Баҳолаш мезони ўқувчиларнинг билим савияси ва ўзлаштириш даражасининг давлат таълим стандартларига мувофиқлигини таъминлаш учун қуйидаги назорат тартиботларини ўтказиш назарда тутилади
Download 42.5 Kb.
|
BAHOLASH ME\'ZONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash
- JN + ON + YAN
- JN + YAN
BAHOLASH MEZONI Baholash mezoni o‘quvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat tartibotlarini o‘tkazish nazarda tutiladi: joriy nazorat – so‘rovlar, kollokviumlar, seminarlar, yozma ishlar (diktant, bayon, insho) va testlar tarzida bilimlar, malaka ko‘nikmalar tekshiriladi; oraliq nazorat – semestr tamom bo‘lganda va o‘quv dasturining tegishli bo‘limi tugallangandan keyin amalga oshiriladi. Uning asosida o‘quvchi reytingi aniqlanadi. Bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni baholash uchun oraliq nazorat imtixonlar, testlar, sinovlar, kurs va malaka ishlari shaklida o‘tkaziladi; yakuniy nazorat – akademik litseyda, kasb-hunar kollejida o‘qish tugallangandan keyin davlat attestatsiyasi: imtihonlar, testlar, malaka ishlari, diplom loyihalarini himoya qilish shaklida amalga oshiriladi. Fan tugallanishida yakuniy nazorat test usulida o‘tkaziladi. Boshqa hollarda yakuniy nazoratning o‘tkazilish tartibi, shakli ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik kengashi tomonidan belgilanadi. Xar bir kursda o‘qish tugagandan keyin reyting nazorati natijalariga ko‘ra o‘quvchilarni keyingi kursga o‘tkazish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi. 5. Reyting tizimini joriy qilishda quyidagi asosiy tamoyillarning bajarilishi zarur: a) Xar bir fan bo‘yicha tegishli kafedralar tomonidan ma’qullangan variantlar asosida boshlang‘ich nazorat o‘tkaziladi. Boshlang‘ich nazorat reyting monitoring va tahlil guruhi tomonidan o‘tkaziladi; b) o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatta baholanadi va natijasi o‘tish balidan (3 ball) past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi. Ushbu bo‘limlarni tegishli kafedralar aniqlaydi; v) yakuniy nazorat yakuniy nazorat kafedralar tomonidan tuzilgan variantlar asosida reyting monitoringi va taxlili guruhi kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. 6. Semestr mobaynida o‘quv yuklamasi 24 soatdan kam bo‘lgan fanlardan oraliq nazorat o‘tkazilmaydi. O‘quvchilarning bilim saviyasini baholash va yakuniy reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash7. O‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida o‘quvchining har bir fan(predmet) bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini ballar orqali ifodalanadi. 8. Har bir nazorat (so‘rov) turi turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar 5 ballik (”5”, “4”, “3”, “2”) usulda butun sonlar yordamida baxolanadi. 9. Boshlang‘ich nazoratning natijasi boshqa nazoratdan olingan ballarga qo‘shilmaydi. U o‘quvchining semestr davomida ushbu fan bo‘yicha o‘zlashtirish sur’atini taxlil qilishda, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan ishlash faoliyatining samarasi mezoni sifatida qo‘llaniladi. 10. Muayyan fan (predmet) bo‘yicha o‘quvchining semestr mobaynida to‘plashi mumkin bo‘lgan umumiy bali(Rcemestr) maksimum 5 balni tashkil qilib, quyidagicha xisoblanadi: JN + ON + YANRsemestr= -------------------------- , 3 bu erda: JN – o‘quvchining semestr davomida joriy nazorat bo‘yicha, butun songa yaxlitlangan, o‘rtacha bali, ON – o‘quvchining semestr davomida oraliq nazortlar bo‘yicha, butun songa yaxlitlangan, o‘rtacha bali, Agar fanning semestr bo‘yicha yuklamasi 24 soatdan kam bo‘lib, oralik nazorat o‘tkazilmagan taqdirda, JN + YANRsemestr = -------------------------- bo‘ladi. 2 11. Muayyan fan yoki o‘quv amaliyot bo‘yicha yillik umumiy ball sifatida semestrlarda to‘plagan umumiy ballarning o‘rtachasi olinadi. R1-semestr + R2-semestr R yillik = ---------------------------- 2 12. Har bir fan bo‘yicha umumiy reyting ball R yillar bo‘yicha to‘plangan ballarining o‘rtacha qiymati kabi aniqlanadi (masalan, fan uch yil o‘qitilsa) R1 yil + R2 yil + R3 yil R= ------------------------------- 3 13. O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari uchun ham maksimal semestr bali 5 ball bo‘lib, reyting tizimida ularning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib loyixalashtiriladi. TAVSIYA: O‘quv uslubiy majmuada ilova sifatida o‘qituvchi keys o‘qitish texnologiyasi va loyihaviy o‘qitish texnologiyalaridan ishlab chiqqan innovatsion metodik ishlanmalarni, metodik qo‘llanmalarni, ochiq dars ishlanmalarini taqdim etadi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling