Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash
-o‘quv savoli: Aholini zilziladan oldin harakat qilishga tayyorlash
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
2-o‘quv savoli: Aholini zilziladan oldin harakat qilishga tayyorlash
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan fuqarolarni zilziladan oldin harakat qilishga tayyorlash Ma’lumki, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘quv-maslahat punktlarida suhbatlar o‘tkazish, ma’ruzalar o‘qish, o‘quv fil’mlarini namoyish etish, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etish, shuningdek, qo‘llanmalar va eslatmalarni tarqatish, radio va teledasturlarni efirga uzatish hamda Internet jahon axborot tarmog‘ida sohaga oid ma’lumotlarni joylashtirish orqali tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan fuqarolarni zilzilada harakatlanishga tayyorlash asosan Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazlari pedagoglari 6 tomonidan ko‘chma mashg‘ulotlar, davra suhbatlari o‘tkazish orqali amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 avgustdagi “Aholining favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 650-sonli qaroriga asosan, 2018 yilning yanvaridan har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida «Mahalla fuqaro muhofazasi» yaratilishi va faoliyatini tashkillashtirish belgilangan bo‘lib, quyidagilar “Mahalla fuqaro muhofazasi”ning asosiy vazifalari hisoblanadi: -mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlariga fuqarolar yig‘inlari darajasida fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikka doir vazifalarni bajarishda ko‘maklashish; -aholini favqulodda vaziyatlarda, shuningdek harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavf-xatarlardan himoyalanish usullariga o‘qitish va tayyorlash; -favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlariga aholini ixtiyoriy ravishda jalb qilishga ko‘maklashish. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholini kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash shakllariga to‘xtaladigan bo‘lsak, amaldagi tizimda mahalla fuqarolar yig‘inlari orqali, aholi o‘rtasida suhbatlar olib borish, o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish va fuqaro muhofazasi sohasidagi malakali o‘qituvchilar tomonidan hududlarga borib seminar treninglar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari yordamida aholiga ma’lumot berib borish tizimi joriy qilingan. Mazkur dasturda mahalla fuqarolar yig‘inlariga aholining ish bilan band bo‘lmagan qatlamini zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash masalalari, majburiyatlari, vazifalari aniq belgilab berilganligiga qaramay, aholini zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanishga tayyorlash talab darajasida amalga oshirilyapdi deb bo‘lmaydi. Ayrim hollarda mahallalarda mazkur dastur ijrosi bo‘yicha yuzaki rejalarni ishlab chiqish yoki o‘tkazilmagan yig‘ilishlarni bayonnomasini yozib ish jildiga tikib qo‘yish holatlari ham uchrab turganligini kuzatish mumkin. Ba’zi bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida ayrim hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lsada, uning amaldagi ijrosi so‘ralganda bunga ijobiy javoblar topishning imkoni yo‘q. Demak, mahalla fuqarolar yig‘inlarining ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini favqulodda vaziyatlardan, jumladan zilziladan muhofazalanish bo‘yicha tayyorlash tizimini isloh etish zarur. Yanada ta’sirchan, hatti harakatlarda aniqlikni ifodalovchi mexanizmni ishlab chiqish va tadbiq etish lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi “Aholini zilzilalar oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda (tabiiy va texnogen tusdagi) harakat qilishga tayyorlash kompleks dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-sonli qaroriga asosan, belgilab berilgan birgina ko‘ngilli qutqaruv drujinalari tuzish va ular faoliyatini tashkil etish vazifasi ijrosini ta’minlash bo‘yicha ixtiyoriy, ko‘ngilli jamoat tashkilotlarini tashkil etish va faoliyatidan foydalanish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. 7 Bunday tashkilotlarni, ko‘ngilli harakatni qo‘llab-quvvatlovchi yoshlar jamoasi bilan shakllantirish kafolatli natijaga xizmat qiladi (2020 yilda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshganda, talofatni bartaraf etish uchun yoshlar yirik masshtabda ko‘ngilli harakat bilan ishtirok etishdi). SHunday ekan, mahalla fuqaro yig‘inlarining yoshlarning asosiy qismini qamrab olgan ta’lim muassasalari, xususan oliy ta’lim tizimi bilan aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalash bo‘yicha hamkorlik olib borishi birinchidan aholini o‘qitish qamrovini kengaytirsa, ikkinchidan, oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy mahoratini rivojlantirish maktabiga aylanishiga asos bo‘ladi. Ushbu jamoalar amaliyot tajriba sinov ishlarini ta’lim muassasasi tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan ijtimoiy hamkorlikda tashkil etilgan volontyorlik tashkilotlarida olib borishadi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni volontyorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning me’yoriy huquqiy asosini ta’minlab beradi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 9 000 ga yaqin mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib ularda “Mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmalari” tashkil etilgan. “Mahalla fuqaro muhofazasi» tuzilmalarining vazifasi favqulodda vaziyatlarda, shuningdek harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflarda mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi aholini, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish tadbirlarini tashkillashtirish va amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi. Mahalla fuqaro muhofazasi yig‘ma guruhlari o‘rtacha 37-40 nafar ko‘ngillini qamrab oladi. Bundan ko‘rinadiki, mahalla fuqaro muhofazasi yig‘ma guruhlariga 40 000 nafargacha ko‘ngillilar jalb etilishi mumkinligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Kelgusida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini kuchli zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarga tayyorlash bo‘yicha quyidagilar tavsiya etiladi: - zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish bo‘yicha o‘qitish (tushuntirish) tizimini takomillashtirish hamda vujudga kelayotgan hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq yangidan–yangi sohalar bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlashda tamoyillarga asoslangan mezonlarni shakllantirish; - respublikamizda qabul qilingan soha yo‘nalishidagi qonunlar va qarorlar asosida ish bilan band bo‘lmagan aholini zilzilada to‘g‘ri harkatlanishga o‘rgatish bo‘yicha o‘qitish (tushuntirish) bo‘yicha yagona konsepsiyani ishlab chiqish; -mahalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” tuzilmalarining oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan hamkorlikdagi ko‘ngilli qutqaruv jamoalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish; - zilzilada aholining barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil’ ilova onlayn rejimga o‘tilganda undan foydalanishda aholining bilim darajasini baholashga qaratilgan so‘rovnomalar, testlar o‘tkazilishini joriy etish. 8 Mahalla fuqarolar yig‘inlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” tuzilmalarining ish bilan band bo‘lmagan aholini nafaqat zilzila, balki turli xildagi favqulodda vazitlardan muhofazalanishga tayyorlashga doir oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan hamkorlikdagi ko‘ngilli qutqaruv jamoalarining faoliyati natijasida quyidagicha yutuqlarga erishishimiz mumkin bo‘ladi: - tuzilmalar shaxsiy tarkibining talab etiladigan soni ta’minlanadi va eng muhimi ma’lum dastur asosida tayyorlangan, malakali kadrlar bilan jamlanadi; - ish bilan band bo‘lmagan aholini favqulodda vaziyatlarda jumladan zilzilaga tayyorlashda keng qamrovda malakali uslubiy yordam ko‘rsatiladi; - talaba-yoshlarning yashash manzilidagi mahalla fuqaro muhofazasi tuzilmasida ko‘ngilli qutqaruvchi sifatida faoliyat olib borish orqali sohaning kadrlar zaxirasi takomillashtiriladi. Eng asosiysi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholini tayyorlashda alohida e’tibor, ya’ni ularning ma’naviy va ruhiy holatiga ahamiyat berilib, ekstremal holatlarda darhol va aniq harakatlanishiga, o‘zlari yashaydigan hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishiga va har birining shaxsiy tayyorgarlik holatiga hamda oila a’zolarini himoya qilish mas’uliyatini shakllantirish darajasi ko‘tarilishiga erishiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling