1
Mavzu: AHOLINI ZILZILADAN OLDIN, ZILZILA VAQTIDA VA
ZILZILADAN KEYIN TO‘G‘RI HARAKAT QILISHGA TAYYORLASH
Mashg‘ulot maqsadi:
Tinglovchilarga zilzilalar,
ikkilamchi omillari, ular keltirib chiqaradigan
talofatlar to‘g‘risida ma’lumot yetkazish. Ularni ziziladan oldin, zilzila vaqtida va
zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash. Tinglovchilarning zilzila vaqtida
qo‘rquvni yengib, xotirjamlikni saqlagan holda o‘zini va atrofdagilarni himoya qila
olish kabi axloqiy-ruhiy fazilatlarini shakllantirish.
Vaqti – 6 soat.
Mashg‘ulot uslubi – amaliy.
Mashg‘ulot o‘tish shakli – masofaviy.
O‘quv savollari va vaqt taqsimoti:
I.
Kirish
5 daqiqa
II.
Asosiy qism
230 daqiqa
1.
Zilzilalarning yuzaga kelish sabablari
40 daqiqa
2.
Aholini zilziladan oldin harakat qilishga tayyorlash
50 daqiqa
3.
Aholini zilzila vaqtida harakat qilishga tayyorlash
50 daqiqa
4.
Aholini zilziladan keyin harakat qilishga tayyorlash
45 daqiqa
5.
Seysmik faol hududlarda fuqarolar tomonidan
individual ravishda
zilzilabardosh bino va inshootlar qurish.
45 daqiqa
III.
Yakuniy qism
5 daqiqa
I. Kirish
So‘nggi yillarda yuz bergan kuchli va sezilarli zilzilalarning ayanchli
oqibatlarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zilzilalarni
uzoq,
o‘rta
va
qisqa
muddatli
prognozlash,
antiseysmik
bino
va inshootlar qurish
bilangina cheklanib qolmasdan, balki seysmik jihatdan faol
hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning zilzilaga
tayyorgarligini bosqichma-
bosqich oshirib borish, shahar va qishloqlarda istiqomat qiluvchi har bir fuqaroning
seysmik xavfsizligini ta’minlash, shaxsiy javobgarligini oshirish,
zilziladan oldin,
zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash,
bunday
vaziyatlarda vahima va qo‘rquvga berilmasdan tezkor va to‘g‘ri harakat qilish
ko‘nikmalarini shakllantirish zarur.