Barabanli tegirmonlarning ishlash tartibi. Barabanning kritik aylanish tezligi


Sharli va sterjenli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi


Download 0.93 Mb.
bet3/6
Sana25.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1718774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Barabanli tegirmonlarning ishlash tartibi. Barabanning kritik ay (2)

Sharli va sterjenli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi

Bo‘shatuvchi panjarali sharli tegirmon yonbosh tomondan yopiladigan qopqoq (2) li baraban (1) dan va podshipnik (3) va (15) larga tayanuvchi yuklovchi (4) va bo‘shatuvchi (14) sapfadan iborat. Baraban elektrodvigateldan uzatuvchi val (19) ga o‘rnatilgan kichik shesternya va barabanga mahkamlangan tishli jig‘a (11) orqali aylanadi. (23- rasm) Katta o‘lchamli tegirmonlarda sekin harakatlanuvchi elektrodvigatel uzatuvchi valga elastik mufta yordamida, kichik o‘lchamdagi tegirmonlarda esa reduktor orqali bog‘lanadi.


Dastlabki mahsulot tegirmonga markaziy tuynuk (6) orqali ta’minlagich (5) dan, klassifikator qumi esa chig‘anoqsimon cho‘mich yordamida yuklanadi. Baraban va yonbosh qopqoqlar ishdan chiqmasligi uchun boltlar yordamida mahkamlanuvchi plitalar bilan, g‘ovak sapfalarning ichi esa almashtiriladigan voronkalar bilan qoplanadi. Tegirmonning bo‘shatilish tomonida panjara (10) o‘rnatilgan, bu panjara va yonbosh qopqoq (16) orasidagi bo‘shliq radial to‘siqlar – lifter (12) lar yordamida sektorli kameralarga bo‘lingan bo‘lib, ular sapfa (14) ga ochiladi. Panjara va sektorlik kamera yanchilgan mahsulotni tegirmondan majburiy chiqarishga va bo‘tana sathini past ushlab turishga imkon beradi. Tegirmon aylanganda lifter (12) lar bo‘tanani bo‘shatish sapfasi (14) ning sathigacha ko‘tarib beradi va tegirmondan chiqarib olinadi.
Tegirmonga uning xajmining taxminan yarmisigacha turli o‘lchamdagi (40 mm dan to 150 mm gacha) po‘lat yoki cho‘yan sharlar solinadi.
Baraban aylanayotgan vaqtda sharlar dumalab, sirg‘anib, bir-biriga urilib foydali qazilma zarrachalarini yanchiydi. Edirilgan sharlarni chiqarib olishga, tegirmonning ichiga qoplamani kiritish va uni kuzatib turish uchun lyuk (17) xizmat qiladi. Bo‘shatuvchi sapfaning bo‘yni kattaroq diametrga ega, shu tufayli bo‘tananing bo‘shatish tomonga harakatlanishi sodir bo‘ladi.
Tegirmonning naminal o‘lchamlari barabanning ichki diametri D va qoplama qalinligini hisobga olmagan holda uning uzunligi L bilan aniqlanadi. Panjarali bo‘shatuvchi tegirmon qisqacha MSHR-DxL deb belgilanadi.

23-rasm Panjarali sharli tegirmon
1-baraban; 2,16-yonbosh qopqoqlar; 3,15-podshipniklar; 4-yuklovchi sapfa;
5-ta’minlagich; 6-markaziy tuynuk; 7-cho‘mich; 8-plita; 9-boltlar; 10-panjara; 12-to‘siq-lifterlar; 13-bo‘yin; 14-bo‘shatuvchi sapfa; 17-lyuk; 18-shesternya; 19-uzatma val.

Tegirmon barabani po‘lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh qopqoqlar esa cho‘yandan yoki po‘latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar yordamida ulanadi.


Yanchuvchi vositaning xarakterli hususiyati (ko‘tarilish balandligi, qoplamaning sirg‘anish koeffitsienti), tegirmon barabanining ishchi hajmi, qoplamaning emirilishi, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi, elektr energiyasining sarfi, va h.k.lar baraban qoplama plitalarining qalinligi va profili (yon tomondan ko‘rinishi) ga bog‘liq.

24-rasm. Qoplovchi plitalarning profili:
a- «Norilsk-III» qirrali turdagi; b- shuning o‘zi «Norilsk-IV» uchun; v-to‘lqinsimon turdagi; g- «Skega» turdagi rezinali 1-lifterlar; 2-plitalar; 3-panjara sektorlari.
Diametri 100-125 mm li sharlar solinuvchi yanchishning I bosqichidagi sharli tegirmon uchun qirrali profilga ega (Norilsk-III) qoplama yaxshi hisoblanadi (24-rasm). U sharlarni qoplama bilan mustahkam bog‘lanishini, sharlarni yuqori balandlikka ko‘tarilishini, sharlarning sirg‘anishini yo‘qotishni, plitalarning bir tekis va sekinroq edirilishini, metalning va elektrenergiya sarfining kamayishini, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.
YAnchishning II bosqichida sharli tegirmonlar uchun yaxshi qoplama qirrali-Norilsk-IV qoplama hisoblanadi (24-rasm, b). Bu qoplamalar po‘latdan tayyorlanadi.
Sterjenli tegirmonlar uchun to‘lqinsimon ko‘rinishli qoplama ishlatilib (24rasm,v), u sharli tegirmonlar uchun tavsiya etilmaydi (sharlarning sezilarli darajada sirg‘anishi uchun).
Yanchishning II bosqichida sharli tegirmonlar uchun rezinali qoplamalar ishlatiladi (24-rasm,g).
Rezinali qoplamaning asosiy elementlari bo‘lib lifterlar (1), plitalar (2) va panjara sektorlari (3) hisoblanadi. Tegirmon barabanining yuklovchi qopqog‘iga radius bo‘ylab qalinligi 60 mm bo‘lgan plitalar o‘rnatilib, ular kesimi 100x110 mm lifterlar bilan qisib qo‘yiladi. Barabanga qalinligi 55 mm li plitalar va lifterlar (140-125 mm) joylashgan.
Qalinligi 54 mm li panjaraning rezina sektorlari lifterlar (100-110 mm) bilan siqiladi. Bir komplekt qoplama plita va panjara sektorlari uchun ikki komplekt lifterlar bo‘lishi talab qilinadi.
Rezinali qoplama po‘lat qoplamaga nisbatan yupqa bo‘lgani uchun tegirmonning xajmi 5-6 % ga oshadi.
Rezinali va po‘lat qoplamalarning xizmat muddati yo bir xil, yo birinchisi ikkinchisiga nisbatan 15-20% ortiqroq xizmat qiladi. Rezinali qoplamaga ega tegirmonlarda sharlarning solishtirma sarfi po‘lat qoplamali tegirmonlarnikiga nisbatan kichik; rezinali qoplamali tegirmonlarning ishlab chiqarish unumdorligi po‘lat qoplamali tegirmonlarnikiga nisbatan kam emas (ko‘pincha ortiq ham). Montaj ishlarining osonligi, zich yopilishi, shovqinning nisbatan pastligi rezinali qoplamalarning afzalligiga kiradi.
Sapfalarning qoplamasi tekis yoki spiralsimon. Yuklovchi sapfa spiralining yo‘nalishi tegirmonda dastlabki mahsulotning surilishini, bo‘shatuvchi sapfada esa sharlar va yirik mahsulotni tegirmonga qaytarilishini ta’minlashi kerak.
Odatda qoplama bir tekis edirilmaydi. Marganetsli po‘lat (markasi 110G13L) dan tayyorlangan qoplama plitalarning edirilish tezligi sutkasiga millimetrning bir necha ulushini tashkil etadi. Barabanning yoki sathiga ko‘tarilgan dastlabki mahsulotni tegirmonga yuklash uchun barabanli ta’minlagich o‘rnatiladi (25rasm).

25-rasm. Ta’minlagichlar: a- barabanli; b- jamlashgan.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling