Laboratoriya ishi №8


Download 172.32 Kb.
Sana10.03.2023
Hajmi172.32 Kb.
#1257432
Bog'liq
Microsoft Access MBBT sida hisobotlarni loyihalash asoslari. Hisobotlarni taxrirlash asoslari

LABORATORIYA ISHI № 8


Bajarish muddati:

MAVZU: Microsoft Access MBBT sida hisobotlarni loyihalash asoslari. Hisobotlarni taxrirlash asoslari.


1.Microsoft Access MBBT sida hisobotlarni loyihalash asoslarini o‘rganish.
2.Xisobotlarni natijalarini chiqarish usullarini o‘rganish.
3.Xisobotlarni taxrirlash va ularga turli amallar bajaruvchi funksiyalarni qo‘shishni o‘rganish.


NAZARIY QISM:
Hisoblash maydonni qo’shish.
Instrumentlar paneli oynada ko’rinayotganligiga amin bo’lgandan keyin hisoblash maydonni qo’shish uchun Maydon (Pole) tugmasini bosing. Ushbu maydonni formaning pastki qismiga joylashtiring. Endi nomlanish maydoni maydon nomerini o’z ichiga oladi, matnli maydon esa – Bo’sh murojaatni. Nomlanish maydon uchun xususiyatlar oynasini chaqiring. Imzo (Podpis) nomi uchun Foiz (Protsent) kiriting. Qolgan barcha o’rnatishlarni nomlamasdan qoldiring. Menyuni chaqirish tugmasi ustidan ikki marta bosib oynani yoping.




Endi ma'lumotlar bilan matnli maydonni to’ldirish mumkin. Buning uchun shu ma'lumot xususiyatiga mos keladigan oynani ochish kerak. Ma'lumot qator kiritilgan ma'lumotlarni hisoblash uchun formulani kiritish kerak. Xar qanday formula har doim (=) belgisi bilan boshlanishi, maydonlar nomini to’rtburchak qovuslar ([…]) bilan tugatish zarur.

Hisoblash uchun formulani klaviatura yordamida kiritmaslik uchun yasovchi ifodalardan foydalanish mumkin. Uni chaqirish uchun yasovchi tugmasini bosish kerak. U ma'lumotlar qatorining chap tarafida joylashgan.

Hisoblash jarayonida quyidagilarni nazarda tutish kerak:


- Maydon nomi jadvaldagi mavjud maydon nomi bilan to’g’ri kelishi kerak, aks holda hisoblash jarayoni aniq va ravshan ko’rsatilmaydi, bu holda xato -# Nom (Imya)? xabari paydo bo’ladi;
- Access faqat jadvalni hosil qilishda aniqlangan va formani loyihalashda ishlatilgan maydonlarni ifodalaydi. So’nggi raqam ortidan qo’shilgan maydon hisoblanmaydi va hisoblash jarayonida ishlatilmaydi.

TOPSHIRIQLAR:

  1. Laboratoriya № 1 da yaratilgan MB uchun hisobotlar loyihasini ishlab chiqing.

  2. MB uchun kerakli jadval va so‘rovlarga natijaviy hisobotlar yarating.

TOPSHIRIQLARNI BAJARILISHI:
NAZORAT SAVOLLARI:
1) Hisobot deb nimaga aytiladi?
2) Hisobot qanday tartibda tuziladi?
3) Hisobot tuzishning necha usuli bor?
4) Mbning asosiy ob’ektlari qaysilar?


XULOSA
Men ushbu labaratoriya ishini tayyorlash jarayoni Microsoft Access MBBT sida hisobotlar yaratish usullari va qoidalarini ,hisobotlar yaratishni o’rgandim. Turli hisobotlarga asoslanib natijaviy maydonlar hosil qilish uchun qo’llanilar ekan. Labaratoriya ishi topshiriqlarini bajarish mobaynida hisobotlar haqidagi tushuncham yanada kengaydi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

  1. E.M.Karchevskiy, I.E.Flippov, I.A.Flippova “Access 2010 в примерах”, Kazanskiy Universitet 2012.

  2. M.Aripov, В. Бегалов va boshq. “Axborot texnologiyalari”. O’quv qo’llanma. –Toshkent. “Noshir”. 2009 y.

  3. T.X.Holmatov, N.I.Taylaqov, U.A.Nazarov. “Informatika”.Toshkent . 2003y

Download 172.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling