Barcha aloqa liniyalari mutloqo ishonchli
Download 27.78 Kb.
|
Документ Microsoft Word
asssssssssssssssssss 3.1. AVTOMATLASHTIRILGAN BOJXONA YUKLARI NAZORATINI TASHKIL ETISHDA TARMOQLARARO AXBOROT OQIMINI BOSHQARISH ALGORITMLARI Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, axborot almashish hajmining izchil ortishi, aloqa kanallarining imkoniyatlari cheklanganligini va marshrutlash protseduralari uchun algoritmlarni tanlashni hisobga olgan holda boshqaruv tizimida yuborilayotgan ma’lumotlarning samarali taqsimlanishi uchun zamonaviy usul, algoritm va vositalarni ishlab chiqishni taqozo etadi [82; 121–124-b., 87; 234-236-b]. Bunday takomillashtirishga bo‘lgan extiyoj va uning maqsadga muvofiqligi bojxona organlarining trafik tuzilmasini qayta tuzish va aloqa kanallarining yuklanishini muvozanatlashtirish orqali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish xarajatlarini minimallashtirish istagi bilan bog‘liq. Shu munosabat bilan, axborot texnologiyalari doirasida magistral korporativ tizimlarda axborot oqimlarini taqsimlashning samarali usul va vositalarini ishlab chiqish talab etiladi. Yuklarni avtomatlashtirilgan bojxona nazorati tizimlarida axborot oqimlarini logistika jarayonlarini optimallashtirish muammolarini hal qilish uchun tizimni (N) kommunikatsiya tugunlari va (M) aloqa liniyalaridan tashkil topgan deb ta’riflash mumkin. Yuklarni avtomatlashtirilgan bojxona nazorati tizimlarida axborot oqimlarini optimal taqsimlash modeli uzatilayotgan xabarlarning kechikish vaqti (T) ni minimallashtirishni ta’minlash maqsadida quriladi. Bunda, quyidagilarni inobatga olish lozim[61; 28–36-b., 88; 312-315-b ]: - barcha aloqa liniyalari mutloqo ishonchli; - barcha aloqa liniyalari mustahkam; - kommutatsiya tugunlari cheksiz xotiraga ega; - kommutatsiya tugunlarida qayta ishlash vaqti mavjud emas; - barcha xabarlarning uzunligi mustaqil va o‘rtacha qiymati 1/μ bayt ko‘rsatgichli qonunga muvofiq taqsimlanadi; - avtomatlashtirilgan bojxona nazorati tizimiga kiruvchi trafik i tugunida paydo bo‘lgan va j tuguni uchun mo‘ljallangan xabarlar uchun bir xil ustunlikka ega o‘rtacha qiymatli puasson oqimini hosil qiluvchi xabarlardan tashkil topgan; - yuklarni avtomatlashtirilgan bojxona nazorati tizimining trafigi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: , (3.1) - bu yerda - to‘liq tashqi trafik; - har bir aloqa liniyasining o‘tkazuvchanlik hususiyati bayt/s ga teng dupleks aloqa kanalidan tashkil topgan, bu yerda bayt/s - k va l tugunlari orasidagi aloqa. Agar k va l tugunlari orasidagi aloqa liniyasi mavjud bo‘lmasa, u holda . Shundan so‘ng, orqali (k,l) liniyasidan o‘tayotgan ma’lumot oqimi ulushi belgilanadi: . Bu cheklovlar ostida quyidagi ifodani oson aniqlash mumkin , (3.2) bu yerda - logistika bilan kelishib olingan (k,l) liniyasidagi axborot oqimi qiymati. Odatda, avtomatlashtirilgan bojxona nazorati tizimida -o‘zgaruvchilar uchun saqlash sharti bajarilishi kerak, bu quyidagi tarzda ifodalanadi: Kechikishlar vaqti orqali i tugunida yuzaga kelgan va j tuguniga mo‘ljallangan xabarni uzatishga ketadigan o‘rtacha vaqtni aniqlash mushkul emas. Ikki tomonlama kechikishlar yig‘indisi sifatida aniqlanadigan T yuklarni bojxona nazorati tizimidagi xabarlarning o‘rtacha kechikishi, avtomatlashtirilgan tizim ishlash sifatining muhim xususiyati hisoblanadi[81; 4–8-b.]: . Yuqoridagi formulani (3.5) va (3.6) formulalar yordamida sodda ko‘rinishga keltirish mumkin: , (3.3) bu yerda - (k,l) liniyasida xabarlarning o‘rtacha yetib kelish vaqti. Formula (3.5) dan foydalanib xabarni o‘rtacha kechikish qiymatini T tahliliy ko‘rinishini olish mumkin. Bundan tashqari xabarni yuborish vaqti va navbatdagi kutish vaqti dan iborat xabarlarning (k,l) liniyasida qolish o‘rtacha vaqti quyidagicha aniqlanadi: yoki . bu yerda Agar - (k,l) liniyasidagi oqim qiymati bayt/s deb belgilansa, u holda: Yuqoridagilarga asoslanib, (3.7) ifodaga joylashtirilganda yuklarni avtomatlashtirilgan bojxona nazorat tizimida xabarlarni o‘rtacha kechikishini aniqlovchi ifodani hosil qilish mumkin. . (3.4) Qabul qilingan belgilash va ta’riflar T kattaligining optimal qiymatini ta’minlab beruvchi o‘zgaruvchilar qiymatini topish vazifalarini shakllantirish imkonini beradi. Deyarli barcha yuklarning bojxona nazorati avtomatlashtirilgan tizimida quyidagi ma’lumotlar mavjud: - yuklarni bojxona nazorati avtomatlashtirilgan tizimining topologik tuzilmasi; - kiruvchi axborot oqimlarining logistika matritsasi || ||; - aloqa liniyalarining o‘tkazuvchanlik xususiyatlari || ||; - xabarning o‘rtacha uzunligi . Ushbu ma’lumotlar orqali o‘zgaruvchilarni aniqlash mumkin, hususan, aloqa liniyalarida axborot oqimlari logistikasini , masalan: . (3.5) quyidagi cheklovlarda amalga oshiriladi: (3.6) Hosil bo‘lgan ifoda o‘rtacha kechikish mezoni bo‘yicha yuklarni avtomatlashtirilgan bojxona nazorati tizimida optimal oqimlar va optimal logistikani aniqlash ifodasi hisoblanadi [24; 28–36-b., 22; 98–101-b]. Keltirilgan cheklovda (3.10), xabarlarni i tugundan j tugunga yuborish uchun faqatgina bitta trafik ishlatilishi nazarda tutilgan, ya’ni (3.5) – (3.6) ifoda logistikani tanlash muqobil jarayonini tavsiflaydi. Agar quyidagi shaklga keltirilsa (3.7) u holda (3.9) – (3.10) ifoda (3.11) shart bilan birgalikda belgilangan logistikani aniqlaydi. Shu sababli k yo‘nalishli logistika holatida axborot oqimlari logistikasi jarayonini optimallashtirish vazifalarini shakllantirish uchun qo‘shimcha cheklovlarni qo‘llash lozim. Buning uchun quyidagi o‘zgaruvchilarni kiritish lozim: Yuqoridagi ifoda orqali o‘zgaruvchi agar (k,l) aloqa liniyasi j qabul qiluvchi-tugunga kamida bitta manba-tugundan axborot oqimlarini yuborish uchun qo‘llanilganda 1 ga, aks holda 0 ga tengligini ko‘rish mumkin. Bunda j qabul qiluvchi tugunga har bir tugundan ma’lumotlar yuborish uchun qo‘llaniluvchi (k) chiquvchi liniyalar sonini cheklov imkoniyatini quyidagicha ifodalash mumkin: (3.8) Shundan kelib chiqqan holda, (3.9) - (3.12) ifoda k yo‘nalishli logistikaning K qiymati 1 ga teng bo‘lsa, u holda (3.10) va (3.12) cheklovlar (3.11) cheklovga aylanadi, ya’ni belgilangan logistika uchun qo‘yilgan vazifa shartini qayta olish imkonini beradi. Yuklarni bojxona nazorati avtomatlashtirilgan tizimida axborot oqimlarining optimal logistikasini tanlash vazifasini hal qilishning formal natijasi bir qancha o‘zgaruvchilar yordamida aniqlanadi . Ushbu o‘zgaruvchilarga tayangan holda optimal logistika bo‘ylab yuborish kerak bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlarda axborot oqimi qiymatini, manba qabul qiluvchi juft tugunlar uchun bir qancha optimal logistikalar hamda kiruvchi axborot oqimining ulushini aniqlash mumkin. (3.8) formula orqali qiymatini aniqlab T minimal kechikish qiymatini hisoblash mumkin. Ammo ba’zi xolatlarda qaysi logistika axborot oqimining optimal taqsimlanishiga olib kelishi mumkinligini bilish kerak bo‘ladi. Navbatdagi vazifa qo‘yilishiga nisbatan jiddiyroq qaraladi: har bir manba (i) – qabul qiluvchi (j) tugunlar juftligi uchun bir qancha optimal logistikalar va kiruvchi xajmning axborot resurslari ulushi ga muvofiq qo‘llaniluvchi logistikani topish lozim. Bu yerda - i va j tugunidagi optimal logistikalar soni. Ya’ni va belgilangan logistika uchun yagona optimal logistika aniqlanadi. Optimal logistika tanlash vazifasi qavariq maqsadli funksiya va qavariq bir qancha cheklov vazifalari sinfiga tegishli hisoblanadi. Demak, ushbu vazifaning global minimumi hisoblanuvchi yagona lokal minimumi mavjud [93; 166–171-b., 24; 28–36-b.]. Yuklarni bojxona nazorati avtomatlashtirilgan tizimining axborot oqimlari optimal logistikasi jarayonlarini aniqlash algoritmi quyidagi tartibda aniqlanadi: - aloqa liniyalari ning “yuklanganligi”ni aniqlash va da axborot resurslarini ishga tushirish: . - aloqa liniyalari ning “yuklanganligi”ni qo‘llagan holda barcha “qabul qiluvchi manba” juft tugunlari oralig‘idagi qisqa yo‘llarni aniqlash. Ushbu holatda eng qisqa yo‘llarni topish uchun Floyd algoritmidan foydalaniladi[86; 51–60-b]. - Axborot resurslarini qisqa yo‘llar orqali taqsimlash - Hisoblash - Qo‘yish - Qo‘yish bunda - kiruvchi axborot oqimlarining logistika matritsasining tartibi; - Bojxona nazorati avtomatlashtirilgan tizimlarida axborot oqimlarini qayta hisoblash - Aloqa liniyalari ning “yuklamalari”ni aniqlash va axborot oqimlarini eng qisqa yo‘l orqali ishga tushirish: bunda - Axborot resurslarini qisqa yo‘llar orqali taqsimlash: . - Cheklov sharti (6) bajarilgan taqdirda funksiyani minimallashtiruvchi kattaligini topish . Kattalik ni topish uchun barcha ma’lum bir o‘lchovli qidiruv usullari orqali amalga oshirish mumkin, masalan, Fibonachchi usuli bilan. Agar biron bir qiymat uchun bo‘lsa, u holda qo‘yish orqali (6) cheklovni bir o‘lchovli qidiruv usulini amalga oshirishda qo‘shish mumkin. - Kattalik ga axborot oqimi logistikasi o‘zgarishini amalga oshirish. - Hisoblash . - Agar , u holda hisoblash to‘xtatiladi. agar , u holda qabul qilinadigan yechimlar mavjud emas; agar , berilgan aniqlik bilan maqbul yechim olinadi. Aks holda: 3) qo‘yish: ; 4) agar bo‘lsa qo‘yish amaliga o‘tiladi, aks holda aloqa liniyalari orqali ishga tushirishga o‘tiladi. Dastlabki tavsif bilan solishtirganda algoritm, axborot oqimlari ruxsat etilgan logistikaning boshlang‘ich qadamlarini birlashtirib yuboradi, hususan, o‘rtacha kechikishni minimallashtirish vazifalarini ham. Bir qancha optimal logistikalarni va kiruvchi oqimdan axborot oqimlari ulushini aniqlash uchun ishda taklif etilgan algoritmning modifikatsiyasidan foydalanish mumkin. Yuqorida algoritmning nazariy mehnat unumdorligi barcha tugun juftliklari orasida qisqa yo‘llarni qidiruvchi Flayd algoritmi orqali amalga oshirilishi aniqlandi. 3.2. Soliq tushumlarini nazoratlash jarayonlarini optimal tashkil qilish algoritmini ishlab chiqish Soliq idoralaridida avtomatlashgan ish rejimida operatsiyalarni amalga oshirish mavjud muammolarni yechishning eng optimal yechim sifatida qaraladi. Avtomatlashgan va intellektuallikga asoslangan rejimda ishlovchi jarayonlarni tartibga soluvchi dasturiy vositalarni keng joriy qilish foydali ish koifitsentini oshishiga, moliyaviy tejamkorlikka va korrupsiya holatlarini yo‘qolishiga olib keladi. Tadqiqot ob’ekti sifatida tanlangan, o‘rganishlar va tahlillar asosida ishlab chiqilayotgan va ilmiy izlanishlar natijalarini o‘zida mujassam etgan dasturiy vositalar soliq to‘lovchilar murojaatlari va moliyaviy tranzaksiya jarayonlarini optimal yechimi berishga xizmat qiladi. Ishlab chiqilgan modellar va yaratilgan algoritmlar imkoniyatlari quyidagi prinsplarga asoslanadi: kiruvchi axborot massivlari o‘rnatilgan formatda tekshiriladi va ma’lumotlar bazasiga yoziladi; shartlar bo‘yicha tekshiriladi va shartlarning bajarilish jarayoni bo‘yicha qadamlar ketma-ketligi bo‘yicha amalga oshiriladi; umumiy jarayon amalga oshgandan so‘ng operatsiya yakunlanadi. Qoidalar tizim ishlab borish mobaynida bilimlar bazasida boyitilib boriladi. Ushbu jarayonning umumlashgan ketma-ketligi algoritmi 3.1-rasmda ko‘rsatib o‘tilgan. 3.1-rasm. Soliq tushumlari nazorati jarayonida axborotlarga ishlov berish jarayonlarini optimal tashkil qilish algoritmi Ushbu jarayon algoritmi asosida dasturiy vosita va axborot tizimi ishlab chiqiladi. Dasturiy vositada amalga oshiriladigan operatsiyalar avtomatlashgan va intellektual rejimda bajariladi. Bu borada qaror qabul qilish tizimlari va bilimlar bazsidan foydanaladi. Soliqqa tortish mexanizmni optimal tashkil etish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Bu natijaga erishishga ilmiy izlanishgan va zamonaviy modellar va algoritmlarni modifikatsiyalash hamda ishlab chiqish asos bo‘lib xizmat qiladi. 3.3. Bojxona nazorati jarayonlari va soliq idoralari o‘rtasida axborot almashishning ma’lumotlar bazasini shakllantirish usullari Temir yo‘llarda tashiluvchi yuklarni nazorat qilish dasturiy majmuasining bojxona posti, hududiy bojxona boshqarmasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK ma’lumotlar oqimi zanjiri 3.2-rasmda keltirilgan. Bojxona postlarida bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining “O‘zbekiston temir yo‘llari” DATYK tarmoqlari bilan temir yo‘l o‘tkazish punktlaridagi hamkorligining texnologik sxemasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Texnologik sxemaga ko‘ra quyidagilar tasdiqlangan: 3.2-rasm. “Temir yo‘llarda tashiluvchi yuklarni nazorat qilish” dasturiy majmuasida axborot oqimi sxemasi A1...n – qo‘shni davlatlar temir yo‘l kompaniyalari; B – temir yo‘l kompaniyasi ; S – davlat bojxona qo‘mitasi; D1...m – bojxona postlari. Korxona avtomatlashtirilgan tizimidan keng miqyosda nuqsonsiz foydalanishda uning ma’lumotlar bazasiga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: muammoli sohaning holatiga axborotning mos kelishi; tizim to‘g‘ri ishlashining ishonchligi; so‘rovlarning tezkorligi va unumdorligi; tizimdan foydalanishning oddiy va qulayligi; tizimdan foydalanishning ommaviyligi; tizim ma’lumotlarining himoyalanganligi; ma’lumotlarni kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi [79; 83–87-b., 94; 126-128-b]. Temir yo‘lda tashiluvchi yuklar uchun bojxona nazoratini dasturiy majmuasi ma’lumotlar bazasini datalogik modeli ishlab chiqildi. Avtomatlashtirilgan tizimda bir nechta obyekt (jadval)lar mavjud bo‘lib, quyida ularning asosiylari aks ettirilgan (3.2-rasm). 3.4-rasm. Bojxona nazoratida import yuklar ma’lumotlar bazasining datalogik modeli AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMDAGI OBYEKT (JADVAL)LAR {R1,R2,...,RN} KO‘RINISHIDA BELGILANGAN. HAR BIR MUNOSABATLAR KAMIDA BITTA KORTEJ (SATR) VA ATRIBUT (USTUN)LARDAN IBORAT. ULAR QUYIDAGICHA TASVIRLANGAN: - ATRIBUTLAR TO‘PLAMI, – ATRIBUTGA MOS KELUVCHI MUNOSABATNING KORTEJLARI. RELYATSION ALGEBRADAGI UNAR AMALLARIDAN BIRI BO‘LGAN PROEKSIYALASH QUYIDAGICHA TASVIRLANGAN[23; 47–49-B., 76; 41–47-B.]: i=1,…n; (3.9) Tizimdagi barcha hisobotlarning barcha funksiya va protseduralari relyatsion algebra asosida shakllantirilgan. Barcha munosabatlar (3.13) asosida qurilgan. Mamlakatlar ob’ekti munosabati – R1 (3.10) bu yerda – id, – mamlakat kodi, – mamlakat nomi. Temir yo‘l kompaniyalari ob’ekti munosabati – R2 (3.11) bu yerda – id, – temir yo‘l kompaniyasi kodi, – temir yo‘l kompaniyasi nomi. Yuklarni yetkazib berish nazorati (YuEBN)ni ro‘yxatga olishning elektron shakli munosabati – R3 (3.12) bu yerda – id, – BYuN kodi, – mamlakat kodi, – post kodi, – vagon kodi, – foydalanuvchi kodi, – sana. Post ob’ekti munosabati – R3 (3.13) bu yerda – id, – post kodi, – post nomi, – post manzili. Shu bilan bir qatorda barcha ob’ektlar uchun (3.13) formula asosida quyidagi algoritm yaratib olinadi. • Mamlakat ob’ekti munosabati – R1 • Temir yo‘l kompaniyasi ob’ekti munosabati – R2 • Yuklarni yetkazib berish nazorati kitobi ob’ekti munosabati – R3 • Post ob’ekti munosabati – R4 • Vagon ob’ekti munosabati – R5 • Foydalanuvchi (User) ob’ekti munosabati – R6 • Yuk ob’ekti munosabati – R7 • Poezd ob’ekti munosabati – R8. Relyatsion algebrada bog‘lash muhim amallardan biri bo‘lib, ma’lumotlar bazasini tashkil etishda keng ko‘lamda foydalaniladi. Bog‘lash amali proeksiyalash amaliga teskari amal hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasida ob’ektlar ikki turga ajratib yaratiladi. Bular tizim uchun ma’lumot oluvchi ob’ektlar va asosiy ob’ektlardir. Ma’lumot oluvchi jadvallar asosiy jadvallarga ma’lumot to‘liqliligini ta’minlash maqsadida bog‘lanadi [95; 28–30-b., 101; 79-81-b.]. Formula-(1) asosida asosiy jadvallarni relyatsion bog‘lanishi algoritmi quyidagi ko‘rinishga ega. (3.14) Formula-(3.14)da barcha asosiy jadvallarni relyatsion bog‘lanishi keltirilgan. Bu jadvallar asosan 1:n munosabat orqali bog‘langan. Yaratilgan algoritm asosida istalgan ma’lumotga ega bo‘lish imkoniyati mavjud. Buning uchun kerakli jadvallarni to‘g‘ri munosabatga keltirish lozim bo‘ladi. Temir yo‘lda tashiluvchi yuklarni bojxona nazoratini avtomatlashtirishda yuklarni yetkazib berish nazorati (YuEBN) kitobini elektron shaklini avtomatik shakllantirish muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Bu borada yuqorida yaratilgan algoritmdan foydalanish mumkin. (3.15) Formula-(3.15)da YuEBN kitobini shakllantirish algoritmi yaratilgan. Barcha hisobotlarni shu algoritm orqali aniqlash mumkin. Bojxona nazoratini avtomatlashtirishda ma’lumotlar bazasidagi yuklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni munosabatlar orqali boshqarish muhim omil hisoblanadi. Bu esa ma’lumotlar aniqliligi, tezkorligi va ixchamliligiga olib keladi. Dasturiy majmua orqali ma’lum bir parametrlarga tayanib hisobot tayyorlash imkoniyati mavjud. Masalan 03.05.2023 yil sanada qaysi mamlakatlardan qanday yuklar kirib kelganligini aniqlovchi formula (3.16) yaratish mumkin. (3.16) Temir yo‘lda tashiluvchi yuklar uchun bojxona nazoratini avtomatlashtirishda va ma’lumotlar bazasini himoyalashda uni optimal tuzilmaga keltirish, axborotlarni to‘g‘ri taqsimlash va qidiruvni qisqa vaqt oralig‘ida amalga oshirish dolzarb omilardan biri hisoblanadi. Har bir davlat idoralari avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ma’lumotlar bazasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi talab qilinadi. Buning uchun ma’lumot bazasini boshqarish tizimi dasturiy majmua holatidan kelib chiqib tanlanishi lozim. Bugungi kunga kelib MySQL, ORACLE va DB2 keng tarqalgan ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari hisoblanadi. Bunday ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanish bojxona nazorati dasturiy majmuasini yaratilishida asosiy tayanch bo‘la oladi. 3.4. Blokcheyn texnologiyasi asosida bojxona va soliq idoralari oʻrtasida axborot almashish va axborot ishonchliligini taʼminlash dasturiy ta’minoti Bojxona va soliq idoralari oʻrtasida axborot almashish va axborot ishonchliligini taʼminlash dasturiy vositasi bojxona hamda soliq idoralarining har ikkalasini bajaraladigan funksiyalarini o‘zida ak ettiradi. 4.1-rasm. Bojxona nazoratining bosh sahifasi Bojxona nazoratining bosh sahifasida nazoratga qo‘yilgan va nazoratdan yechilgan YuEBN kitoblari soni haqida operativ ma’lumotlarni olish mumkin. Bunda foydalanuvchiga unga berilgan huquq va vazifa kesimidagi ma’lumotlar ko‘rinadi [58; 199-207-b]. Bojxona nazoratining bosh sahifasida joriy etilgan funksiyalar va huquqlar. Bojxona nazoratining bosh sahifasi – bojxona nazorati ostida import, eksport, tranzit operatsiyalari amalga oshirilayotgan tovarlar haqida ma’lumotlarni o‘z vaqtida kiritish, saqlash, qayta ishlash va monitoring qilish imkoniyatini beruvchi zamonaviy, butunjahon amaliyotiga to‘g‘ri keladigan tizim hisoblanadi. Tizimda foydalanuvchiga kutilayotgan yuklar haqida dastlabki ma’lumotlarni ko‘rish, shuningdek nazoratga qo‘yilgan, nazoratdan yechilgan temir yo‘l vagonlari haqida tahliliy hisobotlarni olish imkoniyatlari yaratilgan. Bu sahifada quyidagi rejimlardan birida ishlash imkoniyatini beradi: MA’LUMOTLAR BAZASI BILAN O‘QISH VA YOZISH REJIMIDA ISHLASH; MA’LUMOTLAR BAZASI BILAN FAQAT O‘QISH REJIMIDA ISHLASH; MA’LUMOTLAR BAZASI BILAN MA’MURLASH REJIMIDA ISHLASH; DBQ foydalanuvchilari ma’lumotlar bazasidan foydalanish huquqi bo‘yicha quyidagi uch guruhga bo‘linadi: DBQ MARKAZIY APPARATI; HUDUDIY BOJXONA BOSHQARMALARI (XBB); BOJXONA POSTLARI. QUYIDAGI FOYDALANUCHILAR MAVJUD (4.1 – JADVAL): FOYDALANUVCHI; INSPEKTOR; ADMINISTRATOR. 4.1 JADVAL. FOYDALANUCHILARNING HUQUQLARI Xodimlarning nomi Huquq: 1 – mavjud, 0 – yo‘q Yaratish Tahrirlash O‘chirish Ko‘rish Foydalanuvchi 0 0 0 1 Bojxona posti inspektori 1 1* 0 1 Hududiy bojxona boshqarmasi nazoratini tashkil etish bo‘limi xodimi 0 1 0 1 Davlat bojxona qo‘mitasi administratori 0 1 1 1 * – tahrirlash huquqi YuEBN kitoblari nazoratga qo‘yilgunga qadar amalda bo‘ladi. DBQ markaziy apparati foydalanuvchisi quyidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega: ELEKTRON HUJJATLARNI O‘QISH; TEGISHLI HISOBOTLARNI OLISH; TEMIR YO‘LDA TASHILUVCHI YUKLAR TO‘G‘RISIDA DASTLABKI MA’LUMOTLARNI OLISH. HBB FOYDALANUVCHISI QUYIDAGI AMALLARNI BAJARISH IMKONIYATIGA EGA: HBB YOKI USHBU HBBGA TEGISHLI BOJXONA POSTI KESIMIDA ELEKTRON HUJJATLARNI O‘QISH; HBB YOKI USHBU HBBGA TEGISHLI BOJXONA POSTI KESIMIDA TEGISHLI HISOBOTLARNI OLISH; HBB YOKI USHBU HBBGA TEGISHLI BOJXONA POSTI KESIMIDA TEMIR YO‘LDA TASHILUVCHI YUKLAR HAQIDAGI DASTLABKI MA’LUMOTLARNI OLISH. Bojxona posti foydalanuvchisi quyidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega: BOJXONA POSTI KESIMIDA ELEKTRON HUJJATLARNI O‘QISH; BOJXONA POSTI DOIRASIDAGI MA’LUMOTLAR ASOSIDA TEGISHLI HISOBOTLARNI OLISH. BOJXONA POSTI INSPEKTORI QUYIDAGI AMALLARNI BAJARISH IMKONIYATIGA EGA: ELEKTRON HUJJATLARNI O‘QISH; FAQAT O‘ZI TOMONIDAN YARATILGAN HAMDA SAQLANGAN VA UNING POSTIGA YO‘NALTIRILGAN ELEKTRON HUJJATLARNI TAHRIRLASH; BOJXONA POSTI DOIRASIDA ME’LUMOTLARDAN FOYDALANISH. XBB administratori quyidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega: HBBGA QARASHLI BOJXONA POSTLARIDA RASMIYLASHTIRILGAN ELEKTRON HUJJATLARNI O‘QISH VA AYRIM BANDLARNI TAHRIRLASH; HBBDA NAZORATGA QO‘YILGAN VA NAZORATDAN YECHILGAN ELEKTRON HUJJAT MA’LUMOTLARI ASOSIDA TEGISHLI HISOBOTLARNI OLISH. DBQning administratori bu tizimdagi eng yuqori huquqdagi foydalanuvchi hisoblanadi. DBQ administratori quyidagi amallarni bajarish imkoniyatiga ega: RASMIYLASHTIRILGAN ELEKTRON HUJJATLARNI O‘QISH, TAHRIRLASH VA O‘CHIRISH; DASTURGA KIRITILGAN ELEKTRON HUJJAT MA’LUMOTLARI ASOSIDA TEGISHLI HISOBOTLARNI OLISH; DASTUR MA’LUMOTLAR BAZASIDAN DBQ, HBB VA BARCHA BOJXONA POSTLARI KESIMIDA MA’LUMOTLAR OLISH; FOYDALANUVCHILAR TOMONIDAN BAJARILAYOTGAN AMALLAR ELEKTRON JURNALINI KO‘RISH VA CHOP ETISH. Ushbu tizimning asosiy vazifasi bojxona nazoratidagi import, eksport va tranzit rejimlaridagi temir yo‘l transportida tashilayotgan yuklarning manzilga yetib borishini nazorat qilish hisoblanadi. Tezkor ma’lumotlar menyusini bosish orqali YuEBN kitoblari bilan ishlash oynasi ochiladi (4.2-rasm). 4.2-rasm. Tezkor ma’lumotlar bilan ishlash oynasi YuEBN kitoblari elektron shakllari tizimda uch xil maqomda bo‘lishi mumkin: YARATILGAN, LEKIN NAZORATGA QO‘YILMAGAN; NAZORATGA QO‘YILGAN; NAZORATDAN YECHILGAN. “REGISTRATSIYA PO PRIBЫTIYU” MENYUSIDA “KKDG NA KANTROLE” TUGMASI BOSILGANDA YUQORIDA AYTILGANIDEK DARAXT KO‘RINISHIDAGI SERVIS ORQALI KO‘RILAYOTGAN BOJXONA POSTIGA BOSHQA BOJXONA POSTI TOMONIDAN RASMIYLASHTIRILIB YO‘NALTIRILGAN, LEKIN HALI NAZORATDAN YECHILMAGAN YUEBN KITOBLARNI KO‘RISH VA UNING USTIDA AMALLAR BAJARISH MUMKIN. “KKDG SNYATIE KONTROLYA” TUGMASI ORQALI USHBU BOJXONA POSTIGA YO‘NALTIRILGAN BOJXONA POSTI TOMONIDAN NAZORATDAN YECHILGAN YUEBN KITOBLARINI KO‘RISH MUMKIN (4.3-RASM). 4.3-RASM. TEZKOR MA’LUMOTLAR OYNASINING YUEBN KITOBLARI BILAN ISHLASH MENYUSI Yangi elektron YuEBN kitoblarini yaratish huquqi faqat “inspektor posta” sifatidagi foydalanuvchilar uchun berilgan. TIZIM FOYDALANUVCHI YANGI YUEBN KITOBLARINI YARATISH UCHUN “NOVAYA KKDG” TUGMASINI BOSISHI KERAK. NATIJADA EKRANNING O‘NG QISMIDA ELEKTRON YUEBN KITOBINING BO‘SH BLANKI SHAKLI OCHILADI. “TEMIR YO‘L” AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMIDA YUEBN KITOBLARNING ELEKTRON SHAKLIDA TO‘LDIRILADIGAN MA’LUMOTLAR QUYIDAGI ASOSIY MAYDONLARGA BO‘LINGAN: YUEBN KITOBLARNING ASOSIY MA’LUMOTLARI; TEMIR YO‘L VAGONLARI HAQIDA MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA PO VAGONAM); KONTEYNERLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA PO KONTEYNERAM); PLOMBALAR HAQIDA MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA PO PLOMBAM); TOVARLAR HAQIDA MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA PO TOVARAM); YUK KUZATUV HUJJATLARI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA PO TOVAROSOPROVODITELNЫM DOKUMENTAM); MAXSUS RUXSATNOMA TALAB QILUVCHI YUKLAR TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR (GRUZЫ, TREBUYUЩIE SPESIALNOGO RAZRESHENIYA); YETKAZIB BERISH MUDDATI VA YUBORUVCHI BOJXONA POSTI TO‘G‘RISIDAGI MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA O SROKE DOSTAVKI); QABUL QILUVCHIGA YETIB BORGANLIGI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR (INFORMATSIYA O FAKTE DOSTAVKI). Elektron YuEBN kitoblari ma’lumotlar bilan quyidagi tartibda to‘ldiriladi: YuEBN kitoblarning asosiy ma’lumotlari: “Harakatlanish turi” ikki harfdan iborat “IM”, “EK”, “TR” belgilari qo‘yiladi. YuEBN kitoblarning tipografik blankasida ushbu katak ikki qismdan iborat kitobcha seriyasi (“IM”, “EK”, “TR”) va olti raqamdan iborat tipografik raqami ko‘rsatiladi. “Post va punkt kodi”. YuEBN kitobni rasmiylashtirgan bojxona posti va punk kodi ko‘rsatiladi. YuEBN kitobini elektron shakllantirishda ma’lumotlarni kirituvchi xodimning DBQ dasturiy majmuasiga kirish kalitidagi ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda tizim tomonidan belgilanadi [101]. “Rasmiylashtirilgan sana”. YuEBN kitobi rasmiylashtirilgan sana kun.oy.yil shaklida ko‘rsatiladi (masalan: 5.05.2023). Faqat “Nomer vruchnuyu” katakchasi tanlangan holdagina “Rasmiylashtirilgan sana” katakchasini qo‘lda to‘ldirish mumkin, aks holda, dasturning o‘zi joriy sanani avtomatik tarzda to‘ldiradi va foydalanuvchiga qo‘lda kiritish imkonini bermaydi. “Tartib raqami”. YuEBN kitobiga har bir bojxona postida har yili yangidan boshlanadigan 6 ta belgidan iborat raqam “Temir yo‘l” dasturiy vositasidan avtomatik ravishda beriladi. Ushbu tartib raqami YuEBN kitobining barcha turlari (IM,EK,TR) uchun yagona ketma – ketlikda olib boriladi [111, 114]. Masalan: IM 27016/26.10.2008/0000001, EK 27016/26.10.2017/0000002, TR 27016/26.10.2017/0000003, IM 27016/26.10.2017/0000004. “Yuk qabul qiluvchi nomi”. Yuk qabul qiluvchi haqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: YURIDIK SHAXS UCHUN: KORXONA NOMI VA MANZILI; JISMONIY SHAXS UCHUN: F.I.SH. YASHASH MANZILI, PASPORT RAQAMI VA SERIYASI. “Vagonlar haqida ma’lumotlar”. Bunda vagon haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. VAGON YOKI PLATFORMA RAQAMLARI; VAGONDAGI YUKNING UMUMIY VAZNI; VAGONLARDAGI JOYLAR SONI. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida plomba haqidagi yuqoridagi ma’lumotlarni kiritishda quyidagi qo‘shimcha funksiyalar ishlab chiqilgan: “NA VAGON” KATAKCHASIDA RO‘YXATDAN KERAKLI VAGONNI TANLAB OLISH; “NA KONTEYNER” KATAKCHASIDA RO‘YXATDAN KERAKLI KONTEYNERNI TANLAB OLISH; “DATA NALOJENIYA PLOMBЫ” KATAGIDA PLOMBA OSILGAN SANA KO‘RSATILADI; “INSPEKTOR” KATAKCHASIDA RASMIYLASHTIRUV AMALGA OSHIRILAYOTGAN BOJXONA POSTIDAGI INSPEKTORLAR RO‘YXATIDAN KERAKLI INSPEKTORNI TANLAB OLISH MUMKIN; “DOBAVIT PLOMBЫ” TUGMASINI BOSISH ORQALI YUQORIDA KO‘RSATILGAN PARAMETRLAR BILAN TO‘LDIRILGAN SHAKLDA PLOMBA HAQIDAGI MA’LUMOTLAR RO‘YXATI YARATILADI; “DOBAVIT PLOMBЫ PO PORYADKU NACHINAYA S” TUGMASINI BOSISH ORQALI KATAKCHALARDA KO‘RSATILGAN ORALIQDAGI PLOMBA RAQAMLARINI BIRDANIGA KIRITISH MUMKIN. USHBU FUNKSIYADAN FOYDALANILGANDA HAR BIR PLOMBA RAQAMINI ALOHIDA KIRITISHNING HOJATI QOLMAYDI”; RO‘YXATDAGI “DEYSTVIYA”MAYDONIDA YANGI SATR QO‘SHISH, O‘CHIRISH VA YANGI SATRNI JORIY SATRDAGI MA’LUMOTLAR BILAN TO‘LDIRGAN HOLDA YARATISH IMKONINI BERUVCHI TUGMALAR JOYLASHTIRILGAN. “Tovar haqidagi ma’lumotlar”. Bunda tovar xaqidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi (4.12-rasm). VAGONLAR TARTIB RAQAMI; VAGON YOKI PLATFORMA RAQAMLARI ; KONTEYNER RAQAMI. AGARDA YUK KUZATUVCHI HUJJATLARIGA KONTEYNER YUK QABUL QILUVCHINIKI EKANLIGI KO‘RSATILGAN BO‘LSA, USHBU KONTEYNER HAM TOVAR SIFATIDA RASMIYLASHTIRILADI; TOVARNING QISQACHA NOMI; TOVARNING TIF TN BO‘YICHA KAMIDA BIRINCHI 6 RAQAMLI KODI; TOVARNING O‘LCHOV BIRLIGI (KG, DONA, LITR, M2, M3 V.X); TOVARNING O‘LCHOV BIRLIGIDAGI MIQDORI; TOVARNING UMUMIY BRUTTO VAZNI TONNADA VERGULDAN KEYIN BITTA RAQAMGACHA YAXLITLANGAN HOLDA; YUK KUZATUV HUJJATLARIGA ASOSAN TOVARNING NARXI; YUK KUZATUV HUJJATLARIGA ASOSAN TOVAR NARXINING VALYUTA KODI; 4.4-rasm. Tovarlar haqida ma’lumotlar kiritish Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida tovar haqidagi yuqoridagi ma’lumotlarni kiritishda quyidagi funksiyalar ishlab chiqilgan (4.4-rasm): “NA VAGON” KATAKCHASIDA KERAKLI VAGON RAQAMINI RO‘YXATDAN TANLASH; “NA KONTEYNER” KATAKCHASIDA KERAKLI KONTEYNER RAQAMINI RO‘YXATDAN TANLASH; MAXSUS “DOBAVIT TOVAROV NA GRUPPU VAGONOV” TUGMASI ORQALI BIR NECHA GURUX VAGONLARGA YUQORIDAGI VAGON HAQIDAGI MA’LUMOTLARNI KIRITISH MUMKIN. TOVARNING UMUMIY SONI, OG‘IRLIGI, FAKTURA QIYMATI, MING AQSH DOLLARDAGI QIYMATLARNI SUMMASINI AVTOMATIK HISOBLAB BERADIGAN ALOXIDA INTERFEYS MAVJUD. 4.5-rasm. Bir gurux vagonlar uchun tovar haqidagi ma’lumotlarni kiritish Soliq organlari boshqaruv tizimida ma’lumotlariga intellektual ishlov berish va axborot almashish avtomatlashtirilgan sahifaning asosiy funksiyalari orqali soliqqa tortish jarayonlarini optimal tashkil etishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 4.6-rasm. DSQ MIYaKT tarkibidagi “Yuridik shaxslar” bo‘limi dasturiy vositalari bosh oynasi DSB tegishli bo‘limining mas’ul inspektori tomonidan o‘rganiladigan va jarayonni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi buyruq shaklida taqdim etiluvchi bildirgi fayli ham dasturiy vositada qoidalarga asoslanuvchi shartlardan o‘tadi va avtomatik shakllanadi. Ishlab chiqilgan “QQS nazorat” dasturiy vositasi boshqaruv tizimida faol rejimda amalga oshadi va tegishli bo‘lim va inspektorlar tomonidan nazorat qilinib borish imkoniyatini ham beradi. 4.6-rasmda ko‘rsvtilgan interfeysda DSB Yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori tomonidan nazorat qilish jarayonni tasvirlangan. 4.7-rasm. Soliq to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabinetdan kelib tushgan murojaatlar holati Bu ikki tizim bitta bo‘lim ichida joylashtirilgan ikki sahifadan tashkil topgan. Dasturiy vosita barcha axborotlarni ma’lumotlar bazasida saqlaydi. Ma’lumotlar bazasi tizim orqali integratsiya qilinadi va grafalar mos ravishda to‘ldiriladi. 4.8-rasm. Yil boshidan buyon budjetga yo‘naltirilgan soliqlarning soliq turlari bo‘yicha dinamikasini qo‘rishimiz mumkin. Raqamlar ko‘rsatib turganidek eng yuqori hajmdagi soliq tushumlari QQS solig‘iga to‘g‘ri kelmoda. 4.8-rasm. “Kameral nazorat” bo‘yicha soliq tushumlari statistikasi QQS bo‘yicha kelib tushgan arizani qanoatlantirish jarayoni umumiy 11 ta bosqichdan tashkil topadi. Har bir bosqich ekspert tizimidan olingan shartlar bo‘yicha nazoratdan o‘tkaziladi. Avtomatlashtirilgan va intellektual rejimda ishlovchi “QQS nazorat” tizimining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: - soliq nazorati samaradorligini va soliqlar to‘lovini rasmiylashtiruvi jarayoni tezkorligini oshirish; - tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari va mahalliy tovar hamda xizmatlarni realizatsiya qiluvchilar bilan o‘zaro hamkorlik darajasini oshirish; - soliq organlari faoliyatining shaffofligini oshirish; - axborot almashuvining yangi mexanizmlariga o‘tish; - ichki va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari hamda soliq to‘lovlarini rasmiylashtiruvi bo‘yicha mataxassislarga soliq va bojxona ma’lumotlaridan foydalanishga imkon berish. 4.9-rasm. “QQS nazorat” menyulari “QQS nazorat” dasturiy vositasining asosiy menyulari 4.9-rasmda keltirilgan va ular quyidagi vazifilarni bajaradi: - shakllantirilgan aylanma bildirgi va 7 va 11-blankalarini elektron ko‘rinishida saqlash; - QQS aylanma uchun yangi elektron blanka yaratish; - yaratilgan blankalarni o‘chirish; - QQS aylanma blanki uchun tayyor holga keltirilgandan keyin EDO tizimiga eksport qilish; - QQS nazorat tizimiga o‘tish; - KLS moduliga o‘tish. 4.10-rasm. Soliqlarni to‘lash 4.11-rasm. Bojxonadagi ma’lumotlarni soliqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri jo‘natish Arizachi to’g’risida ma’lumot JSHSHIR
F.I.O
TUG.SANA PASSPORT SERIYA VA RAQAM KIM TOMONIDAN BERILGAN BERILGAN SANA YASHASH MANZILI TELEFON RAQAMI ELEKTRON POCHTA 4.12-rasm. Tovarlarni elektron deklaratsiyasi Soliq to‘lovchilarning QQS bo‘yicha rasmiylashtirish jarayonida tizim avtomatik ravishda muvofiqlashtiriladi. “QQS nazorat” va Kameral nazoratni tashkil etish ma’lumotlarini shakllantirish uchun boshqaruv tizimlar aro integrallashagan axborot tizimi ma’lumotlarini integratsiya qilish kifoya. Uchinchi bob bo‘yicha xulosa - temir yo‘l transportida tashiluvchi yuklarni bojxona nazorati va idoralararo axborot almashish tizimi takomillashtirilgan. - YuEBN kitobi dastlabki ma’lumotlari asosida ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan va integratsiyasi ta’minlangan. - Temir yo‘l bojxona postlarida bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish dasturiy vositasi yaratilgan. - real vaqt rejimida ma’lumotlarni dasturiy majmuasiga saqlash, uzatish va ma’lumotlarni qayta ishlashni ta’minlaydigan texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan. - bojxona nazorati hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonining algoritmi ishlab chiqilgan. sssssssssssssssssss Download 27.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling