Bankning to’liq nomlamishi


Download 27.29 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi27.29 Kb.
#1486700
Bog'liq
amaliyot atb


O’tkazilgan tadbirlar natijasiga ko’ra bir yilda bir bor ushbu sifat yo’nalishidagi tizimni tahlil qilish,siyosatni qayta ko’rib chiqish,shuningdek,sifat tizimini yaxshilashda tegishli vazifalarni doimo bajarish

Bankning to’liq nomlamishi:


“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki
Bankning qisqacha nomlamishi:”Agrobank” ATB
KIRISH

  • “Agrobank” Aksiyadorlik tijorat banki 1988 yil - Bank 1988 yil 1 yanvarda O'zSSR Davlat banki asosida SSSR Agroprombankining bo'linmasi sifatida O'zSSR Agroprombank nomi bilan va respublikada 155 filiali bilan tashkil etilgan.

  • 1990 yil - 18.07.1990 yildagi SSSR Vazirlar Maxkamasining №703 sonli qaroriga asosan Agroprombank SSSR tizimidan ajralib chiqqan xolda mustaqil yopiq aksionerlik jamiyati sifatida yangi O'zbek aksionerlik tijorat bank "Uzagroprombank" tashkil etish to'g'risidagi qaror qabul qilindi.

  • 1993 yil - mamlakatning tarixida birinchi marta "Uzagroprombank" tomonidan Turkiya "Ziroat Banki" bilan birgalikda "UT Bank - O'zbekiston - Turkiya" qo'shma banki ta'sis etildi.

  • 1994 yil - "Uzagroprombank" birinchi bo'lib nominal qiymati 1000 so'mlik bo'lgan 100 mln so'mlik aksiyalarni chiqardi.

  • 1995 yil - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyuldagi №294-sonli qarori asosan yopiq aksiyadorlik tijorat banki "Uzagroprombank" asosida yangi ochiq aksiyonerlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.

  • 1997 yil - "Paxta-Bank" SWIFT OATB jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyati a'zoligiga qabul qilindi.

  • 1998 yil - OATB "Paxta Bank" Osiyo-Tinch okeani qishloq xo'jaligini kreditlash assotsiatsiyasining (APRAKA) a'zosi bo'ldi.

  • 1999 yil - OATB "Paxta Bank" qishloq xo'jaligini kreditlash Xalqaro Kenfederatsiyasi (KIKA) ning teng huquqli a'zosiga aylandi .

  • 2000 yil - Evropa tiklanish va taraqqiyot banki keridt linyasini jalb etish bo'yicha bitm imzoladi.

  • 2001 yil - "Paxta Bank"ning birinchi plastik kartochkasi joriy qilindi.

  • 2001 yil - Eksimbank va Xitoy Xalq respublikasining kredit liniyasi ochildi.

  • 2003,2004,2007,2008,2009 - Britaniyaning "FT Business Financial Times" gazetas va "The Banker" jurnali fikriga binoan bank O'zbekiston respublikasida "Yil banki" sifatida tan olindi.

  • 2007 yil - "Paxta Bank" O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklar ichida birinchi bo'lib Fitch Ratings xalqaro reyting kompaniyasining to'liq xalqaro reytingini olishga muvaffaq bo'ldi.

2008 yil - Axolining omonatlarini jalb qilish bo'yicha banklar aro tanlovda "Eng yaxshi emitent bank" nominatsiyasi bo'yicha Paxtabank 1 - o'rin soxibi bo'ldi hamda "Qishloq joylarida joylashgan axoli omonatlarini jalb qilish bo'yicha yilning eng yaxshi bank filiali" nominatsiyasi bo'yicha "OATB Paxtabank"ning Chust filiali 1 - o'rin soxibiga aylandi hamda diplom va bosh sovrin "Damas" avtomabili bilan taqdirlandi.
2009 yil - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.03.2009 yildagi №101084-sonli qaroriga asosan OATB "Paxta-Bank" asosida ochiq aksiyadorlik tijorat banki "Agrobank" tashkil etildi.
2010 yil - Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish uyushmasining 5 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi va loyihalarni moliyalashtirish boshlandi.
2013 yil - Turkiyaning "Ziroat" bankidan 5 million AQSh dollari miqdorida kredit linyalari jalb qilinishi bo'yicha shrtnoma imzolandi.
Agrobank mamlakatimizning barcha hududlarida o’zining muassasalariga ega bo’lib, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta vilojat boshqarmasi, 170 ta tuman (shahar) filiali, 145 ta bank xizmatlari markazi, 371 ta bank kassalari , 289 ta xalqaro pul o'tkazmalari shoxobchalari, 215 ta valyuta ayiraboshlash shaxobchalari orqali 258 mingdan ortiq yuridik shaxslarga hamda 2,4 milliondan ortiq jismoniy shaxslarga sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Agrobank o’z faoliyati davomida asosiy urg’uni iqtisodiyotning agrar sektorini moliyalashtirish, aholining bo’sh pul mablag’larini bank pul aylanmasiga jalb qilish, filiallar tarmog’i, xizmat turlari hamda mijozlari sonini ko’paytirish, bankning belgilangan beznes-rejasi va byudjetining asosiy parametrlarini bajarishga qaratgan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash uchun Islom xususiy sektorni rivojlantirish Assotsiatsiyasining 5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi bo'yicha loyihalarni moliyalashtirish amalga oshirildi.
Agrobank va Osiyo Taraqqiyot Banki o’rtasida 20,0 mln. AQSh dollari miqdoridan iborat bo’lgan «Kichik va mikromoliyalashni rivojlantirish. II bosqich» loyihasi bo’yicha kredit shartnomasi imzolangan. Ushbu loyihaning maqsadi respublikada mikromoliyalashtirishni yanada rivojlantirish hisoblanadi. Shuningdek, Agrobank Osiyo Taraqqiyot Bankining savdoni moliyalashni qo’llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan va revol’ver kredit to’g’risida kelishuv imzolangan.
«VISA International» xalqaro to’lov tizimiga prinsipal a’zolikka o’tish bo’yicha qator ishlar amalga oshirildi. Protsesning markazini tashkil etish bilan bir qatorda chipli plastik kartalarni emissiya qilish yo’lga qo’yildi.
Bank kichik biznesni rivojlantirish maqsadida KfV, YTTB, OTB va Xitoy Xalq Respublikasining Eksimbanki, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish bankining (XTTB) kredit yo’nalishlarini jalb etgan.
Agrobankning xalqaro operatsiyalari xorijdagi va Respublika ichidagi 23 ta bankdagi vakillik hisob raqamlari orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, Agrobank S.W.I.F.T jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga a’zodir.
Agrobank Osiyo Tinch okeani Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash Assotsiatsiyasi (APRAKA) hamda Qishloq xo’jaligi krediti Xalqaro Konfederatsiyasi (KIKA)ning teng huquqli a’zosi hisoblanadi. 2010 yilning iyun oyida Toshkentda Agrobank ishtirokida Osiyo-Tinch okeani mintaqasi Qishloq va qishloq xo’jaligini kreditlash assotsiatsiyasi Bosh Assambleyasining 17-yig’ilishi va Ijroiya qo’mitasining 58-majlisi o’tkazildi. Ushbu tadbirlar doirasida qishloq xo’jaligini kreditlashda kredit tavakkalchiligini boshqarish bo’yicha konferensiya bo’lib o’tdi. Bosh Assambleya qaroriga muvofiq 2010–2012 yillar davomida APRAKAga raislik qilish vazifasini bajarish Agrobankka topshirildi.

Yuridik manzil: 100096, O’zbekiston, Toshkent, Muqumiy ko’chasi, 43-uy


Pochta manzili: 100096, O’zbekiston, Toshkent, Muqumiy ko’chasi, 43-bino
Xos raqami (OKPO): 09734011
XXTUT kodi: 144
Egalik kodi: 144
Tashkiliy-huquqiy shakli kodi:1150
STIR: 207243390
MFO:01140

Men Ismatullayev Doniyorbek 1-kurs O’quv tanishuv amaliyotini Namangan viloyati Namangan shaxridagi “Agrobank Aksiyadorlik tijorat banki” Namangan viloyat Hududiy Filiali (keyingi o’rinlarda “Agrobank” ATB) da olib bordim. Agrobank ish vaqti soat 09:00 dan boshlanib soat 18:00 da tugaydi. Ish kunlari dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba va juma kunlari ish kunlari bo’lib, shanba va yakshanba dam olish kunlari hisoblanadi. Bankning o’z ichki qoidalari mavjud bo’lib har bir “Agrobank ATB” xodimi ushbu qoidalarga bo’ysunishga majbur.Men 2022-yil 6-iyun kuni bankka soat 09:00 da yetib bordim.Birinchi kuni bank rahbari tomonidan menga amaliyot rahbari tayinlandi va bank bo’limlari va ichki tartib qoidalari bilan tanishtirdi. Menga bankning ishlash tizimi juda ham yoqdi. Shunday qilib men har kuni amaliyot joyimga o’z vaqtida bordim va bankda ishlash sir asrorlarini amaliyotim davomida bilib oldim. Bankning o’z bo’limlari mavjud bo’lib,asosan, mijozlar bilan ishlash “Front ofisi” bo’lib har bir bank xodimi kamida 2 ta tilda bemalol so’zlasha oladi. Front ofis xodimlaridan talab qilinadigan asosiy narsa bu bank mijozlari bilan xush muomalada bo’lish va mijoz muammolarini hal qilish hisoblanadi.


Men amaliyot dasturida berilgan mavzularga muvofiq bo’limlarda amaliyot o’tay boshladim. Birinchi Front ofisida ish o’rgandim, ya’ni yuridik shaxslar uchun bankda hisob raqam ochishni sinab ko’rdim.
Yuridik shaxslar bankda hisob raqam ochishi uchun kerak bo’ladigan hujjatlar:
1. Guvohnoma;
2. Korxona ustavi yoki nizomi;
3.Rahbar va ta’sischilarning passport nusxalari;
Yuqoridagi hujjatlar yig’ilganidan so’ng;
1.Ariza yoziladi;
2.Ariza ko’rib chiqiladi va ko’rib chiqilgandan so’ng
3.Shartnoma tuziladi;
4. 20 ta sondan iborat hisob raqami tuziladi;
5.Tayinlangan rahbar va buxgalterlardan imzo namunalari
olinadi;
Yuridik shaxslar uchun bankda hisob raqami ochishni o’rganganimdan so’ng, kunlik buxgalteriya hujjatlarini yig’ish va tozalashni o’rgandim.
Kunlik buxgalteriya hujjatlarini yig’ishni o’rgandim. Buning uchun har kunlik ma’lumotlar yig’ilib tikib boriladi, ya’ni kunlik chiqim xarajatlari va jurnallari yi’giladi, porucheniyali, balans jurnallari va qancha pul kirim chiqim qilingani haqidagi hujjatlar shtamplanadi va mas’ul shaxs tomonidan imzolanadi va oy oxirida arxivga topshiriladi.
Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko’rgan boshqarishning sir asrorlarini qonun qoidalarini chuqur biluvchi mutaxasisdir.. Menejerlar yollanma boshqaruvchilar bo’lib, aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil etadi.
Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer –

  1. Rahbar – boshqaruvchi

  2. Rahbar – diplomat

  3. Rahbar –murabbiy,tarbiyachi

  4. Rahbar –inson

  5. Rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi. Har bir menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub – bu ishlash boshqarishdagi o’ziga xos yo’l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilishi lozim..

1. Boshqaruv uslubi;
2. Ish uslubi;
3. Rahbarning ish uslubi
4. Mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
5. Vazirlik, qo’mita, hokimiyatlarning ish uslubi;
6. Sud, prokuraturalarning ish uslubi;
7. Korxona, tsexlarning ish uslubi
8. Ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokazolar. Boshqaruvning
turli pog’ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va
bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning
ish uslublari xar xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g’oyat
ko’p qirrali tushunchadir.

XULOSA
O’quv tanishuv amaliyot davrida “Aksiyadorlik Tijorat Agroban Namangan Viloyat Hududiy Filiali” da bankning faoliyat turi, ishlashdagi qonun-qoidalar haqida ko’nikma oldim. Bankning hisob hujjatlari, mijozlar bilan ishlash va yana shunga o’xshash operatsiyalar amalga oshiriladi.


Bankning ishlash tizimi va biznes rejalari bank siri hisoblanadi va begona shaxslarga oshkor etilmaydi. O’quv tanishuv amaliyoti davomida bankning quyidagi shiorlarini o’rgandim:
-taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish yo’li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish;
-xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo’lish;

Ushbu o’quv amaliyotim davrida olgan ko’nikmalarimdan kelgusida Vatanimiz iqtisodiyotiga hissa qo’shadigan malakali kadr bo’lib Vatanimiz ravnaqi yo’lida foydalanmoqchiman..


Men bankda amaliyot davrimda kunlik rejalar bo’yicha berilgan topshiriqlar o’zlashtirishga harakat qildim.
Download 27.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling