Mustaqillik-yillarida-davlat-boshqaruvi-tizimida-amalga-oshirilgan-islohotlar pdf


Download 11.11 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi11.11 Kb.
#1809023
Bog'liq
aziza1


Bajardi: Jalolova Aziza
  • Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
  • Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlarida.
  • Davlat dasturida alohida bandda ko‘rsatib o‘tilgan.

Aholi va tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish, shuningdek keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan hamda quyidagilarni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Harakatlar strategiyasi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish;
2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA
Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.
O’zbekiston Respublikasida “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun ta’lim tarbiya fuqarolar kasbiy  taryyorgarligi va har bir fuqaroning ilm olish konstitutsion huquqini ta’minlash kabi bir qator dolzarb vazifalarni belgilab beradi. Respublikamizda bugungi kunda tubdan yangi davlat bo’lib, unda har bir siyosiy, iqtisodiy ma’naviy sohadagi islohatlar ham yangi ta’lim tizimida bosqichma–bosqich olib borishni nazarda tutadi. Zero ta’lim sohasidagi isloxatlar ham yangi bosqichma bosqich o’tish tamoyiligaasoslangandir. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo’lib hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish bo’lib, u ijodiy vamustaqil fikrlovchi tafakkuri rivojlangan erkin shaxsni shakllantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlash bilan ahamiyatlidir. Shunga ko’ra, mamlakatimizda mustaqillikni dastlabki yillaridayoq boy madaniyatimizni tiklash va uni rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, uni uni zamon talablariga javob bera oldigan jahon andozalari darajasiga ko’tarish maqsadida e’tibor berib borilmoqda. 
Shu yilning 9 yanvarida esa Prezidentimizning “Davlat bosh­qaruvi hududiy organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ­faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish va tuzilmasini maqbullashtirish, shuningdek, uning tarkibiy tuzilmalari vazifalari hamda funksiyalaridagi takrorlanishlarni bartaraf etish, ularni ajratish va aniqlashtirish maqsadida joriy yil 1 mart kuni davlatimiz ­rahbari “O‘zbekiston Respublikasi ­Prezidenti ­Devoni faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi. 7 mart kuni esa hukumatning “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari xodimlarining lavozim maoshlariga uzoq muddat ishlaganligi uchun har oylik ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. 
2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish yo‘nalishida 17 ta qonunni ishlab chiqish va qabul qilish ko‘zda tutilgan. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlar konsepsiyasi hamda ushbu islohotlarni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar ­dasturi, “Davlat boshqaruvi asoslari to‘g‘risida”gi, “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi, “Davlat va xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ­ishlab chiqilishi belgilangan. 
2019 yilning 11 oktyabr kuni Turkmanistonning Ashxobod shahrida MDH davlat rahbarlarining sammiti o`tkazildi. Unda davlat rahbarlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilib, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 
Mazkur tashrif doirasida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev bir qator davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashib, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan muzokaralar o`tkazdi. 
Ta`kidlash o`rinliki, MDH bugungi kunda jahonda yirik jo`g`rofiy hudud, siyosiy salohiyatga ega yirik tuzilmalardan biri sifatida qaraladi. Tarixga yuzlansak, ushbu tashkilot 1991 yilning 8 dekabr kuni tarqalib ketgan bir qator sovet respublikalari negizida tashkil etilgan. 
MDH tarkibiga Boltiqbo`yi o`lkalaridan (Latviya. Litva, Estoniya) tashqari barcha sobiq sovet respublikalari a`zo bo`lib kirgan. Faqat 2009 yil avgust oyida Gruziya ixtiyoriy ravishda ushbu tashkilotni tark etgan. Ayni paytda 11 ta davlat (Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston, Ukraina) MDHning tenghuquqli a`zolari sanaladi. 
Ayni paytda MDH darajasida ushbu g`alabaning 75 yilligini munosib darajada nishonlash Ashxobod sammitida muhokama qilingan asosiy masalalardan biri bo`ldi. Sammit davomida Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a`zo davlatlar rahbarlarining Hamdo`stlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati ham qabul qilindi. Ushbu qutlug` sana MDHga O`zbekiston raislik qiladigan yilga to`g`ri kelayotgani ham o`ziga xos ma`no kasb etadi.
Davlatimiz rahbari o`n yilga mo`ljallangan Transport va tranzit yo`laklarini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini va hududlararo hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqish muhimligini ta`kidladi. 
Kelgusi yili yurtimizda birinchi MDH hududlararo forumi bo`lib o`tadi, shuningdek, MDH savdo-sanoat palatalari rahbarlari kengashi majlisini o`tkazish, uning doirasida Hamdo`stlikning ishbilarmonlik tashabbuslari haftaligini tashkil qilish taklifi bildirildi. Shuningdek, axborot xavfsizligi, madaniy-gumanitar hamkorlik bo`yicha ham qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida shuningdek, Strategik iqtisodiy hamkorlik to`g`risida deklarasiya, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zo`ravonlik ko`rinishlariga qarshi kurashish bo`yicha hamkorlik dasturi va boshqa hujjatlar qabul qilindi.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 11.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling