Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash
K.N.Abdullabekov tomonidan zilzilaning tayyorgarlik jarayoni geofizik
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash
K.N.Abdullabekov tomonidan zilzilaning tayyorgarlik jarayoni geofizik
modeli Zilzila zararlarini kamaytirish yo‘llari. Insoniyat o‘z hayotida ko‘pgina tabiiy va sun’iy ofatlar bilan to‘qnashgan. Jumladan, suv toshqini, yong‘inlar, sel, do‘l, dovul, portlashlar, avariyalar, kimyoviy reaksiyalar, ulkan tog‘ ko‘chishlari, zilzila, vulqon otilishi, turli epidemiyalar, vabo, urushlar, ocharchilik va boshqalar. Ana shu ofatlarning ko‘pchiligi bilan hozirgi kunda inson bemalol bellasha oladi. Masalan, yong‘inlar, urush, ocharchilik, kasalliklar va h.k. Lekin bu ofatlar ichida hali insonning kuchi yetmaydiganlari bor. Ular qatoriga zilzilalarni ham qo‘shish mumkin. Ammo, bu zilzilani to‘xtatish mumkin emas, undan saqlanish mumkin emas, degan ma’noni bermaydi. Uning zararidan qutulishimiz, odamlar hayotini, qurilish inshootlarini, barcha boyliklarimizni saqlab qolishimiz mumkin. Hozirgi kunda zilzila muammolari bilan shug‘ullanadigan fan - seysmologiya fani zilziladan talafot ko‘rmaslik chora-yo‘llari bor, deb javob beradi. Buning uchun qayerda qanday kuch bilan zilzila ro‘y berishini ko‘rsatadigan seysmik rayonlashtirish xaritalarini tuzish va barcha qurilish ishlarini tuzilgan xaritalarga amal qilgan holda olib borish kerak bo‘ladi. Seysmik rayonlashtirish qo‘llanilayotgan usullarga, masshtabga qarab uchga - umumiy seysmik rayonlashtirish, mukammal seysmik rayonlashtirish va seysmik mikrorayonlashtirishga bo‘linadi. 4 Seysmik xavf-xatarni (riskni) baholash. Keyingi yillarda Seysmologiyada yangi yo‘nalish – seysmik xavf-xatarni baholash yo‘nalishi tez rivojlanib bormoqda. O‘zbekistonda bu sohada T.R.Rashidov, N.G‘.Mavlonova, V.A.Ismoilov, S.A.Tyagunov, B.S.Nurtayev va boshqalar keng tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Bu yo‘nalishning asosiy vazifasi mabodo Respublikaning biron hududida kuchli zilzila bo‘lib o‘tsa undan ko‘rinishi mumkin bo‘lgan zararni tezlikda aniqlashdan iborat. Bu usulning afzalligi zilzila ro‘y bergan joyga yetib bormasdan turib tezlikda undan ko‘rilgan zararni hisoblab chiqish va tezkor choralar ko‘rishdan iborat. Ma’lumki ilgarilari kuchli zilzila ro‘y bergandan keyin tezlikda epitsentral guruhlar tashkil qilinar va bo‘lib o‘tgan zilzila oqibatlari bilan har tomonlama tanishgandan keyin ro‘y bergan hodisani hisobga olgan holda turli guruhlar tomonidan keng ko‘lamli ishlar boshlanar edi. Xozirgi yangi yo‘nalishning afzalligi vaqtdan ancha yutiladi. Zilzila epitsentriga yetib bormasdan turib bo‘lib o‘tgan zilzila haqida taxminiy ma’lumotga ega bo‘linadi. Bunday paytda kuchli zilziladan keyin tezlikda qutqaruv ishlarini boshlash uchun har bir sekund qimmatlidir. Albatta, avvalgidek hamma ishlar: izoseystlar xaritasi tuzish, bo‘lib o‘tgan zilzilaning aniq epitsentrini aniqlash, zilzilaning aniq parametrlarini topish va h.k. Lekin qutqaruv ishlarini tashkil qilishda seysmik xavf-xatarni tezlikda aniqlash ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Seysmik xavf-xatarni aniqlashda jabrlangan odamlardan tashqari qaysi tipdagi imoratlar qanday zarar ko‘rishi, kommunikatsiya tizimidagi yo‘qotishlar, va h.k-.lar tezlikda hisoblab chiqiladi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling