Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish


Download 266.19 Kb.
bet64/67
Sana26.02.2023
Hajmi266.19 Kb.
#1231996
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320

VALYUTA AMALIYOTLARI TAHLILI





  • 1 ta holatda filialda ro‘yxatga olingan eksport shartnomasiga kiritilgan o‘zgartirish eksport shartnomalari ma’lumotlari bazasiga va eksport shartnomalari bo‘yicha hisobotga kiritilmagan. Tekshirish jarayonida tuzatildi.

  • 1 ta holatda filialda ro‘yxatga olingan import shartnomasi bo‘yicha 1281 yo‘riqnoma talablari asosida DSIga ma’lumot taqdim qilinmagan. Tekshirish jarayonida DSIga ma’lumot taqdim qilindi. (mas’ul xodim: X. Zakirov)
  1. JAMG‘ARMA AMALIYOTLARI TAHLILI


01.12.2018-yil holatiga omonatlar qoldig‘i 15405,6 mln. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2932,4 mln. so‘mga (12473,2 mln. so‘m) ko‘paygan. Omonatlar tarkibida muddatli omonatlar 14066,9 mln.so‘m (91 %), jamg‘arma omonatlar 1066,4 mln. so‘m (7%) va talab qilib olinguncha omonatlar mln.so‘mdan (2 %) iborat.


Filial tomonidan omonatchilarning hisobvaraqlaridagi mablag‘larni ularning omonat daftarchalaridagi ma’lumotlar bilan mos kelishini inventarizasiya qilish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  • 01.07.2018-yil holatiga mavjud bo‘lgan 6934 ta omonat hisobvarag‘idan ikkinchi chorak davomida omonat dasturi orqali harakat bo‘lgan 1833 ta omonat hisobvarag‘i inventarizatsiya qilingan. Ishchi guruh tomonidan omonat dasturi orqali 4726 ta hisobvaraqdan kirim- chiqim amallari bajarilmaganligi uchun harakatsiz nomi berilgan va 90 ta omonat hisobvarag‘i naqd pulsiz shaklda ochilgan va 25 ta omonatchining yashash manzillari noma’lum bo‘lganligi sababli inventarizatsiya ishlari o‘tkazilmagan.

  • 01.04.2018-yil holatiga mavjud bo‘lgan 6891 ta omonat hisobvarag‘idan birinchi chorak davomida omonat dasturi orqali harakat bo‘lgan 1886 ta omonat hisobvarag‘i inventarizatsiya qilingan. Ishchi guruh tomonidan omonat dasturi orqali 4688 ta hisobvaraqdan kirim- chiqim amallari bajarilmaganligi uchun harakatsiz nomi berilgan va 84 ta omonat hisobvarag‘i naqd pulsiz shaklda ochilgan va 28 ta omonatchining yashash manzillari noma’lum bo‘lganligi sababli inventarizatsiya ishlari o‘tkazilmagan. Tekshiruv davrining boshqa choraklarida foiz ham yuqoridagi tartibda o‘tkazilgan.

Jamg‘arma operatsiyalari va mini banklar bilan ishlash bo‘limning 1-va 2-toifali mutaxassislarining lavozim yo‘riqnomalari xodimlarning vazifa va majburiyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilmagan. Lavozim yo‘riqnomasida so‘nggi nazorat vazifalari to‘liq ko‘rsatib o‘tilmagan. Tekshiruv jarayonida qaytadan ishlab chiqildi.

  • Bo‘lim tomonidan “Naqd pulsiz shaklda qabul qilinadigan omonatlar bo‘yicha tuziladigan shartnomalarni ro‘yxatga olishˮ daftariga shartnomalar qayd qilib borilmagan. Tekshiruv jarayonida ro‘yxatga olindi.

  • 3 ta holatda bo‘lim xodimlari tomonidan kassalarda o‘tkazilgan rejali tekshirishlar natijasida tuzilgan dalolatnomalar nazoratchi kassirlar tomonidan imzolanmagan. Tekshiruv jarayonida to‘g‘rilandi.

  • 1 ta holatda mijoz va bank o‘rtasida imzolangan naqdsiz o‘tkazmalar to‘g‘risidagi shartnomaga tarifga kiritilgan o‘zgartirishlar kiritilmagan.

  • 2 ta holatda buxgalteriya o‘tkazmasini chetlab o‘tilgan holda ARM - omonat tizimidan 193,8 mln. so‘mlik mablag‘ga kirim - chiqim amallari bajarilgan.

  • 1 ta holatda mijozlarning arizalariga asosan 2756,0 ming so‘m mablag‘ bank daromadidan qaytarilmasdan, boshqa mijozdan undirilishi kerak bo‘lgan bank daromadi hisobidan 2 ta omonatchining hisobvarag‘iga kirim qilingan.

  • 1 ta holatda kelib tushgan 21,5 mln. so‘m dividend mablag‘i omonatchining hisob raqamiga 8 ish kuni kechiktirilib kirim qilingan.

  • 3 ta omonatchi bilan naqdsiz o‘tkazmalar to‘g‘risida shartnoma imzolanmasdan omonat hisobvaraqlariga 3,5 mln. so‘m mablag‘ kirim qilingan.

  • Omonat dasturiga 193 ta mijozning pasport ma’lumotlari

kiritilmasdan omonat hisobvarag‘i ochilgan.

  • 2 ta holatda harakatsiz omonat hisobvarag‘idan 114,0 ming so‘m mablag‘ naqd pulda to‘lab berilgan bo‘lib omonatchilarning arizalari filial bosh buxgalteri tomonidan imzolanmagan. Tekshiruv jarayonida imzolandi.

  • Ko‘p hollarda omonat hisobvaraqlariga dastlabki kirim qilingan mablag‘lar omonat daftarchalariga so‘z bilan yozilmagan.

  • 1 ta holatda omonat mablag‘i muddatidan oldin chiqim qilinib, omonat sharti buzilgan bo‘lsada, 20445,23 so‘m ortiqcha foiz daromadi hisoblangan. Ortiqcha hisoblangan foiz tekshirish jarayonida qaytarildi.

  • Omonat dasturiga omonatchilarning pasport ma’lumotlari kiritilmasdan 6 ta muddatli va 21 ta talab qilib olinguncha omonat hisobvaraqlari yopilgan.

  • 1 ta holatda vorislik guvohnomasidan nusxa olinmasdan 707000 so‘m mablag‘ naqdsiz shaklda chiqim qilinib, boshqa omonatchining hisobvarag‘iga o‘tkazilgan.

  • 1 ta holatda vafot etgan mijozning 1321483,08 so‘m omonat mablag‘i muddatidan oldin, ya’ni 6 oy o‘tmasdan vorislik to‘g‘risidagi guvohnomasi olinmasdan o‘g‘liga naqd pulda to‘lab berilgan.

  • 2 ta holatda 1-shakl ma’lumotnomasiga omonat daftarchasi yo‘qotilganligi va ishonchnoma asosida yopilganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritilmagan.

  • 2 ta holatda naqd pulda chiqim qilingan 2153,0 so‘m mablag‘ning chiqim orderidagi imzosi dastlabki hujjatlaridagi imzolari bilan mos emas.

  • 2 ta holatda 5 - sonli jamg‘arma kassada ochilgan omonat hisobvarag‘i uchun markaziy omonat kassaning muhri tushirilgan omonat daftarchasi berilgan.

  • Kassaga naqd pulda kirim qilingan omonat daftarchasi tannarxi mablag‘larining kirim orderlari kunlik hujjatlar yig‘majildiga ilova qilinmagan. 2013-yil 23-yanvardan yo‘lga qo‘yildi.

  • Jamg‘arma kassaga plastik kartochka emissiyasi uchun topshirilgan bank daromadlarining kirim orderlari nazoratchi kassir tomonidan imzolanmagan. Tekshiruv jarayonida barcha orderlar imzolandi.

  • Yollanma nazoratchi kassirlardan qabul qilingan to‘lov pattalarining reestrlari jamg‘arma kassa muhri bilan tasdiqlanmagan. Tekshiruv jarayonida to‘g‘rilandi.

  • Ba’zi kunlarda yollanma nazoratchi kassirlar tomonidan rasmiylashtirilgan «TX-1sh» pattalarining reestrlarida jamg‘arma kassa xodimining ismi-sharifi ko‘rsatilmagan va imzolanmagan. Tekshiruv jarayonida to‘g‘rilandi.

  • Bosh Bankning 15.06.2018-yildagi 15-01-24/4837 - sonli xatiga asosan yollanma nazoratchi kassirlarga 7963456,36 so‘m tarifga nisbatan ortiqcha ish haqi hisoblangan.

(mas’ul xodimlar: O. Mengliyev, A. Ashirbayeva, T. Irdjigitov)

  1. Download 266.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling