Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘G‘risida


Download 211.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/31
Sana09.04.2023
Hajmi211.73 Kb.
#1345929
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
O‘RQ-581-сон 07.11.2019. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 6-
avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda
ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ushbu Qonunning amal qilishi ko‘p kvartirali uylardagi turar joylar va yashash uchun
mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlariga (bundan buyon matnda joylarning mulkdorlari deb
yuritiladi), ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarga, uy-joy
mulkdorlarining shirkatlariga, shuningdek faoliyati ko‘p kvartirali uylarni boshqarish bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun bitta yuridik yoki jismoniy shaxs ko‘p kvartirali uyning mulkdori bo‘lganda ko‘p
kvartirali uyni boshqarish bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
3-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa
qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ko‘p
kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar
belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
boshqarish usulini tanlash erkinligi;
o‘zini o‘zi boshqarish;
kollegiallik;
ochiqlik va oshkoralik;
tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustaqillik;
joylarning mulkdorlari oldida muntazam hisobdorlik.

Download 211.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling