Gazli gangrena qozgatuvchilari


Download 87.5 Kb.
Sana07.04.2023
Hajmi87.5 Kb.
#1340473
Bog'liq
Erkinova Aziza

GAZLI GANGRENA QOZGATUVCHILARI

Erkinova Aziza

GAZLI GANGRENA QOZGATUVCHILARI

  • Gazli gangrena polimikrob infeksiya, bir, ya’ni bir necha guruh mikroorganizmlar ta’sirida yuzaga keladi. Ular Bacillaceae oilasiga, Clostridium avlodiga kiradi. Mikrob guruhlarining asosiy a’zolari C. perfringens, C. novyi, C. septicum, C. histolyticum, C. sordellii hi- soblanadi. Kasallik odamda organizmga bitta yoki ikkita qo‘zg‘atuvchi yoki qo‘shimcha aerob stafilokokk yoki streptokokk tushishi nati- jasida yuzaga keladi.

Clostridium perfringens

  • C. perfringens 1892-yilda Uelch va Nettal tomonidan aniqlangan.Morfologiyasi. C. perfringens — yirik polimorf tayoqchasimon, 3—9×0, ← 9—1,2 mkm kattalikdagi mikroblar. Harakatsiz. Organizm- dan ajratib olingan yangi kulturada kapsula aniqlanadi. Noqulay sharoitga tushganda ovalsimon spora hosil qiladi, markaziy yoki sub- terminal holatda joylashadi. Grammusbat bo‘yaladi, eski kulturalar Gram usulida bo‘yalish xossasidan mahrum.Kultural xossasi. C. perfringens — anaerob, lekin kislorodga sezuvchan emas. Go‘sht va kazein qo‘shilgan muhitda yaxshi o‘sadi. 37—42°C haroratda, pH 7,2—7,4 sharoitida 3—8 soatdan keyin ko‘p miqdorda gaz hosil qilib, pHni kislotali sharoit tomonga o‘zgartirib o‘sadi. Zich oziqa muhitida C. perfringens R shaklli, g‘adir-budur, S shaklli silliq va shilliq, M shaklli koloniya hosil qilib o‘sadi. Suyuq oziqa muhitida bir tekis loyqalanib va gaz hosil qilib o‘sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qilib o‘sadi.Fermentativ xossasi C. perfringens letsitinaza, gialuronidaza, jelatinaza, kollagenaza va boshqa patogen fermentlarni ishlab chi- qaradi.

Toksigenligi va Antigenligi

  • Toksigenligi. C. perfringens murakkab tarkibli toksin ajratadi. U bir qancha toksinlardan iborat bo‘lib, grekcha α, y, β va boshqa harflar bilan belgilanadi. Bulardan asosan, α-toksini faol toksigenlik xossasini saqlaydi.Antigenligi. C. perfringens beshta serovarlarga bo‘linadi va ular A, B, C, D, E kabi lotin harflari bilan belgilanadi. Bular bir-biridan antigenlik va biokimyoviy xossasiga ko‘ra farqlanadi.A-serovari odam ichagida doimo uchraydi va toksikoinfeksiya (ovqatdan zaharlanish) keltirib chiqarishi mumkin. B-serovari qo‘zi- choqlarda ichak funksiyasining buzilishini, C-serovari ayrim odam- larda nekrotik enteritni va yirik shoxli hayvonlarda kasallik keltirib chi- qaradi. D-serovari hayvonlarda enterotoksemiyani keltirib chiqaradi. Chidamliligi. Vegetativ shakli tashqi muhitga uncha chidamli emas, ularga dezinfeksiyalovchi moddalar o‘ldiruvchan ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim shtammlarining sporalari qaynatilganda bir necha daqiqagacha saqlanadi. A-serovari ancha chidamlidir.Patogenligi. Òabiiy sharoitda C. perfringens uy hayvonlarida kasallik keltirib chiqaradi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho‘chqachasi, quyonlar, kaptar, sichqonlar sezuvchandir. Laboratoriya hayvonlariga zararli material yuborilgan joyda yallig‘lanish (nekroz) hosil bo‘ladi. Qonda klostridiylar uchrashi mumkin.

Clostridium novyi

  • C. novyini 1874-yili Novi aniqlagan.Morfologiyasi. C.novyi — yirik, to‘g‘ri yoki biroz bukilgan. 4—22×1← 4—1,6 mkm kattalikdagi tayoqchasimonlardir. Ko‘pincha zanjirsimon bo‘lib joylashadi. Harakatchan, xivchinlari peretrix joylashgan. Òashqi muhitda ovalsimon spora hosil qiladi, subterminal joylashadi (sporaning kattaligi hujayradan kattaroq bo‘lishi mumkin).Kultural xossasi. C. novyi — jiddiy anaerob. Kislorodga juda sezgir. Kazeinli uglevodli, go‘sht-peptonli muhitlarda, 37—43°C da, pH 7,4—7,6 sharoitda yaxshi o‘sadi. Zich oziqa muhitida 48 soatdan keyin yumaloq, yarimtiniq, yuzasi donador, chetlari g‘adir-budur koloniya hosil qilib o‘sadi. Òik agarda esa markazi kesakka o‘xshash sharsimon koloniya hosil qilib o‘sadi. Suyuq oziqa muhitida gaz chiqaradi va cho‘kkan parda holida o‘sadi. Qonli agarda koloniya atrofida gemoliz zonasi hosil qiladi.Fermentativ xossasi. C. novyi C. perfringensga nisbatan kam faoldir. U faqat glukoza hamda maltozani kislota va gazgacha parchalaydi. Proteolitik xossasiga ko‘ra, sutni sekin-asta ivitadi, jelatinani sekin suyultiradi. Indol va vodorod sulfidini hosil qilmaydi.

Chidamliligi va Patogenligi

  • Patogen fosfo- liðaza fermentini ajratadi.Antigenligi. C. novyi A, B, C, D serovarlarga bo‘linadi: ular bir- biridan antigenlik va toksigenlik xossasiga ko‘ra farqlanadi.Òoksigenligi. C. novyi bir qancha toksinlarni sintezlaydi va ular yunon harflari bilan belgilanadi — α, β, γ va boshq.Ekzotoksini nekrozga, gemolizga uchratish va o‘ldidiruvchan ta’sir qilish xossasiga ega. Bundan tashqari, ular qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini buzadi, bu esa organizmning shishishiga olib keladi
  • Chidamliligi. C. novyining vegetativ shakli kam chidamli. Sporasi tashqi muhitda uzoq (25—30 yillargacha) saqlanadi. Sporasi qayna- tilganda 40—60 daqiqadan so‘ng, tik quyosh nuri ta’sirida bir kundan so‘ng nobud bo‘ladi. Dezinfeksiyalovchi moddalar ta’sirida 10—15 da- qiqadan so‘ng o‘ladi
  • Patogenligi. C. novyiga qushlar (kaptar) va sutemarlar sezgirdir. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho‘chqachasi, quyonlar, sich- qonlar sezgir. C. novyi kulturasi teri ostiga yuborilganda ularda ilvi- rab qolgan shish, ayrim hollarda gaz hosil bo‘ladi. Hayvonlar 24 soat- dan so‘ng nobud bo‘ladi.

Download 87.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling