  1. ayirboshlash punktini tashkil etish to‘g‘risida tegishli hujjatlar (bank boshqarmasining ayirboshlash punkti amalga oshirishi mumkin bo‘lgan operatsiyalar, ayirboshlash punktiga rahbarlik va uning faoliyatini nazorat qilish zimmasiga yuklatilgan mansabdor shaxslar ro‘yxati ilova qilingan buyrug‘i) borligi, bitta xodim ishlaydigan ayirboshlash punktlarida esa u amalga oshirishi ruxsat etilgan valyuta operatsiyalari to‘g‘ri bajarilayotgani;


  2. naqd chet el valyutasi va to‘lov hujjatlarini sotib olish hamda ishlatilmagan summalarni chet el valyutasiga qayta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalariga rioya etilishi. Tekshiruv o‘tkazilgan kunda xarid qilingan valyuta va to‘lov hujjatlari o‘z vaqtida va to‘liq qayd etilgani.


Mavjud pul chet el valyutasi va boshqa boyliklar audit uchun to‘liq taqdim etilganini aniqlash maqsadida ular ayirboshlash punktlarining ombor (javon)lari va xodimlarning stoli g‘alladonlarida qolib ketmaganini tekshirish zarur;


  1. ayirboshlash punktlari muhofazalashning texnik vositalari va telefon bilan jihozlangani, pul omborlari bilan ta’minlangani, har bir kassirda plombir va bankning to‘rtburchak muhri borligi, ularni saqlash qoidalariga rioya qilinishi;


  2. ayirboshlash punktlari milliy valyuta va chet el valyutasi, yo‘l cheklari, qat’iy hisobda turadigan blankalar (377-shakldagi ma’lumotnomalar va 0402004-shakldagi kvitansiya daftarlari, valyutani chetga olib chiqish uchun beriladigan ruxsatnomalarning blankalari) bilan o‘z vaqtida va zarur miqdorda ta’minlanishi;


  3. boyliklar va hujjatlar ayirboshlash punktlariga yetkazib berilishi qoidalariga rioya qilinishi, ularni ayirboshlash punktlaridan bank muassasalariga o‘z vaqtida va to‘liq olib ketilishi. Boyliklar yo‘lda saqlanishining ahvoli;


  4. boyliklar va qat’iy hisobda turadigan blankalar (shu jumladan, kassirlar vaqtincha bo‘lmagan paytda), shanba va yakshanba kunlari operatsiya o‘tkazish uchun olingan milliy valyuta va chet el valyutasidagi bo‘nak saqlanishi qoidalariga rioya etilishi;


  5. ayirboshlash punktining yakunlangan ish kuni to‘g‘risidagi hisobot berilish muddatiga va boyliklar qoldig‘i bank muassasasiga yoki inkassatorlarga topshirilishi qoidalariga rioya qilinishi. Hisobot tuzilishi to‘g‘riligi va uni asoslovchi hujjatlar borligi, hisobotda ko‘rsatilgan operatsiyalar bank muassasasi balansida to‘liq va o‘z vaqtida aks ettirilishi;


  6. ayirboshlash punktlarida pul summalari ortiqcha va kam chiqishi, buning sabablari, shunday dollar yuzasidan ko‘riladigan chora- tadbirlar;


  7. ayirboshlash punktlarini muntazam sur’atda to‘satdan audit qilib turish va audit natijalarini ko‘rib chiqish.


Ayirboshlash punktlarini audit qilish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Unda milliy valyuta, chet el valyutasi va to‘lov hujjatlari, shuningdek, qat’iy hisobda turadigan blankalar borligi hamda ular bank muassasasining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga mos kelishi, ayirboshlash punktlari muhofazalashning texnik vositalari bilan qay darajada jihozlangani, fuqarolarga valyuta xizmati ko‘rsatish operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga rioya qilinishi va auditorning ixtiyoriga ko‘ra boshqa masalalar ko‘rsatib o‘tiladi.


Banklarda chet el valyutasidagi bank operatsiyalarini audit qilish jarayonida eksport-import shartnomalarini to‘g‘ri ro‘yxatga olish va uni bajarilishi qonuniyligi, eksport shartnomalari bo‘yicha mablag‘larning o‘z vaqtida kelib tushishi, kelib tushgan chet el valyutalari bo‘yicha
majburiy to‘lovlarni belgilangan tartibda amalga oshirilishi tekshiriladi. Bundan tashqari, chet el oshirishni bank ichida nazorat qilish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani, hamda valyuta operatsiyalari keyin tekshirilishining ahvoli;
  1. valyuta operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitob-pul hujjatlari rasmiylashtirilishi va saqlanishi qoidalariga rioya etilishi;


  2. valyuta operatsiyalari bo‘yicha daromad va xarajatlarning hisoblanishi va hisobning to‘g‘ri olib borilishi.


Bosh boshqarmalarni audit qilish jarayonida rezident va norezidentlarga valyuta xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ayirboshlash punktlarining ishi ham audit qilinadi.


Tekshiruv ayirboshlash punktlari va qarashli bo‘lgan bank muassasasi xodimlari uchun ham, ayirboshlash punktlari xodimlari uchun ham kutilmagan bo‘lishi kerak.
Ayirboshlash punktida milliy va xorijiy valyuta, valyutaga doir to‘lov hujjatlari, qat’iy hisobda turadigan blankalar va boshqa boyliklar borligini bevosita auditorning o‘zi ayirboshlash punkti xodimlari ishtirokida o‘tkazadi. Naqd pul va muassasasiga tegishli navbatdagi hisobot jo‘natilganidan keyin amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha summalarni hisobga olgan holda qiyoslanadi.
Toshkent shahar Bosh boshqarmasida chet el valyutasidagi bank operatsiyalarini audit qilish jarayonida eksport-import shartnomalarini to‘g‘ri ro‘yxatga olish va uni bajarilishi qonuniyligi, eksport shartnomalari bo‘yicha mablag‘larning o‘z vaqtida kelib tushishi, kelib tushgan chet el valyutalari bo‘yicha majburiy to‘lovlarni belgilangan tartibda amalga oshirilishi tekshiriladi. Bundan tashqari, chet el valyutasidagi bank operatsiyalarini audit qilishda xodimlarning chet ellarga xizmat safariga borish uchun olingan hisobotdagi chet el valyutalarining to‘g‘ri berilganligi va topshirilgan bo‘nak hisobotlarining rasmiylashtirilishi, hisobotning to‘g‘ri topshirilganligiga e’tibor qaratilishi lozim.
Valyuta hisob operatsiyalarini tekshirishda quyidagilarga e’tibor
beriladi:
  • valyuta hisobvaraqlarining to‘g‘ri ochilganligi;


  • chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilganligiga;


  • chet el valyutasidagi yuridik va jismoniy shaxslarning hisob varaqlari bo‘yicha buxgalteriya hisobining to‘g‘ri olib borilishi;


  • eksport va import shartnomalarining hisobga olinish ahvoli va ular bo‘yicha yig‘majildlarning yuritilishi ahvoli;


  • eksport va import operatsiyalari bo‘yicha debitor va kreditor qarzlarning paydo bo‘lish sabablari va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar;


  • chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishi;


  • valyuta hisobvarag‘idagi valyuta mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘g‘ri qayta baholanishi.


Bulardan tashqari valyuta amaliyotlarini tekshirishda «Western Union» pul o‘tkazmalarini o‘tkazish tartibi bo‘yicha ularning to‘g‘ri qabul qilib o‘tkazilishi va berilishi tartibi ham tekshirib ko‘riladi.




Download 247.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling