Barcha turdagi kompyuter xizmatlarini taklif qilamiz


Umumiy Yer bilimi fanining ilmiy tadqiqot usullari haqida nimalarni bilasiz?


Download 1.66 Mb.
bet3/69
Sana22.02.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1221304
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
3. Umumiy Yer bilimi fanining ilmiy tadqiqot usullari haqida nimalarni bilasiz?
Umumiy Yer bilimi geografiya fanlar tizimining ajralmas bir qismi bo'lib, Yer sharining eng ustki murakkab tuzilishga ega bo'lgan qatlami hisoblangan geografik qobiq tabiatini, tuzilishini, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Talabalar ushbu fanni o'rganishlari orqali geografik qobiq-litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalarning uzoq vaqt davom etgan o'zaro ta'siri va o ‘zaro uzviy aloqalarining hosilasi ekanligini bilib oladilar. Geografik qobiq Yerning yaxlit qonuniy takomillashgan qobig'i bo'lib, Umumiy Yer bilimining o'rganish obyekti hisoblanadi. Umumiy Yer bilimining asosiy maqsadi talabalarda geografik qobiqda sodir bo'layotgan jarayonlarni ilmiy asosda bilishlari uchun barcha tabiiy komponentlarni majmuali (kompleks) holda tahlil qilib chiqish malakalarini hosil qilishdir. Chunki tabiiy komponentlar haqida birorta fan bunday vazifalarni bajara olmaydi. Ular tabiat unsurlarining faqat bir sohasi haqida, chunonchi geologiya tog' jinsi, botanika o'simliklar, zoologiya hayvonlar haqida mushohada yuritadi. Umumiy Yer bilimi geografik qobiq sferalarini uzoq vaqt davom etgan evolutsion jarayon oqibatida vujudga kelgan murakkab to'xtovsiz rivojlanishga ega bo'lgan yaxlit (bir butun) tizim sifatida o ‘rganadi. Shuning uchun mazkur kursni «Umumiy Yer bilimi» deb atalishini ham ma’lum darajada asosi bor. з Umumiy Yer bilimini o ‘rganish orqali talabalar geografik qobiqda sodir boMadigan tabiiy jarayonlarni vujudga kelish va ularning rivojlanish xususityatlari, sabab va oqibatlarini bilish bilan birga olamni paydo boMishi, galaktikalar, Quyosh tizimi, sayyoralar, Yerning tuzilishi haqida ham yetarlicha m a’Iumotlarga ega boMadilar. Shuningdek, tabiat va jamiyatda sodir boMayotgan narsa va hodisalar haqida, ular orasidagi o ‘zaro aloqa hamda munosabatlar to‘g lrisida umumiy xulosalar qiladi, geografik qobiqni bir butun holatda o'rganadi. Bu esa yuqori bosqichlarda o ‘rganiladigan geografik fanlar uchun asos-negiz vazifasini o’taydi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling