Barcha hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo’riqishi bo’ladi
Download 220.33 Kb.
|
Taqdimot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Nevroz, psixonevroz, nevrotik buzilish, nevroz kasalligi (qadimgi yunon. Νεῦρον «asab» dan yangi lot. Neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi.
Barcha hollarda psixogen omillar bu nizolar (ichki yoki tashqi), psixologik travmaga olib keladigan vaziyatlar ta’siri, stress yoki uzoq vaqt mobaynida psixika hissiy va aqliy sferasining zo’riqishi bo’ladi.
«Nevroz» tushunchasi tibbiyotga 1776-yilda shotlandiyalik shifokor Uilyam Kallen tomonidan kiritilgan. Terminning mazmuni qayta-qayta boshqatdan ko’rib chiqilgan, lekin hozirgacha uning umume’tirof qilingan ta’rifi yo’q. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, tibbiyot va biologiyada oliy asab faoliyatining turli funktsional buzilishlari ham «nevroz» deb nomlanadi.
«Nevroz» termini hozirda Amerika Qo’shma Shtatlarida professional psixiatrik hamjamiyat tomonidan ishlatilmaydi. Amerika psixik buzilishlar diagnostik va statistik qo’llanmasining 1980 yilda DSM-III uchinchi nashridan boshlab «nevrozlar» bo’limi bekor qilindi. Misol uchun, depressiv nevroz o’rniga distimik buzilish, obessiv-kompulsiv nevroz o’rniga obessiv-kompulsiv buzilish, ipoxondrik nevroz o’rniga ipoxondriya kiritildi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!Download 220.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling