Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana05.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1277008
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Zilziladan keyingi harakatlar 
Zilziladan muxofazalash chora-tadbirlariga zilzila vaqtida va undan so‘ng 
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ham kiradi. Quyida birinchi tibbiy yordash berish 
tartibi keltirilgan: 
1. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish.
2. Zilzilada malakali birinchi tibbiy yordamga qadar ko‘rsatilishi zarur bo‘lgan 
o‘zaro yoki o‘z-o‘ziga yordam ko‘rsatish.
3. SHikastlanganlarga ruhiy (psixologik) yordam ko‘rsatish. 
4. SHikastlanganlarning hayotiy muhim ko‘rsatgichlarini aniqlash (pul’s va 
nafas olish harakatlari).
5. SHikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish (qon ketishini 
to‘xtatish, suyak sinishida harakatni cheklovchi bog‘lam qo‘yish). 
6. Zilzila oqibatida vayronalar tagida qolgan kishilarga yordam ko‘rsatishda 
ishtirok etish. 
5-o‘quv savoli. Seysmik faol hududlarda fuqarolar tomonidan individual 
ravishda zilzilabardosh bino va inshootlar qurish. 
Xususiy uylarning zilzilabardoshligini ta’minlash uchun birinchi navbatda 
uning vaznini kamaytiruvchi yengil va samarali qurilish materiallaridan foydalanish 
kerak. Xususiy uylarni loyihalash va qurishda seysmik xavfsizlikni ta’minlash 
uchun quyidagi konstruktiv tadbirlarga rioya etish talab qilinadi: 
- uyning plani va balandligi bo‘yicha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar 
(devorlar) ni bir tekis va simmetrik taqsimlash;
- yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning materiallari bir xil bo‘lishi;
- uyning plandagi shakli buralish paydo bo‘lishiga olib kelmaydigan sodda 
(kvadrat, to‘g‘ri burchakli) bo‘lishi, agar plandagi shakli murakkab bo‘lishni taqazo 
etsa, u antiseysmik choklar bilan sodda shaklli qismlarga ajratilishi (12-rasm);


16 
- uyning alohida qismlarining balandligi bir xil bo‘lishi;
- devor va orayopmalarning birgalikda ishlashini ta’minlash, ya’ni fazoviy 
konstruksiya hosil qilishi talab etiladi.
Uyning konstruksiyasi tabiiy ofat paytida uyni tezda tark etish uchun ehtiyot 
chorasi sifatida yashash, yordamchi xonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki yo‘lak 
bo‘ylab istalgan yo‘nalishda, bir marta burilish orqali zinapoyaga chiqishni 
ta’minlashi lozim. 
12 rasm 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling