Barabanli vakuum filtr hisobi


Fil’trlash jarayonini amalga oshirish uchun jixozlar to’g’risida


Download 92.64 Kb.
bet2/4
Sana25.04.2023
Hajmi92.64 Kb.
#1397632
1   2   3   4
Bog'liq
baraban uz-assistant.uz

1. Fil’trlash jarayonini amalga oshirish uchun jixozlar to’g’risida
adabiyotlar sharhi.

Fil’trlash jihozlari ishlash printsipiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: o’zgarmas bosimlar farqi bilan yoki doimiy fil’trlash tezligi bilan ishlovchi qurilmalar; bosimlar farqi hosil qilish usuliga ko’ra vakuum yoki ortiqcha bosim ostida ishlovchi qurilmalar. Bundan tashqari fil’trlar jarayonni tashkil qilinishiga ko’ra davriy va uzluksiz ishlaydigan turlarga bo’linadi.


Bosimlar farqi fil’tr to’siq ustidagi suspenziya ustunining gidrostatik bosimi vositasida, suspenziyani nasos bilan berish orqali, fil’tr to’siqdan keyingi bosimni vakuum nasos vositasida kamaytirish orqali yoki markazdan qochma kuchlar yordamida hosil qilinishi mumkin. Bosimlar farqini hosil qilish usuliga ko’ra fil’trlovchi qurilmalar fil’trlar va tsentrifugalarga bo`linadi.
Vakuum va ortiqcha bosim ostida ishlovchi nutch fil’trlar ishlab chiqarishda keng tarqalgan (1-rasm). Hosil bo’lgan cho’kmani undan chiqarish jarayoni mexanizatsiyalashtirilgan. CHo’kmani qurilmadan chiqarilishini ta`minlash uchun fil’tr bir kurakli aralashtiruvchi qurilma bilan ta`minlangan. CHo’kmani fil’trdan chiqarish maqsadida qobiqning tsilindrsimon qismida teshik quyilgan. Suspenziya va siqilgan havo alohida shtutserlar orqali beriladi. Fil’tr himoya qiluvchi klapan bilan ta`minlangan.
Fil’trning ishlash davri suspenziyani solish, bosim ostida suspenziyani fil’trlash, fil’tr to’siqdan cho’kmani olish va fil’tr to’siqni regeneratsiyalash (tozalash) dan iborat. Bu fil’trlarda bir vaqtning o’zida cho’kmani yuvish mumkin.





1- rasm. Nutch fil’tri.
1 - cho’kmani chiqarish mexanizmining uzatmasi; 2 - fil’trning qobig’i;3- cho’kmani chiqaruvchi kurak; 4- fil’tratni chiqarish patrubkasi; 5- fil’tr to’siq; 6- fil’trlovchi material.


2- rasm. Ramali fil’tr- press.

  1. tayanch plita; 2- rama; 3-plita; 4- fil’tr material; 5 - harakatlanuvchi plita; 6 - gorizontal yo`naltiruvchi; 7 - vint; 8 - stanina; 9 - fil’trat yig’iladigan idish.




Fil’trlash qurilmalarida turli materiallardan tayyorlangan fil’tr-to`siqlar qo`llanadi.


Ramali fil’tr - press (2-rasm) vinomateriallarni, sutni, pivoni, o’simlik yog’ini va boshqa turdagi suspenziyalarni tarkibidagi qattiq modda zarrachalaridan tozalash uchun ishlatiladi. Fil’trlovchi blok birin - ketin joylashtirilgan rama, plita va ular o’rtasiga joylashtirilgan fil’trlovchi gazlamalardan iborat. Rama va plitalar gorizontal yo’naltiruvchilarga o’rnatilgan bo’lib, siquvchi vint bilan siqiladi. Suspenziya hamda yuvuvchi suyuqlik berish uchun xar qaysi rama va plitada kanallar mavjud. Plitaning har ikkala tomoni yuzasida yig’uvchi kanal joylashgan bo’lib, pastda chiqaruvchi kanal bilan chegaralangan.
Fil’trlash paytida suspenziya bosim ostida kanallar orqali rama va plitalar oralig’iga berilib, ramalar bo`yicha taqsimlanadi. Plitalarning yig’uvchi kanallari bo’yicha fil’trat oqib tushadi va chiqaruvchi kanallar orqali qurilmadan chiqariladi. CHo’kmani yuvish paytida yuvuvchi suyuqlik bosim ostida kanallar orqali beriladi va ramalar bo’yicha taqsimlanadi. YUvuvchi suyuqlik teskari yo’nalishda fil’tr to’siq orqali o’tib, cho’kmani yuvadi. SHundan so’ng fil’trdan chiqaruvchi kanallar orqali chiqarib yuboriladi. YUvish vaqtida fil’tr qurilmasi elektr manbaidan ajratilgan bo’lishi kerak.
Ramali fil’tr-presslarning asosiy kamchiligi: cho’kmani tushirish va fil’tr to’siqlarni almashtirish qo’l mehnatini talab qiladi. CHo’kmani tushirish uchun fil’trlovchi blok, plita va rama ochib yig’ilishi kerak.
Barabanli vakuum-fil’trlar zichligi 50-500 kg/m3 bo’lgan suspenziyalarni uzluksiz tozalash uchun qo’llaniladi. Qattiq zarrachalar kristall, tolasimon, amorf, kolloid strukturali bo`lishi mumkin. Fil’trning ish unumdorligi qattiq zarrachalarning tuzilishiga bog’liq. Tashqi va ichki fil’trlovchi yuzali barabanli vakuum - fil’trlar mavjud. Ularning asosiy ishchi organi baraban bo’lib, uning yon tomon sirti fil’trlovchi gazlama bilan qoplangan. Sekin aylanuvchi tsilindrsimon gorizontal baraban to’siqlar yordamida bir nechta bir xil shaklli sektsiyalarga bo’lingan.
Shu sababdan har bir sektsiyada barabanning bir marta aylanishida fil’trlash jarayonining hamma bosqichlari amalga oshiriladi: I - sektsiyada vakuumning ta`sirida fil’trlovchi gazlama orqali fil’trlash jarayoni boradi. Bunda suspenziya tarkibidagi cho’kma fil’trlovchi gazlama ustida yig’ilib qoladi; II - sektsiyada forsunkalar orqali berilayotgan suv bilan cho’kma qatlami yuviladi; III - sektsiyada so`rilgan havo yordamida cho’kma quritiladi. Bu bosqichda cho’kma tarkibidagi namlik havoga o’tib, fil’trdan tashqariga chiqariladi. So’ngra cho’kma pichoq bilan barabandan ajratib olinadi. Hamma sektsiyalardagi jarayonlar uzluksiz ravishda ketma-ket boraveradi. Barabanli vakuum fil’trning umumiy

3 - rasm. Barabanli vakuum- fil’tr.



ko’rinishi 3- rasmda keltirilgan bo’lib, qurilma teshikli metall baraban 1, simli to`r 2, fil’tr gazlama 3, barabanda hosil bo’lgan cho’kma 4, cho’kmani tushirib turuvchi pichoq 5, suspenziya quyilgan sig’im 6, tebranuvchi aralashtirgich 7, cho’kmani yuvish qurilmasi 8, harakatlanuvchi qismlar bilan birlashtiruvchi trubalar 9, 10, bosh taqsimlagich 11 va bosh taqsimlagichning qo’zg’almas qismi 12 dan iborat.

Fil’trlanuvchi muhit bilan kontaktda bo`lgan fil’trning detallari zanglamaydigan po’latlardan tayyorlangan. Fil’trning hamma detallari oson tozalanadi.


Fil’trlovchi qurilmaning sig’imiga suspenziya beriladi. Suspenziyali sig’imda baraban yuzasining taxminan 35% tushirilgan bo’ladi. Ushbu sig’imda silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya tarkibini bir xil bo’lishligini ta`minlab, undagi qattiq zarrachalarning cho’kmaga tushishiga yo’l qo’ymaydi. Fil’trat va yuvuvchi suyuqlik yig’gichda to’planadi.

Lentali vakumm-fil’trlar (4-rasm) rama, harakatlantiruvchi (etakchi) va taranglovchi barabanlar, ular orasiga tortilgan, g’alvirsimon rezinali lentadan iborat. CHeksiz g’alvirsimon rezina lenta ostida vakuum-kamera joylashgan bo’lib, uning pastki qismi fil’trat va yuvuvchi suyuqlikni chiqarish uchun kollektor bilan ulangan. Taranglovchi barabanlar yordamida g’alvirsimon rezina lenta va fil’trlovchi gazlama asosga yopishtiriladi. Fil’trlovchi gazlama ham cheksiz lenta shaklida tayyorlangan.

Suspenziya fil’trlovchi gazlamaga beriladi. Fil’trat vakuum-kameraga suriladi va kollektor orqali yig’gichga uzatiladi. Yuvuvchi suyuqlik forsunka yordamida hosil bo’lgan cho`kmaga beriladi va kameraga to’planadi, undan kollektor orqali yig’gichga uzatiladi. Etaklovchi barabanda fil’trlovchi gazlama rezinali lentadan ajraladi va yo’naltiruvchi rolik bilan birga aylanadi. Bunda cho’kma fil’trlovchi gazlamadan ayriladi va yig’gichga tushadi. Roliklar orasidan o’tish paytida fil’trlovchi gazlama yuviladi, quritiladi va tozalanadi.

Ish rejimiga ko`ra fil’trlovchi tsentrifugalar davriy va uzluksiz bo’ladi. Baraban valining o’rnatilish holatiga qarab gorizontal va vertikal fil’trlovchi tsentrifugalar bo’ladi. Fil’trlovchi tsentrifugalarda cho’kma qo’l kuchi yordamida hamda gravitatsion, pul’satsion, markazdan qochma kuchlar ta`sirida tushiriladi. Cho’ktiruvchi tsentrifugalardan fil’trlovchi tsentrifugalarning asosiy farqi shundaki, ular g’alvirsimon turli metalldan tayyorlangan barabanga ega bo’lib, uning yuzasiga fil’trlovchi gazlama (mato) qoplangan.


Davriy ishlaydigan fil’trlovchi tsentrifugada suspensiya barabanning yuqorisidan beriladi. Suspenziya berilgandan so’ng baraban aylanma harakatga keltiriladi. Markazdan qochma kuchlar ta’sirida suspenziya baraban devoriga tomon uloqtiriladi. Suyuq faza fil’trlovchi to’siq orqali o’tadi, cho’kma esa unda ushlanib qolinadi. Fil’trat patrubka orqali yig’gichga uzatiladi. Fil’trlash davri tugagandan so’ng cho’kma ko’l kuchi yordamida qopqoq orqali tushiriladi.
O’zi tushiruvchi tsentrifugalarda cho’kma gravitatsion kuchlar ta`sirida tushiriladi. Bunday tsentrifugalar vertikal valli qilib tayyorlanadi va ularda g’alvirsimon baraban joylashtiriladi. Suspenziya barabanga disk orqali beriladi. Barabanning pastki qismi konussimon shaklga ega. Fil’trlash davri tugagandan so’ng va baraban to’xtagandan keyin cho’kma gravitatsion kuchlar ta`sirida tushiriladi

5 - rasm. Fil’trlovchi tsentrifuga.
1-suspenziyaning berilishi; 2- cho’kma tushiriladigan teshik; 3- qobiq;
4- baraban; 5- fugatning chiqarilishi; 6- korpus; 7- fil’trlovchi material; 8- cho’kma; 9- suspenziya.




  1. Download 92.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling