Barabanli tegirmonlarning ishlash tartibi. Barabanning kritik aylanish tezligi


O‘z-o‘zini yanchuvchi barabanli tegirmonlar


Download 0.93 Mb.
bet5/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1718774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Barabanli tegirmonlarning ishlash tartibi. Barabanning kritik ay (2)

O‘z-o‘zini yanchuvchi barabanli tegirmonlar


O‘z-o‘zini ho‘l yanchuvchi tegirmon MMS - 7000x2300 yonbosh qopqoq (3) va (14), podshipniklar (15) va (11) ga tayanuvchi yuklovchi (4) va bo‘shatuvchi (12) sapfali barabandan (1) iborat (28-rasm).


Baraban tishli mufta (8), rolikli polshipniklarga o‘rnatilgan uzatuvchi shesternya va bo‘shatuvchi sapfa (12) gardishiga mahkamlangan tishli jig‘a orqali elektrodvigateldan aylanadi.
Baraban korpusi bir-biri bilan gardishlar orqali bog‘langan ikki qismdan iborat. Unga ichi g‘ovak (4) va (12) lar sapfalar ulangan. Sapfalarda yuklovchi va bo‘shatuvchi vtulkalar joylashgan. Yuklovchi vtulka rudani tegirmonga berishni tezlashtiruvchi spiral va zichlagich orqali sizib chiqqan bo‘tanani tegirmonga qaytaruvchi spiralli moslamaga ega.
Dastlabki ruda tegirmonga mexanik uzatma orqali relslarda harakatlanuvchi patrubkadan iborat yuklovchi moslama orqali beriladi. Barabanning qoplamasi zirhli plita va lifter (pona) (2) dan tashkil topgan.
Lifterlar bilan bir-birining ichiga kirib birikish uchun zirhli plitalarning uchi qiya nishabga ega. YOnbosh devorlardagi qoplamalar ikki qator plitalardan iborat. Plitalarni bir-biriga ulash lifterlar va boltlar bilan amalga oshiriladi. Tegirmonning bo‘shatish tomonida panjara o‘rnatilgan. Uning tirqishlari 20 mm kenglikka ega va bo‘shatish tomoniga qarab kengaytirib tayyorlangan. Panjaralar yonbosh lifterlar va boltlar bilan mahkamlangan.
Bo‘shatuvchi panjarali sharli tegirmonlarga o‘xshash MMS turdagi tegirmonlarda panjara (13) va yonbosh qopqoq (14) orasidagi bo‘shliq radius bo‘ylab joylashgan to‘siqlar bo‘shatuvchi lifterlar bilan sapfa (12) ga ochiluvchi sektorli kameralarga bo‘lingan. Bu lifterlar qoplama plitalar bilan birga quyiladi.
Panjara va bo‘shatuvchi lifterlarning mavjudligi tufayli yanchilgan mahsulotning tegirmondan majburan tushirib olishga va tegirmonda bo‘tanani quyi sathda ushlab turishga imkon tug‘iladi. Tegirmondan tushirib olingan mahsulotning klassifikatsiyasi bo‘shatuvchi sapfaga mahkamlangan bo‘limda amalga oshiriladi.
O‘z-o‘zini ho‘l yanchuvchi tegirmonlar o‘lchamiga qarab quvvati 30004000 kVt gacha bo‘lgan bir yoki ikkita dvigatel orqali harakatga keltiriladi.
Uzatmaning tishli jig‘asi bo‘shatuvchi sapfaga mahkamlangan, u bilan bir yoki ikki kichik shesternya orqali bir yoki ikkita uzatma val bog‘langan.

28-rasm O‘z-o‘zini yanchuvchi tegirmon MMS 7000x2300
1-baraban; 2-lifter; 3,14-yonbosh qopqoqlar; 4-yuklovchi kamera;
5,11-podshipniklar; 6-yuklovchi moslama; 7-elektrdvigatel; 8-tishli mufta; 9-klassifikatsiyalovchi moslama; 10-tishli jig‘a; 12-bo‘shatuvchi sapfa;13-panjara.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling