Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz
Geografiyani o’rganish ishlari qaysi yo‘nalishlarda olib borilmoqda?
Download 1.66 Mb.
|
4. Geografiyani o’rganish ishlari qaysi yo‘nalishlarda olib borilmoqda?
Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstikmatematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi. Adabiyotlar bilan ishlash usuli. har qanday ilmiy ish shu sohada e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va umumlashtiriladi. Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar bo’yicha ma’lumotlar to’planadi va tahlil qilingadi: ta’lim bo’yicha davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar; bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy adabiyotlar o’rganiladi; mantiq, psixalogiya va didaktika bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida tahlil qilinadi; Adabiyotlar tahlil i amalga oshirilgandan so’ng o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi, o’rganil-may qolgan jihatlari aniqlanadi. Statistik- matematik metodlar. O’qitish metodikasi bo’yicha olib borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish maqsadida qo’llaniladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga keltirish va tahlil qilish metodik tatqiqotlarda katta ahamiyatga ega. Chunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi. Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin. Qiyosiy usul. Mazkur usul yordamida fandagi va maktab geografiyasidagi bilimlar tizimi, o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlar, o’quv vositalari, baholash usullari, dars turlari tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Bu esa tatqiq qilinayotgan muammoni umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga imkon beradi. Tarixiy usul. Mazkur usul yordamida o’rganilayotgan metodik muammoning rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari ochib beriladi. Bundan tashqari ma’lum bir muammoni ayrim davrlarda rivojlanishini ham ochib beradi. Tizimli - tuzilish usuli. Bu umumiy fanlararo tadqiqot usuli bo’lib XX-asrning 70-yillaridan boshlab ilmiy-tatqiqot ishlarida keng qo’llanila boshlandi. Mazkur usul bir butun bo’lgan geografik borliqni eng muhim xususiyatini ochib berish va uni tarkibiy tuzilishining darajalarini aniqlashdan iborat. Geografiyani o’qitish metodikasida mazkur usul yordamida ma’lum bir tizim tizimchalarga bo’linadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling