Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oynaga himoya fil’tri o‘rnatish 3-o‘quv savoli. Xodimlarni zilzila vaqtida harakat qilishga tayyorlash
kitoblarni mustahkamlash
5-rasm Muzlatkichlarni mustahkamlash 11 6-rasm Elektr chiroqlarni mustahkamlash Oynalar jiddiy xavf solmasligi uchun: katta pardalar osish, laminant qilingan oynalardan foydalanish, himoya fil’tridan foydalanish maqsadga muvofiq (7-rasm). 7-rasm Oynaga himoya fil’tri o‘rnatish 3-o‘quv savoli. Xodimlarni zilzila vaqtida harakat qilishga tayyorlash Ta’kidlash kerakki, kuchli zilzila paytida qanday holatlar yuz berishini oldindan tasavvur qilish juda muhimdir va unga har birimizni tayyorgarlik qo‘rishimiz asosiy hayot vazifalarimizdan biridir. Zilzila ro‘y berganda yer bir necha soniyadan bir necha daqiqagacha silkinadi. Tebranish vaqti zilzila gipotsentri yoki epitsentrigacha bo‘lgan masofaga bog‘liq. Zilzila o‘chog‘i qanchalik yaqin bo‘lsa, u shuncha qisqa vaqtda va yuqori chastotada seziladi. Zilzila o‘chog‘igacha bo‘lgan masofa ortgan sari u shunchalik uzoq vaqt va pastroq chastotada seziladi. Masalan, Toshkentda yashovchilar uchun zilzila o‘chog‘i Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ro‘y bergan bo‘lsa 10-30 soniyagacha davom etishi 12 mumkin. Toshkentdan 500-600 km masofada joylashgan Afg‘onistondagi Hindikush zilzilalari 2-3 daqiqagacha seziladi. Zilzila vaqtida bajariladigan harakatlarning eng muhimi – qo‘rquv va vahimaga tushmaslik. Bino silkinishini sezib, qandil va yoritgichlarni qimirlashini ko‘rib, ko‘tarilayotgan g‘ulg‘ula va sinayotgan shishalarni ovozini eshitib, xonadonni tezroq tark etish lozim. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, sezilgan birinchi silkinish va bino uchun xavfli silkinishlar orasida15-20 soniya vaqt bor. Agar binoni tezda tark etishning imkoni bo‘lmasa (masalan, xonadon yuqori qavatda joylashgan), ichkaridan xavfsiz joyni egallash talab etiladi – asosiy devorning eshik o‘rni (joyi), asosiy devor tashkil etgan burchak xavfsiz joylar hisoblanadi. Eshikni zina tomonga ochib eshik o‘rnida turish; mahkam stol yoki yotoq tagiga kirib boshni qo‘l bilan yopish. Tebranishlar to‘xtagandan so‘ng darhol ko‘chaga chiqish lozim. Eshikdan chiqquncha va yuqori qavatlar zinasidan tushguncha e’tiborli bo‘lish talab etiladi, zinalar buzilgan bo‘lishi mumkin. Agar ko‘chada bo‘lganda yer osti silkinishlari yuz bersa, darhol binolardan, elektr sim tarmoqlaridan, simyog‘ochlar va devorlardan uzoqlashish lozim. Uzilgan hamda yerda yotgan simlardan ehtiyot bo‘lish kerak. Jamoat transportida bo‘lganda – avtobus, trolleybus, tramvay haydovchisi transport vositasini to‘xtatib eshiklarni ochgunga qadar turgan joyda qolish talab etiladi. Derazalarni sindirish yoki eshiklarga chopish mumkin emas, bu bilan vahima va jarohatlanish ehtimolini paydo qilish mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling