Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Download 0.64 Mb.
bet2/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Shikastlanish tasnifi. Shikastlanishning quyidagi turlari farq qilinadi.

  1. bo‘shliqlarga tesliib kirmaydigan (qorin, plevra, sinovial pardalar shikastlanmaydigan);

  2. onda-sonda;

  3. ko'p sonli;

  4. oddiy (to‘qimalarning bir qismi shikastlangan);

  5. kombinatsiyali shikastlanish (bir qancha a’zolar shikastlanganda).

  1. Shikastlaydigan kuch ta’siriga ko‘ra:

  1. bevosita (shikastlanish kuch tushgan sohada yuz beradigan);

  2. bilvosita (shikastlanish kuch tushgan sohadan uzoqda sodir boMadigan).

  1. Ta’sir qilish vaqti bo‘yicha:

  1. o'tkir kuch ta’sir qilgan zahoti yuz berganda;

  2. surunkali (shikast yetkazuvchi omil ko‘p marta ta’sir etganda paydo bo'lgan) turlarga bo'linadi. Shifokor kelguncha birinchi yordam ko‘rsatish va davo muolajalarini birmuncha samarali o'tkazish uchun tibbiyot hamshirasi quyidagi tekshirish usullarini bilishi lozim. Buning uchun hamshira bo‘g‘imdagi harakatlar hajmini maxsus asbob — uglomer bilan aniqlaydi va uning patologik holati darajasini qayd qiladi. Buning uchun uglomer branshlari oyoq yoki qo‘l o'qi bo‘ylab qo'yiladi, uglomerning o‘qi esa shu bo‘g‘im- ning aylanish o'qiga muvofiq joylashtiriladi. Hisob oyoq yoki qo‘lning dastlabki vaziyatiga nisbatan olinadi. Dastlabki vaziyat deganda tana va oyoq-qo‘llarning erkin vertikal vaziyatida bo‘g‘imning holati (chanoq- son va tizza bo‘g‘imlari uchun 180°C, boldir-tovon bo‘g‘imi uchun 90°C burchak) tushuniladi.

Sagittal tekislikdagi harakat bukish va yozish deb yuritiladi. Bunda oyoq va qo‘l panjasi uchun oyoq-kaft, kaft orqasi va kaftni bukish degan so'zlarni qo‘shish lozim. Frontal tekislikdagi harakatlar uzoqiashtirish va yaqinlashtirish deb ataladi.
Bilak-panja bo‘g‘imidagi harakat (bukish) ulnar (bilak suyagi tomoniga) bo‘lishi mumkin. Bo‘ylama o‘q atrofidagi harakatlar tashqi va ichki rotatsiya nomi bilan yuritiladi. Bo‘g‘imlarda harakatchanlikning buzilish darajasi quyidagi tushunchalar bilan ifodalaniladi:


  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling