Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


ankiioz — bo‘g‘imning butunlay harakatsiz bo'lib qolishi; rigidiik


Download 0.64 Mb.
bet3/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

ankiioz — bo‘g‘imning butunlay harakatsiz bo'lib qolishi;

  • rigidiik — bo‘g‘inida siljish harakatlarining 5 gradusdan osh- masligi;

    3) kontraktura — bo‘g‘imda harakatning cheklanishi.
    Cheklanishlardan tashqari, bo‘g‘imlarda ortiqcha harakatchanlik kuzatiladi. Bu ko‘pincha bog‘lam apparati buzilganda va cho'zilganda ro‘y beradi.
    Patologik harakatchanlik deb bo‘g‘im bo‘lmagandagi (singan, soxta bo‘g‘im) harakatchanlikka aytiladi.
    Oyoq-qo‘llarning uzunligi va aylanasini oMchash uchun santimetrh tasma ishlatiladi. 0‘lchashda kasal soha, albatta, sog‘lom simmetrik soha bilan taqqoslanadi. Sohshtirma oMchashda suyak do'nglari tanish nuqtalar bo‘Ub xizmat qiladi.
    Yelka uzunligini kurakning akromial o‘sig‘idan to yelkaning tashqi do‘ngi ustidagi ko‘tarilgan joygacha aniqlanadi. Bilak uzunhgi yelkaning tashqi do‘ngi ustidan to bigizsimon o‘siqqacha aniqlanadi. Qo‘lning boshdan oyoq uzunligi akromial o‘siqdan kaft yuzasi bo‘ylab uchinchi barmoq oxirigacha aniqlanadi.
    Oyoq uzunligi yonbosh suyakning oldingi ustki o‘sig‘idan to ichki to‘piqqacha, son uzunligi katta ko‘st bilan tizza bo‘g‘imining bo‘g‘im yorig'igacha, boldir uzunligi esa bo‘g‘im yorig‘idan to tashqi to'piqqacha aniqlanadi. Qisqarish yoki uzayishning quyidagi turlari bilan farq qilinadi.

    1. Chin (anatomik) qisqarish yoki uzayish. U oyoq yoki qo‘l uzun- ligining anatomik o‘zgarishlariga bog‘liq. Qisqarish suyak siniqlarining uzunasiga siljishi,

    2. o'sishdan orqada qolish va boshqalar natijasida yuz bergan suyak sinishida kuzatiladi. Oyoq yoki qo‘lning uzayishi sildan zararlanishning boshlang‘ich bosqichlarida (bo‘g‘imda suyaklarning surilishi — bo‘g‘im yorig‘ining kattalashishi hisobiga) yuz berishi mumkin.

    3. Proyeksion qisqarish yoki uzayish oyoq-qo‘lning kontraktura yoki ankiloz sababli noto‘g‘ri joylashishi natijasida kelib chiqadi.

    4. Nisbiy (dislokatsiyali) qisqarish yoki uzayish suyak chiqishi hollarida, birikadigan bitta suyak boshqasiga nisbatan siljiganda kuzatiladi.

    5. Bemorning vertikal vaziyatidan oyoqning funksional qisqarishi yoki uzayishi (summar qisqarish yoki uzayish) — bu oyoqning chin proyeksion va nisbiy qisqarishi yig‘indisidir. Oyoq (kasal va sog‘lom oyoq) aylanasi simmetrik joylarda (suyakning tanish nuqtalaridan ma’lum masofalarda) oMchanadi. Masalan, o‘ng tomondagi son aylanasi katta ko‘stdan 10 sm quyida aniqlansa, chap son ham shu masofadan o‘lchanadi. Odatda, aylana oyoqning yuqori-o‘rta va pastki uchdan bir qismdan o‘lchanadi.


    MAVZU: ______________________________________________________________
    ______________________________________________________________

    X irurgik infeksiya deganda davolash, asosan, xirurgik usullar bilan olib boriladigan, nospetsifik va spetsifik mikroblar keltirib chiqaradigan yallig Manish kasalligi tushuniladi. Klinik turiga qarab, xirurgik infeksiya o'tkir (stafilokokk va streptokokk, ko‘k yiring tayoqciiasi, qoqshol, gazli gangrena, sil va b.) va surunkali( spetsifik va nospetsifik) turlarga bo‘linadi.


    Mexanik va boshqa omillar ta’sirida terining ustki qavati va shilliq pardalari zararlanadi, ana shu yo‘l bilan infeksiya uchun „kirish darvozasi“ ochiladi. Mikroblar, hatto teridagi arzimagan yaralar tufayli to‘qimalar orasidagi bo'shliqqa, keyin limfa sistemasiga, limfa oqimi bilan esa yanada ichkaridagi to‘qima qavatlariga — teriosti mushaklari, limfa tugunlari va boshqalarga o‘tadi.
    Xirurgik infeksiyaning navbatdagi avj olishi yiringli jarayonning yoyilishi, organizmning immunologik holati va mikroblarning virulentligiga bog‘liq. Xirurgik infeksiya avj olishida to‘qirnalarning anatomik-fiziologik xususiyati katta o'rin tutadi. Qon tez oqadigan yuz va boshningv^ochli qismida mikroblarning tarqalishi birmuncha cheklangan; ayni paytda septik metastazlar xuddi mana shu joylardan kollateral venalar orqali bosh suyagining ichki venoz sinuslariga kirib borishi, tromboz va yiringli meningitni keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, to‘qimalar immunobiologik xususiyatlari ham ancha ahamiyatlidir. Mikroblar ko‘proq uchratiladigan joylarda (chot, son) yiringli jarayonlarkamdan kam hollarda paydo bo‘ladi. Chunki yuqorida aytilgan joylarda to'qimalarda mikroblar va ularning toksinlariga qarshi chidamlilik, ya’ni mahalliy immunitet yuzaga kelgan bo‘ladi.
    0‘tkir yiringli infeksiyaning avj olishiga quyidagi omillar imkon yaratadi;

    1. kirish darvozasi sohasida teri trofikasi (to'qimalarda normal moddalar almashinuvi) ning buzilishi (qon quyilishi, nekroz o‘choq- lari);

    2. poliinfeksiya (bir necha turdagi mikrob florasining birgalikda ta’sir etishi);

    3. superinfeksiya (virulentligi bilan farq qiluvchi mikroblarning yangi turlari kirishi yoki to‘planishi).

    Organizmning yiringli infeksiyaga reaksiyasi umumiy, shuningdek, mahalliy bo‘ladi.

    Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   185




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling