Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘G‘risida


-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli


Download 211.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana09.04.2023
Hajmi211.73 Kb.
#1345929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
O‘RQ-581-сон 07.11.2019. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida

8-modda. Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish istiqomat qiluvchilarning yashash va yashash uchun
mo‘ljallanmagan joylarni foydalanish qulay hamda xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, umumiy mol-
mulkni lozim darajada saqlash hamda umumiy mol-mulkdan foydalanish masalalarini hal etish
bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish usuli ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy
yig‘ilishida belgilanadi.
Ko‘p kvartirali uyni boshqarish:
bevosita joylarning mulkdorlari tomonidan (bundan buyon matnda ko‘p kvartirali uyni
bevosita boshqarish deb yuritiladi);
yuridik shaxs bo‘lgan boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoki jismoniy shaxs (yakka tartibdagi
tadbirkor) bo‘lgan boshqaruvchi (bundan buyon matnda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi
deb yuritiladi) tomonidan shartnoma asosida;
bitta yoki zich joylashgan bir nechta ko‘p kvartirali uyda turar joylarning va yashash uchun
mo‘ljallanmagan joylarning mulkdorlarini birlashtiruvchi uy-joy mulkdorlarining shirkati bo‘lgan
notijorat tashkilot (bundan buyon matnda shirkat deb yuritiladi) tomonidan amalga oshirilishi
mumkin.
2-bob. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishda davlat tomonidan ko‘maklashish
9-modda. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash
Davlat joylar mulkdorlarining, boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarning,
shirkatlarning huquqlari ta’minlanishini hamda qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi,
ularni rivojlantirishga va mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning asosiy
yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
uy-joy-kommunal sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan standartlarni
takomillashtirish;
ko‘p kvartirali uylarda avariya vaziyatlarini bartaraf etishda ko‘maklashish;
kommunal xizmatlar haqini to‘lash tizimini takomillashtirish;


uy-joy-kommunal sohasida xizmatlar ko‘rsatishda raqobatni rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek imtiyozli kreditlar berish;
kam ta’minlangan oilalarga ko‘p kvartirali uylarni saqlash bo‘yicha yordam ko‘rsatish;
ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkalarini doimiy foydalanish huquqi asosida berish;
ko‘p kvartirali uylarni boshqarish sohasida kadrlar tayyorlashni va ularni qayta tayyorlashni
amalga oshirish;
ko‘p kvartirali uylardan foydalanishning samarali tizimini yaratish bo‘yicha alohida dasturlar
qabul qilish va boshqa choralar ko‘rish.

Download 211.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling