Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash
-rasm. Tashqi devordagi temirbeton antiseysmik kamar
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
20-rasm. Tashqi devordagi temirbeton antiseysmik kamar. 20 21-rasm. Ichki devordagi temirbeton antiseysmik kamar. 7. Bo‘ylama va ko‘ndalang devorlarning birgalikda ishlashiga erishish uchun ularning tutashgan joylariga uzunligi 1,5 m dan iborat, ko‘ndalang kesimining yuzi kamida 1 sm 2 bo‘lgan, 7-8 balli zonalarda balandligi bo‘yicha har 700 mm da, 9 balli zonada esa har 500 mm da armatura to‘ri yotqizilishi lozim (22, 23-rasmlar). 22-rasm. Tashqi g‘ishtli devorlarning tutashgan joylarini armatura bilan qoplash. 23-rasm. Tashqi va ichki g‘ishtli devorlarning tutashgan joylarini armatura bilan qoplash. 8. Eshik-deraza o‘rni tepasidagi to‘sin (peremichka) devorning butun eni bo‘yicha quyma temirbetondan tayyorlanib devorga kamida 350 mm, eshik-deraza o‘rnining kengligi 1,5 m kam bo‘lsa kamida 250 mm ga tayangan bo‘lishi kerak (24- rasm). To‘sinning (peremichka) balandligi kamida 250 mm bo‘lishi kerak. Beton quyishdan oldin to‘sinning pastki qismiga armatura to‘ri tashlanadi. Armatura to‘rining bo‘ylama sterjenlari har 12-14 sm oraliqda joylashgan bo‘lib, diametri 12 mm, ko‘ndalang sterjenlari esa har 40 sm oraliqda joylashgan bo‘lib, diametri 6-8 mm bo‘lishi kerak. 21 24-rasm. Eshik-deraza o‘rinlari ustidagi to‘sinning tayanishi. 9. Uyning zilzilabardoshligini oshirish uchun devorlarni temirbeton element (o‘zak)lar bilan kuchaytirish lozim. Vertikal temirbeton element (o‘zak)lar o‘zidan chiqqan armaturalar orqali antiseysmik kamarlar bilan bog‘lanishi kerak. 10. Pardevor (peregorodka) ni yengil materiallardan, masalan, taxtadan, karkasli qilib tayyorlagan yaxshi. Ular albatta devorlar bilan, agar uzunligi 3 m dan ortiq bo‘lsa orayopma bilan ham mahkamlanishi lozim. 11. Devorni tiklash texnologiyasiga qattiq rioya qilish kerak. Jumladan, tashqi havo harorati 25ºS dan ortiq bo‘lsa normal yopishqoqlikni oshirish uchun g‘isht terishdan avval g‘ishtlarni suvga 1 daqiqaga bo‘ktirib olish kerak. Undan tashqari, issiq-iqlim ob-havo sharoitida g‘isht teriladigan har bir qatorning yuzasini suv sepib namlash kerak. 12. Balkon, lodjiya va ayvonlarning joylashishiga katta ahamiyat berish kerak. Ayvon uyning uzunligi bo‘yicha joylashgani yaxshi. Mabodo ayvon uyning qandaydir qismini egallasa, u simmetrik bo‘lishi kerak. 13. Uyning konturidan chiqib turadigan qismlar bo‘lmasligi kerak. CHunki bunday qismlar yer qimirlaganda jiddiy shikastlanadi. CHiqib turadigan qism bo‘lishi shart bo‘lsa, uning plandagi o‘lchami 2 m dan oshmasligi lozim. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling