Barcha korxona tashkilot va muassasa rahbarlariga


Download 14.79 Kb.
Sana26.01.2023
Hajmi14.79 Kb.
#1123431
Bog'liq
14-YANVAR NAMUNA


Barcha korxona tashkilot
va muassasa rahbarlariga

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi 1993-yil 29-dekabr 1018-XII-sonli qonun ijrosini ta’minlash hamda Toshkent viloyati hokimliginig 2023-yil 9-yanvardagi 12-4-73-sonli topshiriq xati ijrosini ta’minlash, O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilanganligini bosh g‘oya sifatida targ‘ib qilish maqsadida, siz rahbarlik qilayotgan tashkilot binosiga ushbu xat ilovasida tavsiya qilingan shiorlar asosida tayyorlangan bannerlar joylashtirishingizni so‘raymiz.


Tavsiya qilingan shiorlar yozilgan bannerni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.02.2021 yildagi 61-son qaroriga muvofiq, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida bexato yozilishini ta’minlagan holda tayyorlashingizni so‘raymiz. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2023-yil 13-yanvarga qadar tuman hokimligiga ma’lumot kiriting.
Ilova (Toshkent viloyati hokimligining 09.01.2023 dagi 12-4-73-sonli topshiriq xati)

Parkent tumani hokimi v.v.b Y. Abduxamidov
Ijrochi: A.Abdumutalov
Tel.:(99) 845-24-91
Download 14.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling