Bankning ichki valyuta bozorida konversion operatsiyalarini tekshirish
PLASTIK KARTOCHKA AMALIYOTLARI BO‘YICHA
Download 266.19 Kb.
|
Банк аудити дарслик.24pdf 200-320
PLASTIK KARTOCHKA AMALIYOTLARI BO‘YICHAFilialda 174 dona to‘lov terminallari mavjud bo‘lib, shundan 103 dona terminal savdo shoxobchalariga o‘rnatilgan, 20 dona terminal filial kassalariga o‘rnatilgan, 17 dona terminal bank omborida saqlanmoqda, 8 ta terminal qayta dasturlanmoqda, 10 ta terminal Bekobod filialiga taqdim qilingan va Bosh bankka ta’mirlash uchun berilgan jami 16 ta terminal hozirgi kungacha ta’mirlanmagan: - 2 ta holatda terminal ijarasi bo‘yicha bank daromadi o‘z vaqtida undirilmagan. 28.12.2018-yilga qadar bank tarifida chet el valyutasidagi plastik kartochkalar qoldig‘iga yillik 2 foiz daromad hisoblanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, 02.01.2019-yil sanasiga 22402840-202 hisobvarag‘ida 2097,38 AQSh dollari miqdorida qoldiq mavjud bo‘lgan. Ushbu qoldiq hisoblangan foizlarning mijozlar plastik kartochkalariga o‘z vaqtida kirim qilinmaganligi natijasida yuzaga kelgan. 01.12.2018-yil sanasiga qadar jami 115,82 AQSh dollari yopilayotgan plastik kartochkalarga avtomatik ravishda o‘tkazilgan. Bu borada filial tomonidan Bosh bankning tegishli bo‘linmasiga murojaat qilingan bo‘lib, hozirgi kunga qadar dasturga o‘zgartirish kiritilmagan. Hisobvaraqda qolgan 1981,56 AQSh dollariga aniqlik kiritib, natijasi bo‘yicha Ichki audit departamentiga ma’lumot berilishi tavsiya etildi. 3 ta fuqaro plastik kartochkasiga kirim qilingan dividend summasidan undirilishi lozim bo‘lgan bank daromadi 1 ta fuqaro plastik kartochkasidan undirilgan. Tekshiruv jarayonida rozilik xati olindi; 2 ta fuqaro plastik kartochkasiga kirim qilingan dividend summasidan jami 147,8 ming so‘m bank daromadi undirilmaganligi aniqlandi va tekshiruv jarayonida undirildi; mijozlar plastik kartochkalarini yopish hamda kartochkadan kartochkaga pul mablag‘larini ko‘chirish uchun kartochka egalari tomonidan taqdim qilingan arizalar tartibli tikib borilmagan; mijozlar plastik kartochkalarini ularning arizalariga asosan yopishda 5 ta holatda arizalar to‘liq rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi va tekshiruv jarayonida to‘g‘rilandi; ish haqi loyihasi bo‘yicha tashkilotlar bilan imzolangan shartnomalarda shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan 3 ta ilova: Kartochka egalariga to‘lovni o‘tkazib berishni tashkillashtirish yo‘riqnomasi; Tashkilotning mas’ul shaxslari ro‘yxati; Elektron ro‘yxat shakli mavjud emas. Ish haqi loyihasi bo‘yicha shartnomaning ikkinchi ilovasi mavjud emasligi ish haqi to‘lov qaydnomalaridagi imzolar va muhrning haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini cheklaydi. Kamchilik tekshiruv jarayonida qisman bartaraf qilindi, qolgan qismining bartaraf qilinishi nazoratga olinishi lozim; tekshirishga taqdim qilingan bir varaqdan ortiq bo‘lgan to‘lov qaydnomalarining deyarli barchasining har bir varag‘i tashkilot mas’ul shaxslari tomonidan imzolanmagan va muhrlanmagan. To‘lov qaydnomaning faqat oxirgi varag‘i mijoz mas’ul shaxslari tomonidan imzolangan va muhrlangan; plastik kartochkalardan plastik kartochkalar ishtirokisiz chiqim qilinayotgan o‘tkazmalar uchun mijozlar tomonidan taqdim qilingan arizalar filial devonxonasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan va jurnal yuritilib qayd qilib borilmaganligi aniqlanib, tekshiruv jarayonida jurnal yuritildi; tekshiruv davri oralig‘ida 23100 hisobvarag‘ida jami 40448,6 mln. so‘m aylanma amalga oshirilgan bo‘lib, shundan tanlov asosida Toshkent shahar IIBB qoshidagi qo‘riqlash boshqarmasining (23110000400447995106) 01.01.2018-yildan 15.06.2018-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘idagi ish haqi qaydnomalari bo‘yicha jami 3090,98 mln. so‘mlik to‘lovlarning plastik kartochkalarga to‘g‘ri kirim qilinishi tekshirildi. Filial tomonidan ishchi guruh tuzib, qolgan 37357,62 mln. so‘mlik aylanmalarning to‘g‘ri amalga oshirilganligini, ish haqi va boshqa maqsadlar bilan kelib tushgan mablag‘larni tegishli plastik kartochkalarga to‘g‘ri kirim qilinganligini inventarizatsiya qilib, qilingan ishlar bo‘yicha 2019-yil 1-avgustgacha Ichki audit departamentiga hisobot berilishi tavsiya qilinadi. Toshkent shahar IIBB qoshidagi qo‘riqlash boshqarmasining ish haqi qaydnomalariga asosan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarning plastik kartochkalarga to‘g‘ri kirim qilinishi tekshirilganda quyidagi kamchiliklar aniqlandi: ish haqi qaydnomalarini rasmiylashtirishda 10 ta holatda kamchilik aniqlanib, tekshirish jarayonida bartaraf qilindi; 5 ta holatda ish haqi qaydnomalariga asosan tashkilot xodimlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan jami 517,5 ming so‘m mablag‘ tashkilotning boshqa xodimlariga kirim qilinganligi aniqlandi va tekshiruv jarayonida kamchilik bartaraf qilindi; ish haqi qaydnomaga asosan tashkilot xodimiga kirim qilinishi lozim bo‘lgan jami 900,0 ming so‘m ish haqi summasi boshqa shaxs (ukasi)ning plastik kartochkasiga kirim qilingan. Rozilik xati olindi. OST fayli IABS tizim osti dasturida tashkilotlar ish haqlarini plastik kartochkalarga avtomatik ravishda (OST fayl bilan) kirim qilinganda to‘lov qaydnomasining raqami va sanasi, shuningdek‚ qaysi oy ish haqi kirim qilinganligi buxgalteriya o‘tkazmasining to‘lov maqsadida ko‘rsatilmasdan qoladi. Bu borada IABS dasturiga qo‘shimcha kiritish tavsiya etiladi. Shuningdek‚ ijro etilgan qog‘oz shaklida tasdiqlangan qaydnomaga to‘lovlarni amalga oshirgan xodim ismi sharifi, ijro etilgan sana va OST fayl nomini qayd etish tavsiya etiladi. Boshqa filiallarda ochilgan plastik kartochkalarga INPS fayl bilan to‘lab berilgan to‘lovlar bo‘yicha IABS dasturida hisobot shakllantirish imkoniyati mavjud emas. Ushbu holat INPS fayllar bilan o‘tkazilgan to‘lovlarni nazorat qilish va tekshirish imkoniyatini cheklashi sababli IABS dasturiga tegishli hisobot shaklini kiritish tavsiya etiladi. (mas’ul xodimlar: X.Sharipov, G.Hamrayev, Sh.Mirzayev). Bank filialida Pul qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish, kelgusida takrorlanishini oldini olishda xodimlar mas’uliyatini oshirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun “A” bankning Toshkent shahar mintaqaviy filialiga yozma ko‘rsatma berishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Download 266.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling