Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi


Boylamlarning cho‘ziIishi va yirtilishi


Download 0.64 Mb.
bet7/185
Sana24.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1226316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185
Bog'liq
Рефератлар

Boylamlarning cho‘ziIishi va yirtilishi
Bo‘g‘imda uning hajmidan oshib ketadigan harakat bo‘lganda uni mahkam usMab turadigan boylam apparati cho‘ziladi (uziladi), ba’zan esa yirtiladi. Bo‘g‘im sohasida og‘riq va sMsh, harakatlaming cheklanishi kuzatiladi. Boylamlar yirtilganda gematoma paydo bo‘ladi va harakat keragidan ortiqcha boiadi. Oyoq-qo‘lga orom berish zarur. Bo‘g‘im sohasiga bosib tura­digan bog‘lam bog‘lanadi. Dastiabki kunlari sovuq, keyinchalik issiq muolajalar mahalliy qo‘llaniladi. Boylam yirtilganda gips bog‘lam qo‘yiladi, konservativ davolash yaxshi natija bermaganda operatsiya yo‘li bilan davo qilinadi.
Mushakning yirtilishi
Mushak qattiq cho‘zilganda va unga kuch kelganda, masa- lan, og‘ir yuk ko‘tarilganda u yirtilishi mumkin. Qorin mushaklari va oyoq-qo‘llarni yozuvchi mushaklar ko‘p yirti­ladi. Mushaklar qisman va to‘liq yirtilishi mumkin. Yirtilgan sohani paypaslab ko‘rishda, ayniqsa mushak to‘liq yirtilganda og‘riq seziladi, shikastlangan mushak nuqsoni aniqlanadi. Keyinroq gematoma hosil bo'lishi hisobiga o‘smasimon tuzilma paydo bo‘ladi. Odatda, shu mushak faoliyati pasayadi yoki butuniay yo‘qoladi. Mushakning yirtilgan qismlarini to‘liq darajada yaqinlashtir- gan holatda unga orom berish zarur. Shikastlangan sohaga dastiabki kunlari orom berib, sovuq muolajalar buyuriladi. Keyinroq issiq qo'yiladi. Mushak to‘liq yirtilganda operatsiya qilinadi — mushakning yirtilgan qismlari tikiladi.
Uzoq muddat bosilish sindromi
Uzoq muddat bosilish sindromi deganda oyoq-qo‘llar yumshoq to'qimalarining zilzila vaqtida, bosib qolishda va boshqalarda uzoq muddatgacha turh narsalar (daraxt, toshlar, tuproq va hokazo) ostida bosilishi oqibatida yuz beradigan ma’lum simptomlar yig‘indisi tushuniladi. Oyoq yoki qo‘lni bosib turgan narsadan ozod qilingandan so‘ng to'qimalarda yig‘ilgan toksinli moddalar, shuningdek og'riq impulslari oqimi oiBanizmga tushadi va shokni eslatuvchi klinik manzarani keltirib chiqaradi.


MAVZU: ______________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________

O‘rta quloq yallig‘lanishiga sabab bo‘ladigan mikroflorakokklardan iborat (streptokokk, stafilokokk, pnevmokokk). Kasallik, eshituv nayi shilliq qavatining yallig‘lanishi natijasida, eshituv nayining torayishi va berkilishiga olib keladi, chunki shilliq qavatdagi bezlarning shira chiqarishi ko‘payib, nog‘ora bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘iladi. Bunda bemorning ahvoli aytarli o‘zgarmaydi, quloqda og‘riq sezilmaydi. U faqatgina quloq bitishidan, eshitish qobiliyati pasayganidan, ozgina shovqindan va o‘z ovozini kasal quloqda ko‘proq eshitishidan shikoyat qiladi.


Bemorning qulog‘i tekshirilganda quloq parda ichkari tomon tortilgan bo‘lib, uning rangi bir oz sarg‘ish yoki ko‘kimtir holatda bo‘ladi. Ba’zan nog‘ora bo‘shlig‘idagi suyuqlik sathini quloq pardadan ko‘rish mumkin. Agar kataral otitni o‘z vaqtida davolanmasa yiringli otitga aylanishi mumkin.
Davolash: bemorga og‘riq qoldiruvchi, isitma tushi- ruvchi, shishga qarshi, antigistamin dori moddalar, keng qamrovli antibiotiklar, burun bo‘shlig‘iga tomirlarni toray- tiruvchi suyuqliklar tomizish buyuriladi. Fizioterapevtik muolajalar ham tavsiya etiladi. Jumladan, isituvchi kom- press yaxshi natija beradi. Quloq sohasiga qo‘yilgan kom- press og‘riqni qoldiruvchi va isituvchi ta’sir ko‘rsatadi, uni yiringli yallig‘lanish alomatlari yo‘qligida qo‘llash mumkin. Isituvchi kompress qo‘yish texnikasi: 4 qavat qilib taxlan- gan doka va kompress uchun maxsus qog‘oz olinib uni qaychi bilan qirqib quloq suprasi uchun teshik ochiladi. Bu qog‘ozning o‘lchami dokadan kattaroq bo‘lishi ke- rak. Dokani teng nisbatda suv bilan aralashtirilgan spirtda namlab, siqib olinadi va uni quloq sohasiga qo‘yiladi, so‘ng uning ustidan maxsus kompress qog‘oz qo‘yiladi. Ularning ustidan paxta bo‘lagi yopilib bint bilan bog‘lanadi. Kom­press 6—8 soatdan so‘ng olinib, teri quruq qilib artiladi va quruq bog‘lam qo‘yiladi.
O‘tkir yiringli otit
Yiringli otit uch bosqichda o‘tadi. Birinchi bosqich- da o‘rta quloq yallig‘lanib, ekssudat va infiltrat paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bemor qulog‘idagi qattiq og‘riqdan, ishtahasi yo‘qligidan, uyqusi buzilganidan shi- koyat qiladi.
Quloq tekshirib ko‘rilganda nog‘ora parda qizarib, ekssudat tufayli bo‘rtib chiqqan bo‘ladi. Tana harorati 38—39°C gacha ko‘tarilishi mumkin.
Ikkinchi bosqich — nog‘ora pardaning teshilishi va yi- ring oqishidan boshlanadi.
Bu bosqichni perforativ bosqich deyiladi. Bunda quloqdan 5—7 kun yiring oqadi. Og‘riq bi- roz kamayib bemorning ahvoli yaxshilanadi, tana harorati me’yorga tushadi, lekin eshitish pasayadi.Uchinchi bosqich — sog‘ayish bosqichi deyiladi, bunda yallig‘lanish jarayoni to‘xtaydi. Bemorga o‘z vaqtida te- gishli yordam ko‘rsatilsa perforativ teshik berkiladi, quloq- ning eshitish funksiyasi tiklanadi. Davolash: bemorning ahvoli og‘ir bo‘lsa uni statsionarga yotqizish kerak bo‘ladi. Unga kuchli antibiotiklar yuborib, qulog‘iga spirtga shimdirilgan paxta yoki doka qo‘yiladi. Bun- da kamfora yog‘i bilan kompress qilish yaxshi natija beradi.
Ba’zida o‘tkir yiringli otitni birinchi bosqichi cho‘zilib ketib, bemorning ahvoli og‘irlashsa zudlik bilan maxsus asbob yordamida quloq pardani sun’iy yo‘l bilan teshish zarur (parasentez). Bolalarda o‘tkir virusli respirator infeksiyalardan so‘ng, ko‘pincha o‘rta quloqning shamollashi natijasida o‘tkir otit boshlanadi. Bunday hollarda bola qulog‘iga isituvchi kom­press qo‘yish lozim, buning uchun kamfora spirtining suv bilan teng nisbatda aral ashmasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunday qilinganda og‘riq kamayib, bola tinchlanadi.
Bolani iloji boricha zudlik bilan vrach — oto- rinolaringolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Agar muolaja o‘z vaqtida boshlanmasa, otit surunkali shakliga o‘tib ketishi mumkin. Rivojlanayotgan kasallikka eshitish a’zosining o‘zi qarshilik ko‘rsatadi. Bolalarning eshitish a’zosidagi kanallari kattalarnikiga nisbatan qing‘ir-qiyshiq bo‘ladi. Bolalarda tashqi eshituv yo‘li oxirida o‘rta quloqni yopib turuvchi nog‘ora pardasi joylashgan. Nog‘ora bo‘shliq ger- metik emas — eshitish yoki Yevstaxiyev nayi uni burun bo‘shlig‘i bilan birlashtiradi. Bolalarda burun bo‘shlig‘i va quloqni birlashtiruvchi Yevstaxiyev nayi keng va kalta bo‘lgani sababli mikroblar burun bo‘shlig‘idan to‘g‘ri qu­loqning nog‘ora bo‘shlig‘iga kelib tushadi. Boshlang‘ich davrida kataral otit rivojlanadi, bunda quloq bo‘shlig‘ida eshitish qobiliyati pasayadi, og‘irlashadi va to‘lib qolgan- dek tuyuladi. Zudlik bilan oldini olinmasa kataral otit yiringlashga olib keladi. Nog‘ora bo‘shlig‘i ustki devori kalla suyagi bilan chegaradosh bo‘lib, u yerga infeksiyaning o‘tishi juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu- ning uchun nog‘ora bo‘shlig‘ini yiringdan tozalash lozim. Nog‘ora pardadan (parasentez) yiring chiqarib yuborilishi bilan og‘riq to‘xtaydi, isitma tushadi, bolaning umumiy ah- voli yaxshilanadi. Eng asosiysi og‘ir asoratning oldi olinadi. Hosil qilingan teshikchaning o‘rni tezda bitib, eshitish qo- biliyati yaxshilanadi. Ko‘p yiring yig‘ilishi natijasida quloqdan to‘q sa- riq-jigarrang suyuqlik ajralib chiqa boshlaydi. Bunday hol- larda quloq bo‘shlig‘ini har kuni bir necha bor vodorod peroksidga ho‘llangan paxta bilan tozalash lozim, aks hol- da suyuqlik tashqariga chiqa olmay qotib qolishi natijasida teshik berkilib qolishi mumkin.
Yiring oqishining to‘xtashi va og‘riqning yo‘qolishi bola to‘la tuzaldi degani emas. Bunday infeksiyaning o‘chog‘i bir necha oylar davomida yo‘qolmasdan, surunkali otit rivojla- nishi mumkin. U bilan doimiy ravishda kurashish lozim. Profilaktikasi umumiy chiniqtirish. Odatda bolani ko‘chaga aylantirgani olib ketayotganda uning boshiga is- siq qalpoqcha kiygiziladi. Bunday qilish shart emas. Chun- ki quloq tashqaridan emas, ichidan yallig‘lanadi. Buning uchun respirator infeksiyalar, angina kasalliklarini vaqtida davolash kerak. Emizikli bolalarda kasallik tez-tez qusish bilan kechadi: oshqozondan chiqayotgan ovqat bo‘laklari eshituv nayi orqali o‘rta quloqqa tushadi va uning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Bunga bolaning noto‘g‘ri holatda yotishi sabab bo‘ladi. Bolaning qulog‘idan o‘pish ham yomon oqibat­larga olib kelishi mumkin. Chunki bolaning quloq pardasi nozik bo‘lib, bunday hollarda yirtilishi mumkin. Go‘daklar hamda o‘rta yoshdagi bolalarda o‘rta quloq yallig‘lanishiga infeksiyani burun-tomoq orqali tarqalishi sabab bo‘ladi. Shamollagan bolani har xil holatda yotqizish kerak. Agar- da bolani uzoq vaqt bir holatda yotqizilsa, ekssudat o‘rta quloqqa tarqalishi ehtimoli ortadi. Bolaga burnini to‘g‘ri qoqishni o‘rgatish lozim. Burundan oqayotgan suyuqlikni ichiga tortish xavfli hisoblanadi. Bunda infeksiyali suyuqlik osonlik bilan o‘rta quloqqa boradi. Bolalarda nafas olish ko‘pincha buziladi, bunga sabab adenoidlar o‘sib ketishidir. Bundan tashqari adenoidlar o‘sib, ular eshitish naylarini yopib qo‘yadi va qon ayla- nishini buzadi, bu o‘rta quloqda yallig‘lanish jarayoniga sabab bo‘ladi.
Mastoidit


Mastoidit — so‘rg‘ichsimon o‘simtaning suyak elementlarini parchalaydigan o‘rta quloqning o‘tkir yiringli yallig‘lanishidir. Ko‘p hollarda bu kasallik o‘tkir yiringli otit asoratlaridan biri deb hisoblanadi. Aynan so‘rg‘ichsimon o‘simtaning suyak to‘qimasi destruksiyasi tufayli mastoidit o‘tkir o‘rta otitdan farqlanadi (19-rasm).
Mastoidit paydo bo‘lishiga sabab nog‘ora bo‘shlig‘ida yiring to‘planishidir. Yiring uzoq vaqt bo‘shliqda qolib ketgani sababli so‘rg‘ichsimon o‘siqchadagi kataklarni bir-biridan ajratib turuvchi suyak to‘siqchalari yemiriladi, natijada yaxlit bo‘shliq hosil bo‘lib, bu bo‘shliq yiring bilan to‘lgan bo‘ladi.O‘tkir o‘rta otit kechishida quloq orti sohasida og‘riq kuchayadi. Og‘riq so‘rg‘ichsimon o‘simtani, uning cho‘q- qisini bosib ko‘rilganda kuchayadi. Bunda eshitish pasayib, quloq shang‘illaydi, undan yi­ring oqadi. Yiring ko‘p, quyuq va sarg‘imtir bo‘ladi. Tana harorati 38—39°C gacha ko‘tariladi. Quloq suprasining orqa tomonida, ya’ni so‘rg‘ichsimon o‘siqcha sohasida shish, teri qizarib, qalinlashganligi ko‘ri- nadi. Paypaslaganda og‘riq zo‘rayadi. Tashqi eshituv yo‘lining suyak bo‘limidagi orqa-yuqori devorining osilib qolishi mastoiditning patogenetik belgisi hisoblanadi. Tashxisni tasdiqlash uchun quloqni rentgenografiya qilib ko‘riladi, bunda so‘rg‘ichsimon o‘simta katakchatarining qoraygani, ayrim suyak devorlarining yemirilgani ko‘rinadi. Davosi: jarrohlik yo‘li bilan mastoidotomiya qilina- di. So‘rg‘ichsimon o‘siqning tashqi yuzasidagi tekis uch- burchak shaklidagi bo‘lakchadan maxsus asbob yordami- da katta g‘or ochiladi, chirigan va patologik o‘zgargan to‘qimalar va suyaklar qirib olib tashlanadi. Turli antibio- tiklar va sulfanilamid preparatlar beriladi.
Surunkali yiringli otitlar
Klinik jihatdan surunkali o‘rta otitning 2 asosiy turi: mezotimpanit va epitimpanit uchraydi. Surunkali yiringli otit — bu o‘rta quloqning o‘tkir yiringli jarayonining davo- midir. Kasallik yillab cho‘zilishi mumkin.Mezotimpanit — o‘rta quloqning surunkali yiringli yal- lig‘lanish kasalligi bo‘lib, bunda nog‘ora pardaning o‘rta va pastki bo‘limining shilliq pardasi zararlanadi.Bemor qulog‘idan vaqti-vaqti bilan yiring oqayotgani- dan, eshituv qobiliyati pasayganidan, qulog‘i shang‘illa- shidan shikoyat qiladi.Tekshirib ko‘rilganda nog‘ora parda turli kattalik- da teshilgan bo‘lsa-da, lekin suyaklarga borib taqalma- gan bo‘ladi. Perforatsiya orqali ko‘rilganda shilliq parda qizarib, qalinlashgan va u yiring ajralmasi qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Ajralma juda ko‘p miqdorda, quyuq yopishqoq va cho‘ziluvchan, hidsiz bo‘ladi.
Bu kasallik yillab cho‘zilishi mumkin. Gohida quloqdan yiring oqishi o‘z-o‘zidan to‘xtaydi, kasallik qaytalanganda yana paydo bo‘ladi.Davosi: o‘rta va tashqi quloqda yiring turib qolishining oldini olishdan va dezinfeksiyalovchi hamda burishtiruvchi moddalar bilan nog‘ora bo‘shlig‘ini har kuni yuvib turish- dan iborat. Antibiotikli eritmalar bilan yuvishdan avval, mikroflorani antibiotiklarga sezgirligini aniqlash lozim. Jar- rohlik yo‘li bilan granulatsiyalar, poliplar olib tashlanadi.

MAVZU: ______________________________________________________________________________________________________


____________________________________________________________________________________________________________

Hamshiralik ishi bo‘yicha yuksak malakali mutaxassislar mavjudligi •damlar sog‘lomligi va jamiyat jadal rivojlanishining muhim omillaridan Mrkiir. Respublikamizda jahon andozalariga mos, davr talabiga to‘la jsrob bera oladigan shunday mutaxassislar tayyorlash uchun izlanishlar borilmoqda. Shuning uchun «Qariyalarda hamshiralik parvarishi»ga: Qariyalarda hamshiralik jarayoni», «Qariyalarda kommunikatsiya», «Hamshiralik faoliyati falsafasi» kabi yangi tushunchalar kiritildi.


Zamon qariyalarda hamshiralik parvarishini «fan» sifatida ri- ipcjlantirishni taqozo etmoqda. Bugungi hamshira kasallik belgilariga jsoslanib, bemorga «Hamshira tashxisi» qo‘ya olishi lozim. Qariyalarning dadini eshita, tushuna olish, ular bilan insoniy muloqotga kirisha bilish, savollariga oldida javobgarlikni to‘la his etib, uning sog‘ligini ijobiy tomonga o'zgartirish shu kunning talabidir.
Hamshiralik ishini fan va sanoat darajasiga ko’targan amerikalik tadqiqotchilardan biri V. Xenderson tibbiyot hamshiralarining noyob vazifasi - inson, sog‘lom odam yoki bemorga o‘zining sog‘ligini tiklashi, enstahkamlashi, umrini osoyishta yashab o‘tishiga ko‘mak bera oladigan dmyada malaka va bilimga ega bo‘lishdan iborat, deb hisoblaydi.
Demak, «Qariyalarda hamshiralik parvarishi»ning maqsadi quyidagilarda iborat Qariyalarning asosiy ehtiyojlarini tushunmoq;

  • Qariyalarning sog‘lom bo‘lishiga, sog‘lig‘ini saqlashga va tiklashga erishish;

  • Qariyalarning o‘zini o‘zi parvarishlashga erishish;

  • Vaqti-soati kelgan yoki og‘ir, tuzalmas kasallik bilan og‘rigan qariyalarning umrini osoyishta yashab o‘tishiga imkoniyat yaratish;

  • Qariyalar uchun sog‘lom turmush tarzini yuzaga keltirish va rrv'ojlantirish zarur.

Qariyalarda hamshiralik jarayoni - hamshira tafakkurining va Inkatining alohida bir turi. Chunki qariyalarga qarash, ularni davolash tamshiralardan alohida mas’uliyat, muomala madaniyati, ilmini talab etadi. Qariyalarda yoshi o‘tgan, keksaygan shaxsning mui hal etishda hamshira rejali ravishda ish olib borishi zarur. Hai jarayoni - dinamik, o‘sib boruvchi va o'zgaruvchan harakatli jarayon
Keksa, qari kishi yoki bemorlarning dardi ko‘p. Demak, parvarishiga bo‘lgan munosabat ham shunga mos ko‘p qirrali lozim. Boshqacha aytganda,
qariyalarni parvarishlash rejasi v. qarab muttasil o‘zgarib turadi. Bu jarayon ularning ehtiyojlarida mujassamlangan. Demak, parvarish rejasi bunday bemorlarning ehtiyojlariga asoslanib tuziladi.
Hamshiralik jarayoni aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan, moslash jarayon. Hamshiraning ishi shifoxonalarda, oilalarda, qariyalar ularni poliklinikalarda olib boriladi. Hamshira bu jarayonda o‘z mutaxa; bo‘yicha bilimi, iste’dodi, tajribasi va mantiqiy fikrlash qobil bemorning sog‘lig‘ini tiklash, uni parvarish qilishga, muammolari etishga sarflashi zarur. Hamshiralik jarayoni 5 ta bosqichdan iborat:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling