Barcha ta’lim tizimidagi tashkilotlarning bino va inshootlarini saqlanishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha y o‘ riqnoma


III. BINO VA INSHOOTLARNING MUHANDISLIK


Download 0.75 Mb.
bet3/17
Sana09.01.2022
Hajmi0.75 Mb.
#268660
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
03-03 техник (Lotincha)

III. BINO VA INSHOOTLARNING MUHANDISLIK

TIZIMI QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH QOIDALARI

3.1. Bino va inshootlarning muhandislik tizimi qurilmalaridan foydalanishga oid barcha ishlar ta’lim muassasasining bo‘linma (guruh) lari yoki ta’lim muassasasi texnikaviy xizmat ko‘rsatishga shartnoma tuzgan maxsuslashtirilgan pudratchi tashkilotlar (liftta’mir, issiqlik manbai, suvoqava va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi.

3.2. Markazlashtirilgan isitish tizimi

3.2.1. Markazlashtirilgan isitish tizimi issiqlik manbaiga qarab suv yoki havo bilan isitadigan bo‘lishi mumkin. Ta’lim muassasalarining binolari fuqaro binolari tizimiga kirishi sababli ularda harorati 100°S dan past bo‘lgan suv bilan isitish tizimlari ishlatiladi.

3.2.2. Qozonxona (kotelnaya)lardan foydalanishga mas’ul bo‘lgan xodimlar markazlashtirilgan isitish tizimi chizmalari va tizimning o‘zini bilishlari, ta’mirlashlarni qayd qilish daftarini har kuni o‘qib chiqishlari va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarini daftarga yozib borishlari, navbatchilik (smena) daftarini olib borishlari, yangi o‘rnatilgan isitish qozonlarini qozonnazoratning mahalliy inspeksiyasidan navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazish va isitish mavsumi boshlanishi oldidan tekshirish uchun taqdim etishlari lozim.

3.2.3. Isitish tizimi ishga tushirilishidan oldin butun tizimning soz ishlashi tekshiriladi: tizimdagi tik quvurlar (stoyaklar)dagi jo‘mraklar sozlanadi; ko‘ndalang quvurlarning qiyaligi tekshiriladi va sinov vaqtida isimagan ayrim asboblar (radiatorlar)dagi havo tiqinlari yo‘qotiladi va hokazolar.

3.2.4. Isitish tizimiga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga amaldagi qoida ko‘rsatilgan:

- Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari;

- Markaziy isitish va issiq suv ta’minoti tizimining suv isitish qozonlari o‘rnatilgan qozonxonalar o‘t yoquvchilari va operatorlari uchun qoidalar;

- Xavfsizlik texnikasi qoidalari va boshqalarni hujjatlarni bilishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.

3.3. Issiq suv ta’minoti tizimi isitish tizimi bilan bir vaqtida tekshiriladi va undagi nuqsonlar tugatiladi.

3.4. SHamollatish tizimidan foydalanishga mas’ul xodimlar uning chizmasi va asli bo‘yicha bilishlari shart.

3.4.1. SHamollatish qurilmalarining asosiy nosozliklariga quyidagilar kiradi:

- havo tortish panjaralarining va ularning kesakilarining yo‘qligi yoxud mavjudlarining yomon mahkamlanganligi;

- tirkab qo‘yiladigan tik shlak-gips qutilarning zichligi buzilgani;

- havo kanallariga biror narsa tiqilib qolishi;

- chordoqlardagi koroblar va shaxtalar zichligi buzilishi;

- chordoqlardagi koroblar ustidan o‘tish uchun o‘rnatilgan zinapoyali ko‘prikchalarni nosozligi yoxud yo‘qligi;

- havo tortish shaxtalaridagi shiberlar yoki drosselь-klapanlarning nosozligi yoxud yo‘qligi;

- shaxtalar tepasidagi himoya soyabonlari yoki deflektorlarning nosozligi yoxud yo‘qligi;

- shaxtalarning pardoz qatlamining buzilishi va boshqalar.

3.4.2. YUqorida ko‘rsatilgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish binoning xonalarida toza va mo‘tadil havo bo‘lishini ta’minlaydi. SHu bilan birga tashqaridagi havo qattiq sovub ketganda, shamollatish tizimini uzib qo‘yish (ventilyator orqali ishlaydigan tizimda) va tabiiy havo almashtiruvchi tizimlarda shamollatish panjaralarini yopib qo‘yishi lozim. Kun iligach shamollatish tizimlari qayta ishga tushiriladi.

3.5. Suv ta’minoti va oqova uzatish tarmoqlari binoga toza suvni etkazib berish va ifloslangan suvlar-oqavalarni binodan tashqariga uzatish uchun mo‘ljallangan.

3.5.1. Suv ta’minoti tarmog‘idan foydalanish sharoitlari yaxshi bo‘lishini ta’minlash uchun suv o‘lchagich (vodomer) ortidan o‘rnatilgan tarmoqlar va sanitariya texnikasi asboblari muntazam ko‘zdan kechiriladi. Bunda quvurlar va sanitariya texnikasi asboblarining devorlarga puxta mahkamlanganligi, jo‘mraklarni puxta o‘rnatilib, ulardan va ulanish choklaridan suv sizib chiqmasligi tekshiriladi.

3.5.2. Binoning (inshootning) suv ta’minoti tarmoqlari, uning armaturalari va suv o‘lchash uzelini qishga tayyorlashda suv sizishi bartaraf etiladi; quvur va uskunalarning chirigan ishonchsiz joylari almashtiriladi; yozda foydalanish uchun mo‘ljallangan suv quvurlari va jo‘mraklar uzib qo‘yiladi; suv bosimi baklari va tarmoqning hovlidagi muzlab qolish ehtimoli bo‘lgan qismlari issiq tutadigan materiallar bilan o‘raladi; eshiklar va isitish asboblari tuzatiladi; bino erto‘lasidagi quvurlar va suv o‘lchagich o‘rnatilgan xonalar isitiladi.

3.5.3. Tarmoqda suv bosimining pastligi, tarmoqdan suv sizishi, quvurlarning chirishi, suv jo‘mraklarining nosozligi suv ta’minoti tarmog‘ining asosiy nuqsonlaridir.

3.5.4. Oqova uzatish tarmoqlarida uchraydigan asosiy nuqsonlar quyidagilardan iborat: oqova qabul qilib oluvchi asboblar (rakovina, unitaz, pissuar va hokazo)larning shikastlanishi, hojatxonalardagi yuvish bachoklaridan suv sizishi va to‘xtovsiz oqib turishi; sifonlar, tik quvurlar va oqova shahobchasiga axlatlarning tiqilib qolishi; reviziyalardan suv sizishi va boshqalar.

3.5.5. Oqova tarmoqlarining oqova qabul qiluvchi asboblari ulardan ehtiyotsizlik bilan foydalanish natijasida shikastlanadi. YUvish bachoklarining nosozligiga, zolotnik klapani zich tegib turmasligi yoki sharsimon klapan tirsagining sozlanishi buzilgani, shuningdek yuvish quvuri bachokga zich biriktirilmaganligi sabab bo‘ladi. Ba’zi hollarda qalpoq ostidagi va berkitish jo‘mragidagi rezina halqa uzilishi


natijasida ham yuvish bachoki ishlamay qolishi mumkin.

3.5.6. Sifonlar, tik quvurlar va oqova shahobchalari tiqilib qolishi, tarmoqga suvda erimaydigan qattiq chiqindilar, latta bo‘laklari tashlanishi tufayli yuz beradi.

3.5.7. Binoning pastki yoki o‘rta qavatidagi oqova tarmog‘i tiqilib qolganda, tiqilib qolgan joy tozalanmaguncha yuqori qavatlardagi sanitariya texnikasi asboblaridan foydalanish to‘xtatilishi lozim. Hovlidagi oqova tarmog‘i shikastlanganda yoki tiqilib qolganda binodagi barcha sanitariya texnikasi asboblaridan foydalanish to‘xtatilishi va suv tarmog‘i yopib quyilishi lozim.

3.6. Ta’lim muassasalaridagi gaz asboblari va gaz quvurlarini ta’mirlash va nazorat qilish ishlari maxsus hududiy gazdan foydalanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Ularning vazifasi gaz bilan uzluksiz ta’minlash va tarmoqdan gaz sirqishini oldini olishdan iboratdir.

3.6.1. Ta’lim muassasalarining bino va inshootlarida gazdan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar:

- gaz ta’minoti tizimini bilishlari;

- gaz ishlatuvchi asboblardan va qurilmalardan foydalanish qoidalarini bilishlari;

- «O‘zbekiston Respublikasida gaz xo‘jaligidagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini» o‘rganishlari va uning talablarini bajarishlari;

- gaz xo‘jaligidan foydalanish xizmati va avariya xizmati xodimlariga gaz uskunalari hamda gaz quvurlarini tekshirish, ta’mirlash va uzib qo‘yish uchun binoga kirishlarini ta’minlashlari;

- isitilmaydigan xonalardan o‘tkazilgan gaz quvurlarini qishda muzlab qolishdan himoyalashlari;

- gaz quvurlari o‘tgan xonalar (erto‘lalar, zinapoyalar, chordoqlar va hokazo) gaz bilan ifloslanmaganligini muntazam tekshirishlari, binodagi tarmoq, jihoz va asboblar nosozligi tufayli gaz sirqiyotganligi aniqlangan xollarda xonalarni shamollatishlari, gazni to‘xtatishlari (tarmoqdagi yopish moslamasidan), olov yoqish, chiroq yoqish va elektr asboblardan foydalanishni man qilishlari, zudlik bilan gaz korxonasining nosozlik xizmatini chaqirishlari;

- gazlashtirilgan xonalardagi shamollatish qurilmalari, shuningdek gaz kolonkalaridan gaz va tutunni chetlatuvchi qurilmalarning soz holatda bo‘lishini ta’minlashlari;

- lyuklar va gaz quvurlaridagi yopish moslamalari joylashgan erlarni turli narsalar bilan to‘sib qo‘yilmaslikni ta’minlashlari lozim.

3.6.2. Binolardagi gaz uskunalaridan foydalanishga mas’ul bo‘lgan muhandis-texnik xodimlar muntazam ravishda:

- xonalarning gaz bilan ifloslanganligini nazorat qilish maqsadida ularni tekshirib, bu haqda maxsus daftarga qayd etishlari lozim;

ob-havoning o‘zgarishi natijasida konstruksiya va quvurlar deformatsiyalanishi (qisqarish va uzayish) tufayli quvurlarning qurilish konstruksiyalaridan mustaqil ravishda siljishi uchun imkoniyat beruvchi,

orayopma va devorlar orqali quvurlarni o‘tkazish uchun o‘rnatilgan gilьzalarning ahvolini tekshirib turishlari lozim;

- mo‘rilarni «O‘zbekiston Respublikasida gazdan turmushda foydalanish qoidalarida» belgilangan muddatlarda tozalanishini, ya’ni gazda ishlovchi suv isitgichlarning g‘ishtin mo‘rilari har 3 oyda, asbo-sement quvurlardan qilinganlari yiliga bir marta tozalanishini ta’minlashlari lozim;

- isitish pechlarining mo‘rilari yiliga bir marta isitish mavsumi oldidan tozalanishini ta’minlashlari lozim.

3.6.3. Gaz ta’minoti tizimidagi nosozliklar hududiy gaz xo‘jaligining nosozlik-sozlash xizmati tomonidan bartaraf qilinadi.

3.7. Bino va inshootlarning elektr qurilmalaridan foydalanishda quyidagilar asosiy hujjatlar hisoblanadi:

- «Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari»;

«Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnikaviy foydalanish qoidalari»;

- «Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari»;

- «Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalari»;

- bino elektr qurilmalarining ijro sxemalari.

3.7.1. Ta’lim muassasalarida bino va inshootlarning elektr qurilmalariga ularning soniga qarab, tegishli bosh elektrik bo‘limlari (guruhlari) yoki elektriklar xizmat ko‘rsatadilar. Ularning tasarrufida binoga elektr kiritish qurilmasidan boshlab barcha elektr qurilmalari bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida tegishli mutaxassislar bo‘lmagan hollarda, ularga qarashli transformator podstansiyalariga shartnoma asosida tuman elektr tarmoqlari tashkiloti tomonidan sozlash va ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatiladi.

3.7.2. Bino va inshootlar tasarrufida bo‘lgan ta’lim muassasalarida quyidagi texnikaviy hujjatlar bo‘lishi lozim:

- elektr qurilmalari va tarmoqlari sxemalarining ijro chizmalari;

- elektr asboblari va qurilmalarning pasportlari va elektr sxemalari;

- markazlashtirilmagan qozonxonalar, issiqlik uzellari va boshqa elektr asbob-uskunalarning pasporti, texnikaviy tavsifi, sinov bayonnomalari, elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatish yo‘riqnomalari; yopib qo‘yiladigan ishlar dalolatnomasi, elektr qurilmalarining himoyalovchi erga ulagichlarini sinovdan o‘tkazish bayonnomalari.

3.7.3. Bino va inshootlarning elektr qurilmalariga xavfsizlik texnikasi qoidalari (XTq) bo‘yicha kamida III malaka darajasiga ega bo‘lgan elektr montyorlar xizmat ko‘rsatishlari mumkin. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning texnikaviy foydalanish qoidalari (TFq) va xavfsizlik texnikasi qoidalari (XTq)ga doir bilimlari amaldagi nizomga binoan maxsus komissiya tomonidan tekshiriladi va ularga berilgan malaka darajasi tegishli guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

3.7.4. Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar:


-TFq va XTq talablariga binoan elektr kuchlanish hamda yoritish qurilmalarining soz holatda bo‘lishini ta’minlashlari;

- isrofgarchilikni yo‘qotish evaziga elektr energiyasini oqilona sarflash tadbirlarini amalga oshirishlari;

- elektr qurilmalari va elektr tarmoqlarini tasdiqlangan jadvalga muvofiq texnikaviy ko‘zdan kechirishlari hamda tuzatishlari;

- elektr qurilmalarni butligi, odamlar xavfsizligi, yong‘in xavfsizligiga taxdid soluvchi yoki elektr ta’minoti inshootlari ishdan chiqishga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan nuqsonlar aniqlanganda, nuqsonlar to‘la bartaraf etilgunga qadar, elektr tarmoqning nosoz qismini zudlik bilan uzib qo‘yishlari;

- ta’minlovchi tarmoqlar uzilib qolishi bilan bog‘liq nosozliklar, odamlar elektr tokidan shikastlangan va elektr miqdorini hisoblash qurilmalari ishidagi barcha nosozliklar haqida elektr bilan ta’minlovchi tuman tashkilotlariga darhol ma’lum qilishlari shart.

3.7.5. Yiliga 2 marta amalga oshiriladigan elektr qurilmalarini texnikaviy ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida quyidagilar tekshirilishi lozim:

- yangi elektr uskunalari o‘rnatishda transformator podstansiyasi va elektr shitlari saqlagich yoki avtomatlarni quvvati;

- tarmoqlash qutichalarining kontakt qisqichlari, birikmalari va qutichalarning o‘zi;

- yoritgichlarga, yoqib-o‘chirgichlarga, rozetkalarga, elektr щitlarga, elektr hisoblagichlarga devor ichidan chiqqan simlar;

- ochiq usulda o‘tkazilgan simlarning mahkamlanishi, devor orqali sim o‘tkazish joylarida vtulka va quvurlar borligi, qurilmalarni erga ulovchi simlarning puxtaligi;

- guruh bo‘lib foydalaniladigan elektr shchitlar, saqlagichlar, avtomatlar;

- kuchli (silovoy) qurilmalarning sozligi.

3.7.6. Himoya izolyasiyasi shikastlanganda tok ostida qolishi mumkin bo‘lgan elektr qurilmalar erga ulangan bo‘lishlari shart.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling