Mavzu: aholini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin to‘G‘ri harakat qilishga tayyorlash


Uyning alohida (sodda) qismlarga ajratilishi


Download 1.47 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana05.04.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1277008
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Uyning alohida (sodda) qismlarga ajratilishi
 
Zamin va poydevorlarga qo‘yiladan talablar
 
Uy qulay maydonda, ya’ni tekis zaminda (asosda) qurilishi kerak. 
(13-rasm). Uyni noqulay maydonlarda qurish mumkin emas. Nishabi 15° dan katta 
bo‘lgan tik qiyaliklarga (14-rasm), jarliklarga (15-rasm) yaqin joylar, fizik-geologik 
jarayonlar, tosh uyumlari, ko‘chkilar, suyuq loy va qumlar, o‘pirilishlar, karst 
hodisalari, kon qazilmalari va sel ta’sirida jiddiy buzilgan joylar seysmik jihatdan 
noqulay qurilish maydonlari hisoblanadi. Nam va suvga to‘yingan qumlar, qumoq 
va qumloq tuproqlar, tuproqli balchiqlar va zichlanmay to‘kilgan gruntlardan tashkil 
topgan zamin ham seysmik jihatdan noqulay hisoblanadi. 
13-rasm
 
Uy qurish uchun eng qulay maydon (tekis zamin). 


17 
 
MUMKIN EMAS! 
 
14-RasmUy qurish uchun noqulay 
maydon (tik qiyalik, sel kelishi, yer 
ko‘chishi va tosh tushishi mumkin). 
15 -RasmUy qurish uchun noqulay 
maydon (jarlik, o‘pirilish paytida pastga 
qulab tushishi mumkin). 
 
16-rasmLentasimon beton poydevor
Uyning poydevori quyma betondan o‘zaro kesishuvchi lenta ko‘rinishida 
tayyorlanadi (16-rasm). Yig‘ma lentasimon poydevorni ham qo‘llash mumkin, 
ammo bunda poydevor ostiga qalinligi 100 mmli quyma temirbeton plita yotqizilishi 
kerak. Yig‘ma lentasimon poydevorning ustiga qalinligi 40 mm dan kam bo‘lmagan, 
100 markali sement qorishma qatlami yotqizilib, orasiga seysmikligi 7, 8 va 9 ballli 
maydonda diametri 10 mm bo‘lgan bo‘ylama armaturalardan mos ravishda 3, 4 va 


18 
6 dona yotqizilishi kerak. Quyma poydevorning sokol’ qismi yer yuzidan kamida 
0,3 m yuqori bo‘lishi kerak. Gorizontal gidroizolyatsiya qatlami qalinligi 30 mm dan 
kam bo‘lmagan sement qorishmadan tayyorlanadi. Gorizontal gidroizolyatsiya 
sifatida lentasimon poydevorning ustiga rulon materiallar yotqizishga ruxsat 
etilmaydi. Poydevorning chuqurligi aniq injener-geologik va iqlimiy sharoitlarga 
mos me’yoriy talablar bo‘yicha aniqlanishi lozim. Sinchli uylarni qurishda 
poydevorning devor bilan mustahkam bog‘lanishi uchun unga oldindan ankerlar 
quyib ketish kerak. Poydevorning sokol’ qismida pol osti bo‘shlig‘ini shamollatish 
uchun tuynuklar qo‘yib ketish kerak. Otmostka enini kamida 0,8 m qilib, tagiga esa 
shag‘al to‘shama yotqizib qilinadi. 

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling