Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Mavzu ____________________________________________________________ _________________________________________________________________ Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi. Shikastlanishlarda mahalliy o‘zgarishlar bilan bir qatorda, umumiy o'zgarish va og‘ir asoratlar kelib chiqishi mumkin. Shikastlanishlar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Shikastlangan bemorlarni tekshirishda xuddi xirurgik bemoflarni tekshirishda qoMlaniladigan usullar ishlatiladi. Og‘ir jarohatlardan keyin bemorda simptomlar tez rivojlanib, ko‘pincha shok vujudga kelishi mumkin. Bularning hammasi xirurg va hamshiradan zudlik bilan tashxis qo‘yishni va kerakli birlamchi tibbiy yordam berishni o‘sha joyning o‘zida hal qilishmi taqozo etadi. Shikastlangan joyning tashqi ko‘rinishi hamma vaqt ham bemorning ahvoliga mos kelavermaydi. Masalan, uncha katta bo‘lmagan ko'krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘iga yetkazilgan jarohat ichki a’zolar butunligining buzilishiga olib keladi. Bosh miyaning yopiq, orqa miyaning og‘ir shikastlari ham aniq tashqi belgilarga ega bo‘lmasligi mumkin. Simptomlari aniq bo'lgan har qanday jarohat inson hayoti uchun xavfli bo‘lmasligi ham mumkin. Aytaylik, katta shikastlanishlarda og‘ir asoratlar organizmning boshqa sohalaridagi kasalliklar bilan birga namoyon boMishi mumkin. Qo‘l-oyoq terisi shilingan bemorda jigar, taloq va boshqa a’zolarning butunligi buzilgan boMishi ham mumkin. Ayniqsa, bemor hushsiz yotgan; kalla suyagi shikastlangan, uning ustiga spirtli ichimliklar ichgan, shok holatiga tushgan bo‘lsa, tashxis qo‘yish ancha qiyin bo‘ladi. Bemorning og'ir jarohat ta’sirida ahvoli yomonlashganda unga tez yordam berish kerak. Masalan, kamqonlikka olib keladigan arterial qon ketayotgan yoki nafas yo‘llariga yot moddalar tiqilib qolgan bo‘lsa, avvalo, shu asoratlarning oldini olishga, davolashga intilish kerak, so‘ngra anamnez yig‘ish va boshqa tekshirishlarni boshlash mumkin. Bemor anamnezini to‘plash va uning shikoyatlari bilan tanishish vaqtida beriladigan savollar aniq va qisqa bo'lishi kerak. Zararlangan kishi yoki uni olib kelgan odamlar orqali shikastlanish vaqt], sabablari, qanday sharoitda yuz berganligi, bemorning jarohat olishdan oldin va* keyingi holati, qachon va qayerda birinchi yordam ko‘rsatilganligini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bemorning boshqa sistema va a’zolarida bo‘lgan qo‘shimcha kasallik belgilarini ham surishtirmoq lozim bo‘ladi. Savollarga olingan javoblar, zararlangan joyni chuqur ko‘rish va tekshirish, tashxis usullari asoratlarining oldini olishga yordam berishi lozim. Masalan, suyaklar sinishi, nerv tolalari va magistral qon tomirla- rining shikastlanishiga, ko‘krak qafasidagi jarohat natijasida plevra bo'sh- lig‘iga qon quyilishi yoki yurak tamponadasiga sabab bo‘lishi mumkin. Jarohatga tuproq tushishi yoki ifloslangan kiyim-kechak qoqshol, gazli gangrenaga olib kelishi mumkin. Yoki miya chayqalib lat yeyishi vaqtida boshning shikastlanishi bilan bir qatorda, kishi hushidan ketadi. Bunda\' bemorlaming 1,5 —2 soatdan keyin hushdan ketishi miya icliiga qon quyilib. uning asosiy markazlari oqayotgan qon bilan ezilishini bildiradi. Jarohat ta’sir qilgan sohani ko‘zdan kechirishda shu sohadagi terining rangi, qoi-oyoqning kalta-uzunligi, sohaning konfiguratsiyasi. shaklining o'zgarishi, jarohatning katta-kichikligi, chuqurligi, xususiyati (kesilgan, yirtilgan, urib olingan va h.k.) va boshqa belgilariga ahamiyat beriladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling