Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash
Pishiq g‘ishtdan quriladigan xususiy uy
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
Pishiq g‘ishtdan quriladigan xususiy uy Pishiq g‘ishtdan quriladigan xususiy uy quyidagi konstruktiv yechim va parametrlarda bo‘lsa zilzilabardosh hisoblanadi: 1. Uy imkon darajasida sodda bo‘lishi kerak. Murakkab shaklda bo‘lsa u antiseysmik choklar bilan alohida (sodda) qismlarga ajratilishi lozim. 2. Qurilayotgan uy quyidagi parametrlarda (jadval) bo‘lishi kerak (17,18,19- rasmlar): 17-rasm. Pishiq g‘ishtdan 7 balli maydonchada quriladigan hususiy uyning chegaraviy parametrlari. 18-rasm. Pishiq g‘ishtdan 8 balli maydonchada quriladigan hususiy uyning chegaraviy parametrlari. 19 19-rasm. Pishiq g‘ishtdan 9 balli maydonchada quriladigan uyning chegaraviy parametrlari. jadval Maydonning seysmikligi/parametrlari 7 ball 8 ball 9 ball Qavatlar soni 1-2 1 1 Uzunligi, m, ko‘pi bilan 30 24 18 YUk ko‘taruvchi devorlar oralig‘i, m, ko‘pi bilan 12 9 6 Ko‘ndalang devorlar oralig‘i, m, ko‘pi bilan 12 9 7,2 Eshik-deraza o‘rnining kengligi, m, ko‘pi bilan 3.5 3.0 2.5 3. Devorning mustahkamligi, binobarin uyning mustahkamligi va zilzilabardoshligi g‘isht va qorishmaning sifatiga hamda g‘isht bilan qorishmaning bir-biri bilan yopishishiga bog‘liq. Devorlarni tiklash uchun g‘ishtning markasi 75 dan, qorishmaning markasi yozda 25, qishda esa 50 dan kam bo‘lmasligi kerak. 4. Devorlari har xil materiallardan, masalan, oldin pishiq g‘isht so‘ngra xom g‘ishtdan yoki boshqa materiallardan tiklanmasligi kerak. Bunda ayniqsa pishiq g‘ishtni loy qorishmada terishga ruxsat etilmaydi. CHunki bunda talab qilingan yopishishga erishib bo‘lmaydi. Demak, uyning zilzilabardoshligini ta’minlash uchun devorlari bir xil materialdan tiklanishi lozim. 5. Tashqi devorlarda eshik-oyna o‘rinlari qanchalik kam bo‘lsa, u shuncha mustahkam bo‘ladi. SHuning uchun chekkalaridagi devor qismlari (prostenkalar) kamida 180, o‘rtadagilari esa kamida 155 sm bo‘lishi kerak. Tashqi devorlardan tashqari ichki devor ham bo‘lsa, uyning zilzilabardoshligi yanada oshadi. 6. Barcha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanishi, ya’ni fazoviy konstruksiya hosil qilishi lozim. Uyning fazoviy bikrligini ta’minlash uchun yig‘ma orayopma sathi bo‘yicha barcha bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarga quyma temirbetondan antiseysmik kamarlar yotqizilishi kerak (20,21-rasmlar). Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling